3-mavzu: sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi. Sezishning fiziologik mexanizmlari va sezgi turlari
Teri sezgilari va muskul-harakat sezgilari
Download 50.84 Kb.
|
3-mavzu psixalogiya
Teri sezgilari va muskul-harakat sezgilari
Teri sezgilariga tuyush va harorat sezgilari kiradi, bu sezgilarning teri sezgilari deb atalishiga sabab shuki, bu sezgilarning chekka nerv apparatlari (retseptorlar) terida va organizmimizning tashqi shilliq pardalarida bo‘ladi. Tuyush sezgilari — tegish, tarqalishni tuyush sezgilari yoki tuyush tanachalari. Taktil sezgilar, shuningdek, silliq yoki g‘adir-budurni tuyush sezgilaridir. Biror narsaning tegishini sezish tashqi taʼsir (qo‘zg‘alish) kuchayganda siqiq sezishga aylanadi. Qo‘zg‘alish yanada kuchayganda siqiq og‘riq sezgisiga aylanishi mumkin. Ammo terida seziladigan har qanday ortiq teriga taʼsir yetadigan tashqi qo‘zg‘alishga bog‘liq bo‘lavermaydi, albatta. Tuyush sezgilari organi — teridagi va tashqi shilliq pardalardagi tuyush tanachalari degan maxsus tanachalardir. O‘sha tanachalarning ichida, qisman esa tashqarisida (bevosita epiteliyda) tuyush nervining chekka tarmoqlari bor. Ular terida va gavdamizning shilliq pardalarida bir tekisda taqsimlangan yemas. Bu tanachalar barmoqlarning uchida, til uchida, labda zich joylashgandir. Shuning uchun ham gavdamizning ana shu qism¬lari tekkan narsani, silliq va g‘adir-budurni boshqa qolganlaridan yeng ko‘p sezgiridir. Tuyush tanachalari orqa terisida juda siyrakdir. Tuyush tanachalari va sezuvchi nervning chekka tarmoqlari nechog‘li zich taqsim langanligi esteziometr nomli maxsus asbob yordamida aniqlanadi. Tuyush markazi bosh miya po‘stining orqadagi markaziy pushtasida deb faraz qilinadi. Tuyush sezgilarining tashqi, fizik sababi biron-bir bu-yumlarning teriga bevosita tegishidir. Bunda biz narsaga tegish bilan birga uni paypaslasak, uning bilan biron ish qilsak, tuyush sezgisi ancha oshadi. Bunday hollarda tuyush organlari muskul-harakat organlari bilan bir-galikda ishlaydi. Harakat bilan bog‘liq sezgilar taktil sezgilar ila birga qo‘shilganda, narsalarning asosan, sil¬liq yoki g‘adir-budur yekanligi bilinadi. Tuyush sezgisida va paypaslashda qo‘l, jumladan, qo‘l barmoqlari, ayniqsa, katta rol o‘ynaydi. Odamning faoliyatida, tevarak-atrofdagi olamni bilishida qo‘l tuyush va paypaslashning maxsus organi bo‘lib xizmat qiladi. Harorat sezgilariga issiq va sovuqni sezish kiradi. Terida va shilliq pardalarda maxsus tanachalar bor, ularning ichida issiqni yoki sovuqni sezadigan maxsus nervlarning chekka tarmoqlari bo‘ladi. Harorat sezgilarining tashqi sababi biron haroratga ega bo‘lgan qattiq, suyuq va gazsimon jismlarning organizmimizga tegib turishidir. Issiqni yoki sovuqni ayirish terimizga tegib turgan narsa (qo‘zg‘ovchi) harorati bilan badan harorati o‘rtasidagi nisbat bilan belgilanadi. Muskul-harakat sezgilari motor sezgilar yoki kinestetik sezgilar deb ham ataladi. Bu xil sezgilarga tazyiq (og‘irlik)ni bilish sezgilari, qarshilikni (qattiqlik, yumshoqlikni) bilish sezgilari va ayrim organlarning ha-rakatini bilish sezgilari kiradi. Bu sezgilarning organlari — gavdamizdagi hamma muskullar, paylar va bo‘g‘im yuzalaridir. Hamma muskullarda, paylarda va bo‘g‘imlarda maxsus sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari bor, muskul-harakat sezgilari va statik sezgilar ana shu nerv tarmoqlari yordami bilan hosil bo‘ladi. Muskul-harakat sezgilarining tashqi, fizik sababi muskullarimizga taʼsir etuvchi narsalarning mexaniq tazyiqi yoki qarshiligi, shuningdek, gavdamizning harakatlaridir. Statik sezgilar gavdamizning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash sezgilari deb ataladi. Gavdaning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash sezgisi uchun ichki quloqdagi vestibulyar apparat retseptor vazifasini o‘taydi. Organiq sezgilar. Ochiqqanda, suvsaganda, ortiq to‘yib ketganda, charchaganda, ko‘ngil ayniganda, ichki organlarimiz og‘riganda ichki sezgilar tug‘iladi, bularni organiq sezgilar deyiladi; kishining o‘zini tetik, salomat, kasal his qilish-lari ham organiq sezgilar jumlasidandir. Organiq sezgilarning ko‘pi differensiatsiyalanmagan va betayin bo‘ladi. Bu sezgilarning retseptorlari ichki organlarda: qizilo‘ngach, meʼda, ichak, qon tomirlari, o‘pka va shu kabilarda bo‘ladi. Yuqorida aytganimizdek, ichki organlarda bo‘lib turadigan jarayonlar organiq sezgilar retseptorlarining qo‘zg‘ovchilaridir. Ammo ichki organlar salomat bo‘lib, sog‘lom ishlab turgan vaqtda biz ichki (organiq) sezishlarni yo payqamaymiz yoki bu sezgilar o‘zimizni umuman «yaxshi» his qilish tetiklik, sog‘lomlik va boshqa shu kabi tuyg‘ular tarzida ifo-dalanadi. Download 50.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling