3-Mavzu: shaxs psixologiyasi va kasbiy shakllanish. Reja
Download 43.26 Kb.
|
3-maruza Shaxs psixologiyasining va kasbiy shakllanish. Kasbiy motiv va motivatsiya
Qizikishlar.Qizikish-biron bir soxada tugri muljal olishga, yangi faktlar bilan tanishishga , vokelikni ancha tula va chukur aks ettirishga yordam beradigan motivdir. Individ uchun kizikish, sub'yektiv tarzda olinganda, bilish jarayoni tusini kashf etadigan ijobiy xissiy oxangda, ob'yekt bilan chukurrok tanishishga, u xakda kuprok bilish, uni anglab yetishga bulgan istakda namoyon buladi.
Qizikishning faoliyat farayonlaridagi roli benixoya kattadir. Qizikishlar shaxsni uzida bilim olish va anglab yetish borasida xosil bulgan ishtiyokni kondirish yullarini va usullarini faol tarzda izlashga majbur etadi. Shaxsning yunaltirilganligini ifodalaydigan kizikishning kondirilishi, odamda, uning sunishiga olib kelmaydi, aksincha, uni kayta kurgan, boyitgan va chukurlashtirilgan xolda biolish faoliyatining yanada yuksak darajasigamos keladigan yangi qizikishlarni keltirib chikaradi. Shunday kilib, kizikishlar bilishning doimiy kuzgatuvchi mexanizmi sifatida namoyon buladi. Qizikishlar mazmuniga, maksadlariga, mikyosi va barkarorligiga kura tasnif kilinishi mumkin. Qizikishlarning mazmun jixatidan farki bilan extiyojlarini ob'yektlarini va ularning mazkur faoliyat maksadlari uchun va, kengrok kilib olganda, shaxs mansub bulgan jamiyat uchun real axamiyatini kursatadi. Kishida kuprok nimaga kizikish paydo bulishi va uning bilish extiyojlari ob'yektining ijtimoiy kimmati psixologik jixatdan muxim axamiyatga ega. Maktabning eng muxim vazifalaridan biri-usmirlik yoki yoshlarning faol bilish va mexnat faoliyatiga ragbatlantiradigan va maktabdan tashkarida xam saklanib kolishi mumkin bulgan jiddiy va sermazmun kizikishlarini uygotishdan iboratdir. Qizikishlarning maksad jixatidan farki bevosita va bilvosita namoyon buladigan qizikishlarning borligini aniklaydi. Bilvosita qizikishlar axamiyatga molik ob'yektning xissiy jixatdan jozibaliligi tufayli yuzaga keladi. ("Buni bilish, kurish, anglab yetish men uchun kizikarli"-deydi kishi.) Bilvosita kizikishlar biron bir narsa (masalan, ta'lim olish)ning real ijtimoiy axamiyati bilan uning shaxs uchun subektiv axamiyati bir-biriga mos kelgan. (Bunday xolda kishi: "Bu meni kiziktirgani uchun xam kizikarlidir!"-deydi) takdirda paydo buladi Mexnat va ukish faoliyatida xamma odam xam bevosita xissiy jozibaga ega bulavermaydi. Shuning uchun xam mexnat jarayonini ongli tashkil etishda yetakchi rol uynaydigan bilvosita kizikishlarni tarkib toptirish muximdir. Qizikishlar uzining kengligi buyicha xam fark kiladi. Bir xil odamlarda qizikishlar bir soaga karatilgan bulishm mumkin, boshkalarda esa barkaror aamiyatga ega bulgan kuplab ob'yektlarga bulingan buladi. Qizikishlarning tarkokligi kupincha shaxsning salbiy xislati sifatida yuzaga keladi, lekin ayni chogda qizikishlarning keng mikyosliligini kamchilik tarikasida talkin kilish notugri bulur edi. Shaxsning kungildagidek rivojlanishi, kuzatishlar kursatganidek, kizikishlar mikyosini tor emas, aksincha keng bulishini takozo etadi. Qizikishlar barkarorligi darajasiga kura xam xar xil bulishi mumkin. Qizikishning barkarorligi uning nisbatan jadal tarzda namoyon bulishi uzok davom etishi bilan ifodalanadi. Shaxsning asosiy extiyojlarini eng kuprok darajada namoyon kiladigan va shu boisdan xam uning psixologik tuzilishiga xos xislatlarga aylanib koladigan kizikishlari barkaror xisoblanadi. Barkaror kizikish kabi kobiliyatlari uygonishining bir kurinishi bulib, shu jixatdan xam muayyan darajada muxim kimmatga egadir. Qizikishlar-shaxs faoliyatini asoslashning birdan-yuir emas, lekin muxim jixatidir. Xulk-atvorning muxim motivlaridan biri e'tikoddir.
Download 43.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling