3-mavzu. Pul. Inflyatsiya reja


Pul kelib chiqishining evolyusion konsepsiyasiga ko’ra ular ijtimoiy


Download 370.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi370.57 Kb.
#1053419
1   2   3   4
Bog'liq
3-mavzu iqtisodiyot

Pul kelib chiqishining evolyusion konsepsiyasiga ko’ra ular ijtimoiy 
mehnat taqsimoti, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning rivojlanishi 
natijasida vujudga kelgan. Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishining 
tarixiy jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olami ichidan pul rolini 
bajaruvchi alohida tovarning ajralib chiqishini tushunish mumkin. Bir tovarning 
qiymati uni boshqa bir tovarga ayirboshlash orqali aniqlanadi (T-T). Bir qarashda 
ayirboshlash bitimida har ikkala tovar ham bir xil rol o’ynaydigandek ko’rinadi. 
Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o’z qiymatini boshqa tovarga nisbatan 
ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa birinchi tovarning qiymatini o’zida ifodalab
ekvivalent rolini bajaradi, ya’ni qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi 
mana shu erda pulning dastlabki kurtagi paydo bo’ladi. Pulning paydo bo’lishi va 
rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlarini bilish muhim o’rin 
tutadi. Umuman olganda qiymatning oddiy yoki tasodifiy, kengaytirilgan
umumiy va pul shakllari mavjud. 
Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri mobaynida turli 
tovarlar umumiy ekvivalent rolini o’ynagan. Masalan, ayrim joylarda chorva 
mollari, ayrim joylarda tuz, ayrim joylarda mo’yna, nodir metallar (kumush, mis, 
oltin) va boshqalar. Ekvivalent rolini o’ynovchi turli tovarlar ichidan ba’zi birlari 
o’zining barcha tomonidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa boshladi (masalan, 
nodir metallar). Chunki, ekvivalent rolini o’ynovchi tovarlarning barchasi ham 
ayirboshlash jarayonida vositachilik vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara 
olmas edi. Natijada, barcha tovarlarning qiymatini bir xil tovar qiymati orqali 
taqqoslash mumkin bo’lgan qiymatning umumiy shakli vujudga keldi.
XIX asrning oxirida mamlakatlar birin-ketin oltin valyutaga, ya’ni 
monometall tizimiga o’ta boshladilar. Bu hol Avstriyada 1892, Yaponiyada 1897, 
Rossiyada 1898, AQShda esa 1900 yilda sodir bo’ldi. Angliyada oltin pul tizimi 
XVII asrning oxirida, Germaniyada 1871 yilda, Gollandiyada 1877 yildayoq joriy 
etilgan edi. O’zbekiston hududida tarixan bundan ham oldinroq kumush va mis 


tangalar muomalada bo’lgan. Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan keyin, 
1507 yilda pul islohotini o’tkazgan. Shayboniyxon (1501-1610) va Abdullaxon 
(1583-1598) zarb etgan tangalar bizgacha etib kelgan. Abdullaxon davrida tanga 
(oltin va kumush) zarb qilish davlat poytaxti – Buxoroda markazlashtirilgan. 1695-
1709 yillarda oltin tanga zarb qilish muntazam tus oldi. Tanga og’irligi 4,8 gramm, 
sifat sofligi juda yuqori – 958 bo’lgan
1

Umumiy ekvivalent rolining nodir metallarga, jumladan oltinga yuklatilish 
sabablari quyidagilar orqali izohlanadi:
- sifat jihatdan bir xil o’lchamga keltirish mumkinligi; 
- zanglamasligi va uzoq muddat saqlash mumkinligi; 
- bo’linuvchanligi va bo’lgandan keyin yana yaxlit holga keltirish mumkinligi; 
- bo’linganda ham o’z qiymatini saqlab qola olishi; 
- tabiatda nisbatan kamyobligi; 
- ozgina miqdordagi va og’irlikdagi nodir metallning qiymati ancha yuqoriligi. 
Shu xususiyatlarga ko’ra umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi ko’plab tovarlar 
ichidan maxsus tovar – oltin pul ajralib chiqdi. Shunday qilib, pul – bu hamma 

Download 370.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling