3-mavzu: sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi. Sezishning fiziologik mexanizmlari va sezgi turlari
Download 50.84 Kb.
|
3-mavzu psixalogiya
Illyuziya va gallyusinasiya.
Baʼzi hollarda narsalar notoʻgʻri, yanglish idrok qilinishi mumkin. Narsalarni bu tariqa notoʻgʻri idrok qilishni illyuziya deb ataladi. Masalan, agar biz koʻrsatkich va oʻrta barmogʻimizni chalishtirib, noʻxat yoki bironta dumaloq narsani chalishtirilgan ikkala barmogʻimizning uchi bilan bosib turib, ayni bir vaqtda aylantiraversak (biz noʻxatni aylantiraylik), barmoqlarimiz tagida bitta emas, balki ikki noʻxat bordek his qilamiz. Ana shu holda bir narsaning ikki boʻlib sezilishini Aristotel (Arastu) illyuziyasi deyiladi. Ogʻirligi aynan teng, ammo kattaligi har xil boʻlgan ikki buyumni ketma-ketiga ushlab turilsa, kattasi yengilroq, ikkinchisi ogʻirroqdek tuyo‘ladi. Metalldan ishlangan 1 kg tarozi toshi, 1 kg paxtadan ogʻirroqdek his qilinadi. Bu hol geometrik illyuziyalar deb nom berilgan illyuziyalarda, ayniqsa, yaqqol koʻrinadi. Masalan, o‘zunligi baravar boʻlgan ikki chiziqning chetlariga ikki xil burchaklar chizilsa, illyuziya paydo boʻladi, yaʼni burchaklari tashqariga qaratilgan chiziqqa nisbatan burchaklari ichkari tomonga qaratilgan chiziq kaltaroq boʻlib koʻrinadi.Idrok qilib turgan shaxsning psixikasida roʻy beradigan oʻzgarishlar bilan tugʻiladigan tasodifiy illo‘ziyalar ham boʻladi. Masalan, choʻlda suvsagan kishi o‘zoqda yarqirab turgan shoʻrxok erni koʻl deb oʻylashi (lekin bu illyuziyani sahrodagi sarobdan farq qila bilish kerak) yoki oʻrmondagi toʻnka odam¬ning koʻziga bironta yirtqich hayvonga oʻxshab koʻrinishi va hokazo shu kabi illyuziyalar jumlasidandir. Illo‘ziyani gollyusinasiyadan farq qilish lozim. Illyuziya shu onda sezgi organlarimizga taʼsir qilib turgan bir narsani yanglish, notoʻgʻri idrok qilish boʻlsa, gollyusinasiya yoʻq narsalarni, tashqi taʼsirosiz «idrok qilinishidir»: oʻrni tagida yoʻq narsaning koʻzga bordek koʻrinishi, yoʻq ovozlarning quloqqa eshitilishi, yoʻq narsalarning isi dimoqqa urilishi va boshqa shu kabilar gollusinasiya mahsulidir. Gollusinasiya shaxsning goʻyo biror narsani koʻrgandek, eshitgandek, ushlagandek, va boshqa shu kabi tasavuridir, holos. Gollyusinasiya koʻpincha kasallikdan darak beruvchi alomatdir, u nerv sistemasi bironta zaharli narsa (alkogol, kokain, nasha) bilan taʼsirlanganda, nerv sistemasini bo‘zadigan kasalliklar oqibatida roʻy beradi. Odatda, illyuziyani gallyusinasiyadan farq qila olish lozim. Illyuziya shu laxzalarda shaxsning sezgi aʼzolarida taʼsir etib turgan biror narsani yanglish, notoʻgʻri idrok qilish jarayoni bo‘lsa, gallyusinasiya yoʻq, mavjud emas narsalarni “tashqi taassurosiz” idrok qilinishdir. Masalan yoʻq narsalarning koʻzga bordek koʻrinishi, yoʻq ovozlarning quloqqa eshitilishi, yoʻq hidlarning dimoqqa urilishi va h.k. gallyusinasiyaning mahsuli boʻlib hisoblanadi. Gallyusinasiya shaxsning biror narsa va holatni koʻrgandek, eshitgandek, ushlagandek, hid bilgandek kabi tassavvurlarning aks ettishidir, holos. Gallyusinasiya shaxsning biror narsa va holatni koʻrgandek, eshitgandek, ushlagandek hid bilgandek kabi tassavvurining aks ettirishidir. Gallyusinasiya hodisasi koʻpincha kassalikdan ( isitma, alaxlashdan) darak beruvchi alomatdir, u nerv sistemasini bo‘zadigan kasalliklarning oqibatida roʻy berishi mumkin. Download 50.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling