3-mavzu. Sharq mutafakkirlarining psixologik g‘oyalari O‘rta asrlarda Markaziy Osiyo mutafakkirlarining psixologik qarashlari. Reja


IBN SINO VA M.QOSHG’ARIYLARNING FALSAFIY VA PSIXOLOGIK QARASHLARI


Download 38.58 Kb.
bet4/5
Sana05.02.2023
Hajmi38.58 Kb.
#1167977
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu

IBN SINO VA M.QOSHG’ARIYLARNING FALSAFIY VA PSIXOLOGIK QARASHLARI.

Abu Ali ibn Sino asarlaridagi psixologik g’oyalarda bola tarbiyasida axloqiylik tushunchalari inson hayotida katta ahamiyatga ega. Birinchidan, hayotda har kimning mukammal sog’- salomatlikka, kuch-quvvatga ega bo’lishi ehtiyoji bor. Ikkinchidan, tan sog’lig’i fikr va ahloqning ham sog’lig’ini ta’min etadi. Fikr va ahloq bilan mijoz va sog’lomlik uzviy bog’liq. Badan tarbiyasining maqsadi har tomonlama yetuk: jismonan chiniqqan, sof fikrli, mard, sabotli, qat’iyatli, Vatanni himoya qila oladigan shaxslarni kamol toptirishdan iborat. Abu Ali ibn Sino asarlarida keltirilgan g’oyalar insonni ulug’laydi.
Ahmad al Farg’oniy, Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Imom Ismoil al-Buxoriy, atTermiziy, Abu Abdulloh Rudakiy, Abdulqosim Firdavsiy, Ahmad YAssaviy, Mahmud Qoshg’ariy, Mahmud Zamaxshariy, YUsuf Xos Hojib, Najmiddin Kubro kabi fozillar ijodidan tortib, to asrimiz boshida yashab o’tgan Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Fitratlargacha bo’lgan olimlar, yozuvchi va shoirlarimizning, ustozmurabbiylarimizning o’qish va o’qitishga doir ilg’or g’oyalarini urganishga zamin yaratildi, asriy milliy an’analar tiklandi, zamonaviy pedagogika bilan bog’liqlik yuzaga keldi. Xar bir jamiyatni ma’naviy yuksaklikka eltguvchi omil, unga milliy ruh bag’ishlovchi hususiyat-insonparvarlikdir. O’zbekistonning jahon hamjamiyatida tobora obro’-e’tibor qozonib borayotganligiga yuritilayotgan insonparvarlik siyosati sabab bo’la oladi. Insonparvarlik o’zbek xalqining milliy fazilatidir.Insonparvarlik har bir insonning qalb amri bo’lsada, bugungi kunga kelib hayotiy ehtiyoj darajasiga, qadriyatga aylanib bormoqda. Insonparvarlik insonlarning insonlarga nisbatan mehr - oqibatliligi, saxovatliligi, muruvvatliligi demakdir. «Insonparvarlik insonlarning ezgu fikri, ezgu amali birligidir. Insonparvarlik ona zaminda yashayotgan, millatidan, dinidan, ijtimoiy ahvolidan qat’iy nazar barcha insonlarga nisbatan g’amxo’rlikdir»- deydi K. Nazarov. Abu Ali ibn Sinoning psixologik qarashlaridan foydalanishning jamiyatimizdagi madaniy-ma’rifiy sohalarda ilgari bosilgan qadam bo’lib hisoblanadi1. Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino ta’biricha: “Jismoniy mashqlar hattoki noto’g’ri turmush tarzi natijasida ham tug’ma, ham faoliyat natijasida orttirilgan nuqsonlarni to’g’rilab, inson tanasi tuzilishini ham o’zgartirishga qodir”,- degan ajoyib fikrni bildirgan. U jismoniy mashqlardan sog’lomlashtirish – gigiyena omili sifatida foydalanishni tavsiya qildi va shu maqsadga bag’ishlab oltita kitob yozdi. Bu kitoblarda jismoniy mashqlarni uch qismga bo’lishni tavsiya qiladi. Birinchi qismga u o’zini – o’zi davolash mashqlarini, ikkinchi qismga – harbiy mashqlarni, uchinchi qismga – atletika mashqlarini kiritadi. U atletika mashqlarini inson uchun kerakli bo’lmagan, haddan tashqari ko’p kuch talab qiladigan, inson uchun unchalik zarur bo’lmagan mashqlar deb inkor etadi. U ikkinchi qism mashqlarni shaxsga emas, balki jamiyatga zarur mashqlar deb hisoblaydi. Uchinchi qism mashqlarni, inson uchun zarur bo’lgan “chin” mashqlar deydi. Ikki yuz yil uning asarlari yevropada jismoniy tarbiya bo’yicha asosiy qo’llanma vazifasini o’tab keldi.
Abu Ali ibn Sinoning asarlarida keltirilgan psixologik qarashlar yosh avlod shaxsining jismoniy, ruhiy, ichki dunyosini rivojlantirish, binobarin, yangi ijtimoiy munosabatlarni barpo qilish imkoniyatini beradi, Pirovard natijada bu yangi ijtimoiy-siyosiy muhit, milliy mafkuraning ajralmas qismi sifatida ijtimoiy ongni shakllantirishni ta’minlaydi. Bu esa jamiyatimizda har tomonlama barkamol, sog’lom, dunyoqarashi teran shaxslarning shakllanish jarayonini tezlashtiradi. Abu Ali ibn Sinoning psixologik qarashlaridan foydalanishning didaktik asoslarini yaratish orqali o’sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini kamol toptirish, ular faoliyatini boshqarish muhim psixologik masalalar sirasiga kiradi.
Mahmud Qoshg’ariy. X1 asrda yashab o’tgan alloma, Turkmaniston erlarida yashab o’tgan.
U o’sgan, ya’ni O’rta Osiyo hududida yashaydigan xalqlarning qabila va elatlarning urf- odatlari, an’analari, e’tiqodlarini, o’zining shu davrgacha saqlanib qolgan asari «Devoni lug’ati turk» da bayon qiladi. Qoshg’ariy psixologiya sohasida biron-bir to’laqonli fikr aytmagan bo’lsa ham, o’zining olib borgan izlanishlar bilan etnopsixologiyaning mo’’lum yo’nalishlariga asos soldi.
XI asrning yirik allomalaridan Yusuf Xos Xojib o’zining «Qutadg’u bilig», ya’ni «Saodatga boshlovchi bilim» asarida boshqaruvchi shaxsi, ya’ni podsho xalq bilan birga va adolatli bo’lishi lozimligi g’oyasi ilgari suriladi. Uning o’git va nasihatlari hokimlarga qaratilgan bo’lib, boshqaruvchi rahbar tevaragida tabiatan yaxshi niyatli, yuksak axloq sohibi bo’lgan kishilar bo’lgandagina, u to’g’ri ishlar qilishi, to’g’ri farmonlar chiqarishi mumkin, shundagina mamlakat farovon bo’lib ravnaq topadi.
Yusuf Xos Xojibning fikricha: «Kishi qanchalik yuqori martabaga erishmasin, u baribir kamtar bo’lib qolishi lozim». Buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur ham katta bir saltanatning asoschisi, rahbari sifatida boshqarish va rahbarlik masalalariga oid kuchli tamoyillarni yaratgan. Uning tuzuklari o’z davrining ijtimoiy voqeyligiga xos bo’lgan stratometrik tuzilma hamdir. U o’z tuzuklarida 12 ta ijtimoiy tabaqani farqlab beradi: (1) sayidlar, ulamo, mashoyix, fozil odamlar; (2) ishbilarmon, donishmand odamlar; (3) xudojo’y, tarki dunyo qilgan kishilar; (4) noyonlar, amirlar, mingboshilar; (5) sipoh va raiyat; (6) maxsus ishonchli kishilar; (7) vazirlar, sarkotiblar; (8) hokimlar, tabiblar; (9) tavsir va hadis olimlari; (10) ahlihunar va san’atchilar; (11) so’fiylar; (12) savdogar va sayyohlar.
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya Amir Temur fikricha, bu toifa kishilarning taqdirini podshoh, xazina va askarlar hal qiladi. Ko’rinib turibdiki, bu turlanish asosini tabaqaning ijtimoiy voqelikka nisbatan bo’lgan munosabatlari va xulq-atvorlari tashkil etadi. Bu esa, o’z navbatida ijtimoiy jarayonlarni boshqarishda odamlarni qanday mehnat turlari bilan shug’ullanishlari emas, balki ularning kayfiyat va ustanovkalari, xulqlarining motivatsiyalari va ma’rifatlilik darajalari muhim omillar sifatida talqin qilinganligini ko’rsatadi. Ijtimoiy hayotni boshqarishda bunday ijtimoiy-psixologik yondashuv Amir Temur uchun o’z davrida katta bir saltanatga asos solish imkonini bergan edi. Amir Temur davlatni boshqarish vositalari haqida to’xtalib shunday yozadi: «Saltanat ishlarida to’rt narsaga amal qilish lozim:

  1. kengash; (2) mashvaratu maslahat; (3) qat’iy qaror, tadbirkorlik, hushyorlik; (4) ehtiyotkorlik». Uning fikricha: «Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir» yaxshi xulqning asosi b olgan odob A lisher N avoiyning talqinida barcha insoniy xislatlarning bosh bo'g'ini sanaladi. Qanoat, sabr, tavoze, ish q , vafo, saxovat, himmat, karam, muruvvat, hilm kabi fazilatlarning odobli, axloqli kishilar qiyofasidagina namoyon bo'lishini uqtiradi. Mutafakkir insonga xos bo’lgan m a’naviy-axloqiy xislatlar xu- susidagi fikrlarini ulam ing har biriga ta’rif berish asosida davom ettiradi. Chunonchi, «Qanoat - buloqdir - suvi olgan bilan qurimaydi. Xazinadir - naqdinasi sochilgani bilan kam aym aydir. Ekinzordir - urug'i izzat va shavkat m evasi beradir. Daraxtdir - shoxi tortinchoqlik va hurm at m evasi etkizadi. Kimki, qanoatga odatlansa, shoh va gadoy bordi-keldisidan ozod boladi. Qanoat qo'rg'ondir, u erga k irsan g nafs yom onligidan qutularsan, tog'liklardir-u erga chiqsang dushm an va do'stga qaram likdan xalos bo'larsan; tubanlashishdir-natijasi yuksaklik; zoriqishlikdir - foydasi ehtiyotkorlik uru gin in g m evasi farovonlik». Alisher Navoiy qanoatni to'ldiruvchi insoniy fazilatlar sabr, saxiylik, karam , m uruw at, him m at ekanhgini ta’kidlab o'tadi. Mazkur xislatlarning bir-biriga yaqinligi ham da ularni insonning obro'-e’tiborini yuksak darajaga ko'tarishga xizm at qiluvchi xislatlar san alish in i aytib o'tadi. Ayni o'rinda sabr deb ataluvchi xislatga shunday ta ’rif beradi: «Sabr achchiqdir - ammo foyda beruvchi, qattiqdir - ammo zararni daf etuvchi. Sabr shodliklar kahtidir va bandlar ochqichidir. U o'rtoqdir-suhbati zeriktirarh, ammo m aqsadga olib boruvchi; u ulfatdir - um idi uzun, amm o oxiri istakka eltuvchi. Ulovdir - yurishi taxir, ammo m anzilga etkazuvchi; tuyadir-qadami og'ir, lekin bekatga tushirguvchi. Achchiq so'zli nasihatchiday tabiat undan olinadi, lekin zam inida m aqsad hosil bo'ladi. Badxo'r dori beruvchi tabibday kasal undan qiynaladi, am m o so'ngida sog'hq yuz beradi». Asarda saxiylik sifatiga esa insoniylikning haqiqiy m ezoni deya ta ’rif beriladi. Navoiy talqinicha, saxiylik, saxovat odam larning m ushkulini oson qihsh m aqsadida ularga beriladigan m innatsiz yordamdir. Allom a inson larn i bir-birlariga n isbatan saxovat ko'rsatishga da’vat etadi. Himmatlilik, muruvvat, karam kabi xislatlar esa saxovatning tarkibiy qism lari hisoblanadi. Ushbu fazilatlarga ta ’rif berar ekan, m utafakkir quyidagi fikrlarni qayd etadi: «Saxiylik (qo'li ochiqlik) kishilik bog'ining hosildor daraxtidir, balki u daraxtning shirin m evasidir; odam garchilik o lk a sin in g to'lqinh daryosi, balki u to'lqin daryosining asl gavharidir. Yaxshilik, karam-bir jabrlanganning qattiqchilik yukini ko'tarmoq va uni o'sha qiyinchiliklardan qutqarmoqdir. Karam birovning m ashaqqat tikani og'irligini ko'tarmoq va tikan uchidan guldek ochilmoq va o'sha qilingan ish n i qaytib tilga keltirm aslik, og'ziga olm aslik, kishiga minnat qilm aslik va uning yuziga solm aslik». «Muruvvat karamning urug'- avlodi, egizak qarindoshi, kim ki bu xislatlarga ega bo'lsa, izzat va hurmatga sazovor boladi» kabi fikrlar asosida esa m uruw at deb ataluvchi xislatga ta ’rif beriladi. Navoiy karam va m u ru w at sifatlarini ota-onaga qiyoslasa, vafo va hayoni egizak farzandlardir, deya ta ’kidlaydi. Biroq allom a har qanday ko'rinishdagi ehsonni ham saxiylik deb tushunm aydi. Saxovat ko'rsatayapm an deb isrofgarchilikka yo'l qo'yish, yordamini taTddlab ko'rsatish va m innat qilishni qoralaydi. Alisher Navoiy saxovat va him m at kabi sifatlarga ta ’rif berar ekan, ularning m a’nosini k eng ochib beradi. Shu bois ularni ijtim oiy m unosabatlar darajasida yoritadi. Mutafakkir fikricha, qanoat - sharaf va izzatning tantanasidir, molu davlatga ega, biroq ta ’m agir odam lar xor va pastkash kishilardir. Asar mazmunida Alisher Navoiy yoshlikning qadriga etish, eng yaxshi xislatlarni o'zida tarbiyalash, nafsni tiyishni ulug'laydi. Takabburlik, manmanlik, faqat o'z foydasini ko'zlab ish yuritish, hasad, g'iybat, yolg'onchilik, nodonlik, johillik, ikkiyuzlam achilik, ta’m agirlik, shoshm ashosharlik, bachkanalik, pala-partishlik, fisqi-fasod, yalqovlik, harom dan hazar qilm aslik kabi illatlarni qoralab, ulardan xalos bo'lish borasida so'z yuritadi.

M.Bedil dunyoqarashi tasavvufning vahdat ul-vujud taʼlimotiga asoslanadi, yaʼni olamni Allohning koʻzgusi, inson qalbini shu koʻzguning markazi deb biladi. Inson qalbi qanchalik sayqal topsa, u shuncha Alloh nurini aks ettiradi. Shu bois inson buyuk va qudratlidir. Ammo buni uning oʻzi anglashi lozim, deydi.
Bedil 120 ming misradan ortiq sheʼriy, koʻpgina nasriy asar yozgan. Gʻazal, ruboiy, qasida, qitʼa, tarjiʼbandlarining oʻzi 75 ming misrani tashkil etadi. Yirik asari „Chor unsur“ („Toʻrt unsur“, 1703) nasrda yozilgan boʻlib, sheʼrlar ham ilova qilingan. Kitobning dastlabki boblarida Bedil oʻz hayoti haqida hikoya qiladi. Soʻnggi ikki bobda esa toʻrt unsur — havo, suv, yer, olov toʻgʻrisida; oʻsimliklar, hayvonlar va odamning paydo boʻlishi haqida soʻzlaydi. Mutlaq ruh, ruh va narsa toʻgʻrisida gapiradi, din hamda ruhoniylarning oʻrni haqidagi oʻz fiqolarini ifodalaydi. Kitobda parilar, jinlar, uyqu, tush koʻrish va Bedil haqida hikoya va afsonalar ham mavjud.
G'azzoliy o'z asarlarida islom ilohiyotini falsafiy jihatdan asoslashga harakat qilgan. G'azzoliy Hudoni aql orqali anglash mumkin emas, uni maxsus ruhiy, jismoniy harakatlar — sig'inish va ibodatlar orqali anglash mumkin deb hisoblagan. G'azzoliyning fikriga ko'ra, jon Hudo singari fazodan tashqarida, olam Hudo tomonidan yaratilgan. Uning diniy tizimi tasavvufni an'anaviy islom bilan birlashtirdi. G'azzoliy g'oyalari islom tafakkuriga va o'rta asr Yevropa falsafasiga tasir ko'rsatdi. G'azzoliyni zamondoshlari "Hujjat ul-islom" ("Islom dalili") deb ulug'lashgan. G’azzoliyning falsafa, tasavvuf ilmiga oid asarlari juda yorqin, ravon va tushunarli uslubda bitilgan. Quyidagilar shunday asarlari turkumiga kiradi: «Faylasuflarning maqsadlari», «Faylasuflarning raddiyasi», «Din haqidagi fanning tug‘ilishi», «Olam javoni»
Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G'azzoliy [1058 — 1111] — islom ilohiyotchisi, faylasuf. "G'azzoliy" taxallusi haqida turli fikr bor. Ba'zi olimlar g'azzol (ip yigiruvchi) oilasida tug'ilgan, shu sababdan G'azzoliy taxallusini olgan desa, boshqalari esa G'azola (Tus yaqinidagi qishloq)da tug'ilgan, shuning uchun taxallusi G'azoliy deb hisoblaydilar. Nishopur (Sharqiy Eron) va Bag'dodda ta'lim olgan. "Nizomiya" madrasasida islom huquqshunosligidan dars bergan.
Imom G‘azzoliy – Sharqning dunyoga mashhur mutafakkirlaridan, kalom ilmi (fiqh, tafsir, hadis), falsafa va tasavvuf masalalari bo‘yicha bir nechta jahonshumul ahamiyatga ega kitoblar muallifi.
Shariat bilan tariqat orasidagi masala g‘oyat nozik masaladir. Bu jihatni anglamagan odam shubhasiz biror tomonga putur yetkazishi mumkin. Chinakam musulmon bo‘lgan , islomni chuqur anglab, uning ma’rifati, hikmat va falsafasidan bahramand bo‘lgan, musulmonlikni Alloh yodida pok yashash deb bilgan kishi hech qachon tariqatni o‘ziga yot deb bilmaydi.

Download 38.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling