3-mavzu: sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi. Sezishning fiziologik mexanizmlari va sezgi turlari
Download 50.84 Kb.
|
3-mavzu psixalogiya
Idrokning yangi qirralari.
Hozirgi zamon psixologiya fanining nazariy muammolari qatoriga insonni inson tomonidan idrok qilish masalasini kiritish mumkin. Ilmiy manbalarning taxliliga koʻra, insonning baʼzi psixologik xususiyatlari, fazilatlari uning yuz alomatlari va tana aʼzolarining turli harakatlari yordamida aniqlanadi. Insonning tashqi qiyofasining tuzilishi boʻyicha shaxs harakteri xususiyatlari va uning fazilatlariga oid ishonchli fikr bildirish oʻzining uzoq tarixiga ega boʻlsada, lekin muammoning ilmiy negizi, uning mexanizmi hozirgi davrdagina tadqiq qilina boshlandi. Odamning tashqi qiyofasini taxlil etish orqali uning ruhiy dunyosiga baho berish yuzasidan jahon psixologlari tomonidan yaratilgan nazariyalar, toʻplangan amaliy maʼlumotlar umumlashtirilsa, quydagi tasnifnomani yuzagakeltirishi mumkin: 1. Insonning tashqi qiyofasidagi har bir oʻzgarish uning yaqqol shaxsiy xususiyati bilan o‘zviy bogʻliq ekanligini tushuntirishga asoslangan analitik talqin uslubi (labni qattiq qisib yurish odam irodasining mustaxkamligi nishonasidir). Boshqacha soʻz bilan aytganda, insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan toʻplangan tajribalarga asoslanib, shaxsning ruhiy dunyosini baholash imkoniyati mavjudligi demakdir. 2. Insonning tashqi qiyofasidagi beixtiyor, tabiiy koʻrinishidagi sernafosat nozik ado, boshqa kishilar hissiyotini oʻziga tortuvchi joziba, maftunkorlik, xushbichimlik shaxsning kechinmalaribilan uygʻunlashuvini eʼtirof qilishga qaratilgan yondashuv (shaxsning did bilan kiynishi, meʼyor bilan oʻziga oro berishi uning ibosida ifodalanishning ruhiy dunyosi bilan mutanosibligi). Idrok qilinayotgan inson muayyan masofada muomala va muloqotga kirishuvchi shaxs tomonidan qay yoʻsinda qabul qilinsa, demak, oʻsha odam toʻgʻrisidagi taassurot bevosita favquloddagi holatga, vaziyatga bogʻliq boʻladi, chunki yoqtirish yoki yoqtirmaslik, simpatiya, antipatiya, impatiya bir laxzalik idrok mahsulida mujassamlashishi mumkin. 3.Idrok qilinayotgan insonning tashqi koʻrinishining alomatlari iliq taassurot va tasavvur uygʻotuvchi tanish odamning psixologik xususiyatlari notanish kishiga oʻxshashligi tufayli ixtiyorsiz ravishda unga qiyos beriladi.Oldin idrok qilingan tanish insonning barcha fazilatlari va xislatlari tashqi qiyofa evaziga notanish kishiga kuchiriladi. Shunisi ajablanarligi, mazkur jarayonda na mantiqiy taxlil, na o‘zviylik talqini ishtirok etadi. Shu boisdan bu tarzda insonni inson tomonidan idok qilish oʻhshashlikka asoslanishini taʼkidlab oʻtish maqsadga muvofiq. 4. Insonning tashqi qiyofasini idrok qilish negizida uni u yoki bu ijtimoiy( ishchi, dehqon, ziyoli) guruhlarga, yaʼni toifalarga aloqadorligi toʻgʻrisida muayyan qarorga kelinsa, odamning shaxsiy sifatlarini baholash xuddi shu nuqtai nazardan amalga oshiriladi. Kishining tashqi koʻrinishiga nisbatan bunday yondashish ijtimoiy kelib chiqishga asoslanuvchi oʻxshatish deyiladi. Bizningcha, insonning inson tomonidan idrok qilish jarayoni qaʼtiy ravishda qoʻydagi bosqichlar orqali amalga oshishi mumkin: - Idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi oʻzining shaxsiy hislatlari bilan qiyoslash natijasida, uning mahsuli boʻyicha talqin qilinadi va tushuntiriladi; bunday idrok qilish tarzida insonning inson tomonidan aks ettirish, oʻxshatish, taqlid qilish, undan ibrat olish ulublari orqali yuzaga keladi, yaʼni idenfikasiya bosqichi bevosita amalga oshadi. - Idrok qilinayotgan shaxsning oʻrniga idrok qiluvchi oʻz xoxishi boʻyicha mulohaza yuritishi uning tushunishiga intilish oʻz-oʻzini anglash negizida namoyon boʻladi, yaʼni refleksiya bosqichi vujudga kelinganligi toʻgʻrisida muayyan qarorga kelinadi; - Oʻzga kishilarning kechinmalari va xis-tuygʻulariga nisbatan hamdardlik bildirish, mexr-oqibatliligini amaliy ifodalash orqali ularni tushunish imkoniyati tugʻiladi, buning natijasida tub maʼnodagi impatiyaga asoslangan idrok qilish bosqichi yuzaga keladi; - Oʻzga kishilarga ijtimoiy guruh aʼzolariga nisbatan berilgan xislatlarni ommaviy tarzda yoʻyish tafsif berish va baholash negizida idrok qilish jarayoni tugʻiladi yaʼni qadimgi mezonlar boʻyicha iʼnikos qilish stereotipizasiya deyiladi. Hozirgi zamon jahon psixologlari antisipatiyani besh darajaga ajratib oʻrganmoqdalar, chunonchi anglashilmas subsensor lotincha sub – osti va sensis – sezish soʻzlaridan to‘zilgan boʻlib, idrok qilishning ongosti holatini anglatiladi), sensomotor ( lotincha sensis – sezish, motor – harakat degan maʼnoni bildirib, nozik harakatlarni sezish demakdir), perseptiv (lotincha perceptio-idrok degan maʼnoni anglatadi), tasavvur, bashorat (bashorat) qilish kabilar. Antisipasiyaning subsensor darajasining ifodalanishi inson gavdasining oʻzgarishida, uning ideomotor(ixtiyorsiz harakat) jarayonida, tashqi taʼsirlarga tezkor javob qaytarishda oʻz aksini topadi. Gavdaning mujassamlashuvi va harakat barqarorligi insonning ixtiyoriy saʼy-harakatga tayyorgarlik koʻrish uchun zamin taʼminlaydi. Perseptiv bosqichda idrok qilish xotira jarayonlari bilan uygʻunlashib ketadi. Buning natijasida oʻtmish tajribalarga asoslanib kelajakda vaqt va fazoviy oʻzgarishlar yuz berishi ehtimoli chuqur tahlil qilinadi, uning obrazlari yaqqollashtiriladi. Insonni inson tomonidan idrok qilishning yangi ilmiy qirillari yuzasidan mulohazalardan kelib chiqqan holda qoʻydagi umumiy xulosalar chiqarish maqsadga muvofiq: - antisipasiyaning har qaysi bosqichi yechimi kutilayotgan muammolarning murakkabligi darajasiga munosibdir; - antisipasiyaning har bir darajasining maqsad koʻzlashdagi va muammoni hal qilishdagi imkoniyati turlichadir. Download 50.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling