3-mavzu: sezgi va idrokning psixologik mohiyati, fiziologiyasi. Sezishning fiziologik mexanizmlari va sezgi turlari
Download 50.84 Kb.
|
3-mavzu psixalogiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rish sezgilari .
eksteroretseptorlar,
proprioretseptorlar interoretseptorlar. Eksteroretseptorlar organizmning sirtida bo‘ladi — ko‘rish, eshitish, hid bilish, taʼm (maza) bilish, teri sezgisi, muskul harakat sezgisi va organik sezgi organlari shu jumladandir. Bu aʼzolar tashqi sezgi aʼzolari deb ataladi. Organizmimizdan tashqaridagi narsa va hodisalarning xossalari ana shu aʼzolar yordami bilan aks ettiriladi. Shu aʼzolar orqali kelib chiqadigan sezgilar (ko‘rish, eshitish sezgilari va hokazo) eksterioretseptiv sezgilar deb ataladi. Proprioretseptorlar muskul, pay va boylamlarda bo‘ladi. Organizmimizning ayrim aʼzolarning turli harakatlarini va vaziyatini ana shu aʼzolar yordami bilan sezamiz. Bu aʼzolar proprioretseptiv sezgilar deb ataladi.Muskul harakat sezgilari (knestetik sezgilar) va muvozanat sezgilari (statik sezgilar) shular jumlasidandir. * Interoretseptorlar gavdamiz ichidagi organlar teri, meʼda, ichak, jigar, o‘pkada bo‘ladi. Ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish or¬ganlari va shunga o‘xshash ichki organlardagi jarayonlar (qo‘zg‘alishlar) vujudga keltiradigan sezgilar shu retseptorlar yordami bilan belgilanadi. Bu sezgilar interoretseptiv sezgilar deb ataladi. Organiq sezgilar degan sezgilar interoretseptiv sezgilar hisoblanadi Ko‘rish sezgilari . Rang va yorug‘likni sezish ko‘rish sezgilariga kiradi. Biz sezadigan ranglar xromatik va axromatik ranglarga bo‘linadi. Yorug‘lik nurlari uchburchak shisha prizma orqali o‘tib, singanda hosil bo‘ladigan ranglar xromatik ranglar deb ataladi. Xromatik ranglar kamalak ranglari bo‘lib, bunga qizil, zarg‘aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko‘k va binafsha ranglar kiradi. Bu ranglarning turlari nihoyatda xilma-xil bo‘lib, juda ko‘pdir.Oq rang bilan qora rang, shuningdek, xilma-xil hamma kul-ranglar axromatik ranglar deb ataladi. Ko‘rish sezgilarining organi — ko‘zdir. Bu organ ko‘z soqqasi bilan undan chiqadigan ko‘ruv nervidan iborat. Ko‘z soqqasida uchta parda, yaʼni: tashqi, tomirli va to‘r parda bor. Tashqi pardaning tiniqmas (oq) qismi sklera (qotgan yoki qattiq parda) deb ataladi. Tashqi pardaning oldingi birmuncha qavariq qismi tiniq (mugo‘z) parda deb ataladi. Tashqi pardaning orqasida tomirli parda bor. Tomirli pardaning oldingi qismi rangdor parda deb ataladi rangdor pardaning rangiga qarab, kishilarning ko‘k ko‘z, qo‘y ko‘z, qora ko‘z deb ataymiz va hokazo. Rangdor pardaning o‘rtasida yumaloq teshik bor, qorachiq deb ataladigan ana shu teshikdan ko‘zning ichiga yorug‘lik nurlari o‘tadi. Yorug‘likning oz-ko‘pligiga qarab, qorachiq kengayishi va torayishi mumkin. Ko‘zning uchinchi pardasi to‘r parda bo‘lib, u ko‘z soqqasining deyarli butun ichki yuzasini qoplaydi. Qorachiq bilan rangdor pardaning orqasida ikki tomoni qavariq, tiniq, jism ko‘z gavhari turadi, yorug‘lik nurlari ko‘z gavharida turib sinadi va natijada to‘r pardaga narsaning aksi (surati) tushadi. Halqa shaklidagi ko‘priksimon muskulning o‘zayishi va qisqarishi tufayli gavhar goh yassilanadi, goh qavaradi: narsa ko‘zdan o‘zoqlashtirilganda gavhar deyarli yassi bo‘lib qoladi, narsa ko‘zga yaqinlashtirilganda esa gavhar deyarli shar shakliga kiradi. Ko‘z gavharida shunday xossa borligidan, yaqindagi narsalarning aksi ham, o‘zoqdagi narsalarning aksi ham gavhardan o‘tib, xuddi to‘r pardaga tushadi. To‘r parda rangni va yorug‘likni sezish uchun asosiy ahamiyatga yega. Ko‘ruv nervining tarmoqlari to‘r pardada joylashgandir. Bu tarmoqlarning chekka uchlarida maxsus nerv hujayralari — shaklan tayoqcha va kolbachaga o‘xshagani uchun tayoqchalar va kolbachalar deb ataladigan hujayralar bo‘ladi (13-rasm). Odam ko‘zining to‘r pardasida 130 millionga yaqin tayoqcha va 7 millionga yaqin kolbacha bor. Ko‘rish sezgisini hosil qiladigan fizik sabab — yorug‘likdir, yaʼni elek-tromagnit to‘lqinlaridir. Bu to‘lqinlar turlicha o‘zunlikda bo‘lib, vaqt birligi hisobi bilan (bir soniya ichida) tebranish tezligi (chastotasi) ham har xil yorug‘lik to‘lqinlarining o‘zunligini millimikron (millimetrning million-dan bir bo‘lagi) hisobi bilan o‘lchanadi. Odam ko‘zi sezadigan ranglar taxminan 380 millimikrondan 780 millimikrongacha o‘zunlikdagi to‘lqinlarning taʼsiri bilan hosil bo‘ladi. Yorug‘lik to‘lqinlarining tebranish tezligi darajasi (chastotasi) bu to‘lqinlarning soniyasiga necha million marta tebranishiga qarab o‘lchanadi. Eng o‘zun to‘lqinlar (o‘zunligi 780 millimikron bo‘lib, soniyasiga 450 billion marta tebranadigan to‘lqinlar) qizil rang sezgisini hosil qiladi. Eng kalta to‘lqinlar (o‘zunligi 380 millimikron bo‘lib, soniyasiga 750 billion marta tebranadigan to‘lqinlar) binaf-sha rang sezgisini hosil qiladi. Ranglarning aralashib ketishi, ko‘z to‘r pardasining biron joyiga turli o‘zunlikdagi yorug‘lik nurlari bir yo‘la taʼsir yetganda sodir bo‘ladi. Shuning natijasida biz faqat bir rangni sezamiz, lekin bu rang aralashib ketgan ranglarning hech biriga o‘xshamaydigan, alohida rang bo‘ladi. Ikkita xromatik rangning aralashib ketishidan nim rang hosil bo‘ladi. Masalan, qizil rang bilan sariq rangning aralashishidan zarg‘aldoq rang hosil bo‘ladi, qizil rang bilan ko‘k rangning aralashishidan binafsha rang hosil bo‘ladi va hokazo. Spektrdagi hamma ranglarning aralashishidan neytral oq rang hosil bo‘ladi. Spektrdagi baʼzi ranglarning ikkitasini qo‘shib, xuddi boyagidek oq rang yoki och kulrang hosil qilish ham mumkin. Masalan, spektrdagi har bir rang o‘ziga mos boshqa rang bilan qo‘shilib, axromatik oq rang yoki kulrang hosil qiladi. Bunday ranglar qo‘shimcha ranglar deb ataladi. Qizil rang bilan och havo rang, ko‘k rang bilan sariq rang bir-biriga qo‘shilib, qo‘shimcha ranglar hosil qiladi. Ranglarning aralashib ketishidagi ana shu qonuniyatlarning hammasini rangdor doiralar deb ataluvchi doiralarni maxsus asbobga kiygizib tekshirib ko‘rish mumkin. Bu asbob «ranglarni aralashtiradigan charx» deb ataladi. Charx tez aylanganda o‘sha doiralardagi har xil ranglar aralashib, muayyan ranglar hosil qiladi. Ranglarning aralashib ketishi periferik jarayon emas, balki markaziy jarayon ekanligi hozirgi vaqtda aniqlandi. «Rang ajratolmaslik xromatik ranglarni seza olmaslik va farq qila olmaslikdan iborat. Baʼzi bir kishilar ranglarni sira ayira olmaydigan bo‘ladi. Bunday kishilar hamma ranglarni axromatik kulrangdek ko‘radilar (xuddi fotografiyadagi singari). Statistika maʼlumotlariga qaraganda, ranglarni ajrata olmaslik hodisasi erkaklar orasida taxminan 4 foiz va ayollar orasida 0,5 foiz uchraydi. Qizil va yashil rangni ayira olmaslik hodisasi ko‘proq uchraydi. Binafsha rangni ajrata olmaslik hodisasi esa kamroq uchraydi. Ranglarni ajrata olmaslik sababi shuki, ko‘zning to‘r pardasidagi kolbachalar ishlamaydi yoki qisman ish¬laydi. Download 50.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling