3-Mavzu: Qishloq xo‘jaligi va biosfera Reja: Qishloq xo‘jaligi. Biosfera. Noosfera. Qishloq xoʻjaligi


Download 31.58 Kb.
bet3/3
Sana21.06.2023
Hajmi31.58 Kb.
#1644876
1   2   3
Bog'liq
ekologiya 3

Noosfera-Keyingi yillarda biosferaning asta-sekin noosferaga aylanishi kuzatilmoqda. Noosferaning lug‘aviy ma’nosi «fikrlovchi qobiq» demakdir. Noosfera biosferaning qonuniy rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan bosqich bo‘lib, inson bilan tabiat o‘rtasidagi o‘zaro ongli aloqa munosabatlarini o‘z ichiga oladi.
Insonning aqliy jihatdan rivojlana borishi biotik bosqich boshlanishiga sabab bo‘ladi, demak, biosferaning sifat jihatdan yangi holati noobiosfera yoki V.I.Vernadskiy izohi bo‘yicha, noosfera shakllanishiga sharoit yaratiladi.
Inson hamma vaqt o‘z manfaatlari yo‘lida atrof-muhitni o‘zgartirib kelgan. Ayni hozirgi vaqtda uning o‘zi ham atrof-muhitning xususiyatlari va o‘zgarishlariga moslashdi. Ammo insonning tabiatga ta’siri tobora kuchli tus ola boshladi.
Noosferaning shakllana borishi insoniyatni tabiiy omillarga qaramliligini kamaytira boradi. Bunga har birimiz o‘ziga xos hissamizni qo‘shishimiz kerak bo'ladi.
Buning uchun tabiiy bilimlarimizni doimo oshirib borishimiz, ya’ni biologiya, biotexnologiya, mikrobiologiya, gen muhandisligi kabi tabiiy fanlarni chuqur o‘zlashtirish, tibbiyot sohasida turli yangiliklar kashf etish (jism a’zolarining sun’iy o‘xshashlarini yaratish), tozalash tadbirlarini o‘tkazish kabilarni amalga oshirishimiz zarur.
Hozirda ushbu sanab o‘tilgan imkoniyatlar zamonaviy elektronika, mikroelektronika yutuqlari bilan boyitilmoqda. Bu esa insonning ijodini namoyon qilishida, yanada to‘laroq foydalanishga olib keladi.
Bularni to‘liq egallash uchun esa ko‘proq ilm olish, o‘rganish, tabiatni sevish, tabiiy boyliklarimizni asrab-avaylash lozim. Zero, Ona tabiatimizni o‘z holicha saqlash, unga ongli munosabatda bo‘lish har birimizning burchimizdir. Tabiatga ozor berish, undagi boyliklarni talon-taroj qilish, o‘z oyog‘imizga bolta urish bilan barobardir.
Download 31.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling