3-mavzu: O’zbekistonda siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi Reja


Download 20.07 Kb.
bet2/4
Sana25.01.2023
Hajmi20.07 Kb.
#1118783
1   2   3   4
2-masala
Endigi masala- O`zbekistonda demokratiyaning yanada chuqurlashuvi hamda ko`ppartiyaviylikning qaror topishiga to`xtalamiz.
Mustaqillik sharofati bilan yakka partiyaviylikga barham berildi. Sobiq ittifoq davrida kommunistik partiya yakka hukmron partiya edi. Uning g`oyasiga ko`ra, har bir insonning dunyo qarashi kommunistik mafkurada shakllanishi lozim edi. Kommunistlar tub aholining mafaati, mentaliteti hamda davlatchilik tarixi bilan umuman hisoblashmas edi. Ularda fikrlar xilma-xilligiga yo`l qo`yilmas, jamoat birlashmalariga aralashishlik partiya ishining asosi edi.
Siyosiy partiyalarning erkin faoliyat ko`rsatishishi- demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishning asosiy garovidur.
Mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Partiya degani- bu mansab uchun, lavozim uchun kurash emas, balki muayyan g`oya uchun uni jamiyatda ustuvor bo`lishi va ro`yobga chiqishi uchun kurash demakdir. Agar partiya ma’nosini mana shu nuqtayi nazardan tushunar ekanmiz , qancha partiya bo`lsa bo`laversin, ularni faoliyatiga tegishli sharoit yaratib beriladi ” degan edi.
Hozirgi kunda Respublikamizda 5 ta siyosiy partiya mvjud va 2 ta ijtimoiy harakat faoliyat ko`rsatmoqda. 1997-yil 14- sentabrda O`zbekiston Kommunistik partiyasining oxirgi XXIII se’yzdi bo`lib o`tdi, unda bu partiya KPSS tarkibidan chqib yangi siyosiy tashkilot- O`zbekiston XDP tuzish haqida Bayonot qabul qildi va shu yili 1- noyabrda partiyaning ta’sis Qurultoyida O`zbekiston Xalq Demokratik partiyasiga asos solindi. Bu partiyaning “O`zbekiston ovozi”, “Голос Узбекистана” gazetalari bor.
“Vatan taraqqiyoti” partiyasi 1992-yil 24-may kuni tashkil topgan. Bu partiya 2000-yil 14-aprelda Fidokorlar Milliy demokratik partiyasi bilan qo`shildi va “Fidokorlar Milliy Demokratik Partiyasi” nomini oldi.
O`zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi 1992- yil 18- fevralda boʻlib oʻtgan I ta'sis Qurultoyida tashkil topdi. Partiyaning dasturi va nizomi e'lon qilindi. Partiyaning "Adolat" nomli gazetasi bor.
“Milliy Tiklanish Demokratik Partiyasi” 1995- yil 1- iyunda tashkil topdi. Dasturi va nizomi qabul qilindi.
" Milliy tiklanish" nomli haftalik gazetasi bor, hozirgi kunda Oliy Majlis qonunchilik Palatasida 36 ta deputat faoliyat ko'rsatmoqda. Oʻzbekiston Leberal Demokratik Partiyasi 2003-yil 15-noyabrda tashkil topgan boʻlib, bu partiya Respublikadagi Ishbilarmon va Tadbirkorlarni himoya qiluvchi partiyalardir.
2015- yilgi saylovlarda OʻzLeDeP Oliy Majlis qonunchilik palatasida eng ko'p, 52 nafar deputat etib saylandi. 2019 - yil yanvarda Respublikamizda yosh partiya “O’zbekiston Ekologiya partiyasi” tashkil topdi.
Xalq deputatlari viloyat kengashiga 60 ta dan ko’p bo’lmagan, tuman va shahar kengashlariga esa 30 ta dan ko’p bo’lmagan deputatlar guruhi shakillantiriladi.

Download 20.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling