3-Mavzu: Pedagogik kasbiy kompetentlikva unga xos sifatlar Reja


) psixologik kompetentlik


Download 39.23 Kb.
bet3/5
Sana12.03.2023
Hajmi39.23 Kb.
#1264393
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-Mavzu Pedagogik kasbiy kompetentlikva unga xos sifatlar Reja

1) psixologik kompetentlik – pedagogik jaraѐnda sog‘lom psixologik muhitni yarata olish, talabalar va ta’lim jaraѐnining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;
2) metodik kompetentlik – pedagogik jaraѐnni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, ta’lim ѐki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo‘llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash;
3) informatsion kompetentlik – axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o‘rinli, samarali foydalanish;
4) kreativ kompetentlik – pedagogik faoliyatga tanqidiy, ijodiy ѐndashish, o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;
5) innovatsion kompetentlik – pedagogik jaraѐnni takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash, tarbiya jaraѐnining samaradorligini oshirishga doir yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni amaliѐtga samarali tatbiq etish;
6) kommunikativ kompetentlik – ta’lim jaraѐnining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo‘lish,ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsata olish.
3. Shaxsiy kompetentlik – izchil ravishda kasbiy o‘sishga erishish,malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini namoѐn qilish.
4. Texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogikniboyitadigan ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.
5. Ektremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jaraѐn ishdan chiqqan)da, pedagogic nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri harakatlanish malakasiga egalik.Bir qator tadqiqotlarda bevosita pedagogga xos kasbiykompetentlik va uning o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Bun day tadqiqotlar sirasiga A.K.Markova , va B.Nazarovalar tomonidan olib borilgan izlanishlarni kiritish mumkin. O‘z tadqiqotlarida A.K.Markova pedagogning kasbiy kompetentligi quyidagi tarkibiy asoslardan iborat ekanligi aytiladi

Download 39.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling