3-mavzu: Reley-Jins qonuni. Plank gipotezasi. Plank formulasiga doir masalalar yechish


Download 15.22 Kb.
Sana26.11.2020
Hajmi15.22 Kb.
#152726
Bog'liq
амалий 3


3-MAVZU: Reley-Jins qonuni. Plank gipotezasi. Plank formulasiga doir masalalar yechish

  1. Energetik yorituvchanligi spektral zichligining maksimumi (MT)max ko‘rish spektrining qizil chegarasiga (1=750 nm); b) binafsha chegarasiga (2=380 nm) to‘g‘ri kelganda, qora jismning temperaturasi T qanday bo‘ladi?

(Javob: 3,8 kK; 7,6 kK)


  1. Agar pechning temperaturasi T=1,2 kK bo‘lsa, yuzasi S=8 sm2 bo‘lgan eritish pechining tuynugidan t=1 min vaqtda sochila­digan W energiya aniqlansin.

(Javob: 3,65 kJ)


  1. Qora jismning termodinamik temperaturasi T ikki marta ortganida energetik yorituvchanlik spektral zichligining maksi­mumiga to‘g‘ri keluvchi m to‘lqin uzunligi =400 nm ga kamaydi. Boshlang‘ich va oxirgi temperatura T1 va T2 lar aniqlansin.

(Javob: 3,62 kK; 7,24 kK)

  1. Quyosh 1 minutda qancha miqdor energiya chiqaradi? Quyosh nurlanishi absolyut qora jism nurlanishiga yaqin deb hisoblan­sin. Quyosh sirtining temperaturasini 5800K deb qabul qilinsin.

(Javob: W=6,51021 kVtc)


  1. Pechdagi 6,1 sm2 o‘lchamli teshikdan 1 sekundda 8,28 kal issiqlik nurlanadigan bo‘lsa, pechning temperaturasi qancha? Nurlanish absolyut qora jism nurlanishiga yaqin deb hisob­lansin.

(Javob: 1000K)


  1. Absolyut qora jismning nurlanishini quvvati 34 kVt. Jism sirti 0,6 m2 bo‘lsa, uning temperaturasini aniqlang.

(Javob: 1000K)


  1. Agar absolyut qora jism energetik yorituvchanligining maksi­mal spektral zichligi 4840 Å to‘lkin uzunligi to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, absolyut qora jism 1 sekundda 1 sm2 sirtidan qancha energiya chiqaradi?

(Javob: W=7,35103 J)
Download 15.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling