3-mavzu: psixologik xizmat mahsuldorligining shart sharoitlari reja


Download 322.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana06.04.2023
Hajmi322.21 Kb.
#1331192
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5 Mavzu

  
2.Bola uchun qulay iqlim yaratish 
  Bolaning rivojlanishi uchun qulay psixologik iqlim yaratish ham psixologik xizmat 
mahsuldorligining omillaridan biridir. Bunday iqlim yaratishda bolalarning kattalar va 
tengdoshlari bilan muloqati muhim hisoblanadi. О„smirlarning tengdoshlari va kattalar bilan 
muloqoti ular shaxsining shakllanishida muhim omil hisoblanadi. Muloqotdagi 
muvaffaqiyatsizlik, shunday ichki noqulaylikka, о„zini yomon his qilishga olib keladi-ki, uning 
о„rnini hayotning boshqa sohalaridagi hech qanday kо„rsatkichlar bosa olmaydi. Muloqot 
о„smirlar tomonidan muhim jarayon sifatida qabul qilinadi; bu haqida ular muloqot shakllariga 
e‟tibor berishni, kattalar va tengdoshlari bilan о„zaro munosabatlarini tahlil qilishlarini, ularni 
tushunishga urinishlarini misol qilib keltirish mumkin. О„smirda xuddi shu tengdoshlari bilan 
muloqotda shaxs ijtimoiy yetukligining muhim kо„rsatkichi bо„lmish qadriyatlar shakllana 
boshlaydi.
Ularda asosan muloqot – qadriyatlar mazmunini belgilaydi. Bu yosh tengdoshlari 
orasida о„zini kо„rsatishga intilish, о„zini va suhbatdoshini yaxshiroq bilishga intilish, atrof-
muhitni bilish kabi muloqot motivlari jamoa tomonidan tan olinishi, о„ziga ishonish, xatti-
harakatlarining mustahkamligi va yuksak umumiy madaniyat, о„z fikriga ega bо„lish, 
mustahkam iroda, о„z-о„zini nazorat qilish, halollik, kо„ngilchanlik kabi qadriyatlar 
sistemasining yuzaga kelishiga sabab bо„ladi. U yoki bu sababga kо„ra tengdoshlari bilan 
muloqot shakllanmagan о„smirda yoshiga nisbatan shaxsning taraqqiyotida orqada qolish 
kuzatiladi.


О„smir shaxsining shakllanishida tengdoshlari bilan muloqotning rolini kamaytirmagan 
holda, ba‟zan bu muloqotga katta ahamiyat berilishini ta‟kidlash joiz. Tengdoshlari bilan 
muloqot–ontogenezning barcha bosqichlarida bolaning shaxsiy va psixik rivojlanishida muhim 
hisoblanadi, lekin bola «normal» (axloqan tarbiyalangan) katta kishilar bilan muloqotda 
bо„lgandagina, u о„z funksiyasini bajaradi. Xuddi shu kattalar bilan muloqotda tengdoshlari 
orasida shakllangan qadriyatlarni tushunish va nazorat qilish rо„y beradi. Xuddi shu kattalar 
bilan muloqotda jamiyat uchun xos bо„lgan axloqiy fazilatlarni va qadriyatlarni о„zlashtiradi. 
Psixologik tadqiqotlardan ma‟lum bо„lishicha, о„smirlik va о„spirinlik davrida kattalar 
bilan norasmiy ishonchga asoslangan muloqotga ehtiyoj bu davrda paydo bо„lgan yangi 
psixologik tuzilmalardan biridir.
Hozirgi maktablarda о„quvchilarning kattalar, tengdoshlari bilan tо„liq muomala 
muloqotini ta‟minlaydigan psixologik sharoitlar yaratilmagan. Shu sababli о„quvchilarda 
maktabga, о„qishga salbiy munosabat, о„ziga, atrofdagi kishilarga nisbatan notо„g„ri munosabat 
shakllanadi. Bunday sharoitda shaxsning rivojlanishi va unga mahsuldor ta‟lim berish mumkin 
bо„lmay qoladi. Shuning uchun ham qulay psixologik iqlim yaratish, о„quvchilar va kattalar 
о„rtasida qiziqarli muloqot uchun imkoniyat yaratishga amaliyotchi psixologlar, sinf rahbarlari, 
о„qituvchilar, ota-onalar intilishlari lozim.
Psixologik xizmat faoliyati о„quvchilar aqliy taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarini 
diagnostika qilishga, ta‟lim tarbiyadagi buzilishlarning psixologik sabablarini aniqlashga 
qaratilmasdan, balki bunday buzilishlarni yо„qotish va oldini olishga qaratiladi. Bunday 
psixologning aniqlangan chetlashishlarni korreksiya qilishda faol ishtirok etish zarurligi kelib 
chiqadi. 
Mazkur ishlar о„quvchilarni maktabda, kollejda va litseylarda о„qitish davomida 
psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq о„rganishga yо„naltirilgan bо„lib, ularning individual 
xususiyatlarini, ta‟lim tarbiyadagi nuqsonlarning sabablarini aniqlashga mо„ljallangandir. Yosh 
davr taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog bolalar, о„quvchilar, 
maxsus maktab, о„quvchilarini, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy о„quv yurti 
talabalarini psixologik tekshiruvdan о„tkazadi, ularning darajalarini belgilaydi. О„quvchilarning 
kasbiy yaroqliligini diagnostika qiladi, ularning shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari, his-tuyg„ulari, 
о„z-о„zini boshqarish imkoniyati, intellektual darajasini tekshiradi.
Maslahat berish ishlari - amaliyotchi psixologning asosiy faoliyat turlaridan biridir. 
Maslahat berish ishlari о„qituvchilar, о„quvchilar, ota-onalar uchun olib boriladi. Maslahat 
berish ishlari individual va guruhiy bо„lishi mumkin. Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini 
umumlashtirish shuni kо„rsatadiki, о‘qituvchilar kо‘pincha psixologga quyidagi muammolar 

Download 322.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling