3-mavzu. Ravon nutqni rivojlantirish


Tetiklashtiruvchi mashqlar


Download 60.53 Kb.
bet4/5
Sana05.10.2023
Hajmi60.53 Kb.
#1692342
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-lekciya

Tetiklashtiruvchi mashqlar:


Quyosh.
Erta tongda Quyosh turib
Bolalarni erkalaydi, Boshlarini silaydi.
Bilaklar ichki tarafi bilan bir-biriga tekkiziladi. Barmoqlar quyosh nurlari kabi keng yoyilgan holatda bo`ladi.
Tarbiyachi bolalarga fasllar haqida maqollar ayttirib, mashg`ulotni tugatishi mumkin.

  1. Qish g`amini yozda e.

  2. Bahorgi harakat - kuzgi barakat.

  3. Yozgi mehnat - qishgi rohat.

  4. er haydasang kuz hayda, Kuz haydamasang yuz hayda.

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :


  1. Bir yilda nechta fasl bor?

  2. Siz qaysi faslni yoqtirasiz?

  3. Mehnat haqida maqollar aytib bering.

  4. Til tafakkur quroli va muomala vositasi. Til millatning noyob hazinasi bo`lib, doimo og`zaki va yozma holda namoyon bo`lgan. Tilning muhim imkoniyatlari nutq orqali nutqiy jarayonda ochiladi. Nutq bo`lmas ekan, tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmaydi. So`z sultoni Alisher Navoiy til va nutq munosabatlarini shunday izoxlaydi: «Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq ma`qul bo`lib chiqsa, tilning manfaatidir».

Demak, til qanchalik zo`r bo`lmasin, u nutq uchun qurol sifatida xizmat qilardi. Uning kuch-qudrati nutq jarayonida namoyon bo`ladi. Agar til o`q bo`lsa, nutq kamondir. O`qning qudrati, kamonning qudratiga ham bog`liq.
Buyuk bobomiz Alisher Navoiy so`zga shunday baho berganlar:
So`zdirki, nishon berur o`likka jondin, So`zdirki, berur jonga xabar jonondin. Insonki so`z ayladi judo hayvondin, Bilki, gavhari sharifroq yo`q ondin».
Qadimgi sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri
«Qobusnoma»da ham til va nutqqa alohida e`tibor berilganki, ular hozir ham o`z ahamiyatini yo`qotmaganini ko`ramiz. Kaykovus barcha hunarlar ichida so`z hunari – notiqlikni a`lo deb biladi: «Bilinki, hamma hunardan so`z hunari yaxshi».
Shuning uchun ham kishi suxandon va notiq bo`lishni takidlaydi. Muallif notiqlikni egallashning yo`lini tinimsiz mehnat va o`rganish, deb uqtiradi.
Hikoyat: «Shunday deb eshitdimki, bir kecha Xorun ar-Rashid bir tush ko`rdi. Ya`ni og`zidagi hamma tishlari to`kilib tushgan emish. Ertalab turib bir ta`birchini chaqirib, bu tush ta`biri nima ekanini so`radik. Ta`birchi dedi: “Ey amir al mo`min, sening huzuringda barcha qarindosh-urug`laring o`ladi, sendan boshqa hech kishi qolmaydi”.

Download 60.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling