3-mavzu: Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va tamoyillari


Download 50.37 Kb.
bet1/5
Sana11.03.2020
Hajmi50.37 Kb.
  1   2   3   4   5

3-mavzu: Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va tamoyillari.



Reja:
  1. Soliq atamasiga nisbatan turli qarashlar va uning mohiyati. Soliqqa tortishning maqsadlari.


  2. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati, ob’ektiv zarurligi va xususiyatlari. 3.Soliqlarning umumiy belgilari va boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqi.

4.Soliqlarning funktsiyalari va vazifalari. 5.Soliqlarning tamoyillari.

1. Soliq atamasiga nisbatan turli qarashlar va uning mohiyati. Soliqqa tortishning maqsadlari.
Soliqlar umumiy olganda ommabop emas bo`lib ko`rinadi, holbuki soliq tizimining ahamiyati hammaga ayon. Agar omma qarshiligini oldini olmoqchi bo`lsa, har qanday qabul qilinadigan tizim ular tomonidan qo`llab quvvatlanishi kerak. Adolatsiz soliq tizimi o`tmishda juda ko`p tartibsizliklarni keltirib chiqargan. Yillar davomida nazariyachilar g`oyalarining katta qismini soliq tizimining asosiy tamoyillari qanday bo`lishi kerakligini aniqlashga bag`ishlashgan.

Zamonaviy soliq falsafasi yoki nazariyasi odatda klassik iqtisodchi olimlar, eng avvalo Adam Smit, tomonidan boshlangan deb hisoblanadi. Lekin zamonaviy siyosiy falsafaning asoschisi Tomas Gobbs (1588-1639), iqtisodchi va faylasuf Uiliam Petti (1623-87) kabi ilg`or olimlarning ham hissasi katta. Gobbs ko`proq iqtisodiy nazariyalari bilan taniqli bo`lsa ham, u bir qancha asarlarida, jumladan o`zining eng mashhur "Leviathan" asarida soliqlarga katta e`tibor bergan. Uning soliq nazariyasi ma`lum darajada murakkab deb qaraladi va unda soliq kishilarning boyligiga emas, balki uning himoyasi va qonun ustivorligini saqlab turish, keyingi o`rinda harbiy hizmat uchun davlatga bo`lgan qarzi orqali aniqlanishi kerak deb qaraladi. U shuningdek, o`z mehnat layoqati bilan yashash uchun yetarli mablag` topa olmaydiganlarga ijtimoiy ta`minot berishni qo`llab quvvatlaydi.1

Petti "Soliqlar va yig`imlar xazinasi" (1662) asarida Fransiya bilan yuzaga kelayotgan urush uchun jamg`rmalar yig`ilishida qirol tomonidan qo`llanilishi mumkin bo`lgan soliqlar va daylat harajatlari prinsplarini tuzib chiqishga uringan. U olti turdagi davlat harajatlarini tuzib chiqqan: himoya, boshqaruv, cherkov, ta`lim, infrastruktura va barcha turdagi zaiflarni qo`llab quvvatlash va birlamchi





1 Jane Fracknall-Hughes. The Theory, Principles and Management of Taxation: An introduction, Routledge Taylor and Francis Group. 2015


mahsulotlar uchun xarajatlar. U qariyalar, kasallar, yetimlar va shu kabilarga ta`minot uchun qilinadigan davlar harajatlarini qo`llab quvvatlagan.

"Uzoq o`nsakkizinchi asr" (1688-1800) deb ataluvchi bu davrda Adam Smit va uning izdoshlari hozirgu kundagi zamonaviy soliq nazariyasini ishlab chiqishgan. Bu davr nafaqat Buyuk Britaniya, balki butun dunyoda barcha turdagi g`oyalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Bu yillar davomida ko`plan ahamiyatli voqealar, Amerika mustaqillik urushi, soliq masalalari asosida kelib chiqqan Fransiya revolutsiyasi yuz bergan. Antony Eshli Kuper, uchinchi Graf Shaffesbury, ko`zga ko`ringan davlat arbobi, 1706- yil Gollandiyadagi hamkasibiga shunday yozadi:

Bu yerda o`zini butun dunyo bo`ylab tarqatayotgan qudratli nur mavjud... bu g`ayritabiiy lekin so`z va bilim har doimgidan kattaroq tezlikda tarqalishi shart.

Bu davr haqiqiy ulamolar davri edi, va fanlar yoki kasblar orasida bugungi kungidek hech qanday chegara bo`lmagan. Shuning uchun, o`sha davrning ilg`or olimlari, John Locke, David Hume, Adam Smith, Edmund Burke, Jeremy Bentham, Thomas Paine lar shifokor, yurist, akademik yoki siyosatchi bo`lishlariga qaramasdan bir vaqtning o`zida axloqiy, siyosiy va falsafiy asarlar yozishgan. Biz bu qatorga barcha nazariyachilarni kirita olmasakda, Adam Smit va uning izdoshlarining dunyo bo`ylab ulkan ta`sirini sanab o`tish joizdir.



John Locke (1632-1704)

John Locke faylasuf, Oksford akademigi, shifokor, davlar arbobi, iqtisodchi, siyosatchi va revolutsiyachi sifatida tanilgan. U bir muncha notinch, ko’zga ko’ringan institutlar, jumladan ingliz monarxiyasi tugallangan va keyinchalik yana qayta tiklangan va 1688-yilgi “Shonli revolutsiya” (Uilliam III angliya qiroli va Mary II angliya qirolichasi bo’lgan) natijasida konstitutsiyaviy hokimiyat o’rnatilgan davrda yashagan. Soliqqa keladigan bo’lsak, u haqida Locke juda kam yozgan lekin ulkan ahamiyatga ega ma’lumotlarni qoldirgan.

Locke insonlar o’z kuchi va sayi harakati tufayli erishgan shaxsiy mol- mulkiga ega bo’lish huquqi borligiga ishongan. Biroq ko’proq narsaga erishishga intilish tufayli iqtisodiyotda mutanosiblik buzilgan va pul munosabatlari rivojlanishi oqibatida turli kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. Odamlar bir jamiyatga birlashib yaxlit xalq hokimiyatini tashkil qilishgan. Bundan asosiy maqsad kishilar o’z mol-mulklariga xavfsiz egalik qilishni ta’minlash bo’lgan. Biroq bu birlashish odamlarga boshqaruvdagi katta kuch berilganini anglatgan va bu narsani Locke davlatning noqonuniy shakli sifatida baholagan. Bu “Ijtimoiy shartnoma nazariyasi” sifatida tanilgan.Unga ko’ra: shaxs jamiyatning barcha qarorlariga bo’ysunishga rozi bo’ladi, evaziga jamiyatga a’zo bo’lganlar uchun mol-mulk, erkinlik, sog’lik va hayot himoyasiga ega bo’lishgan. Bu soliq majburiyatlarining paydo bo’lishiga olib keladi. “Davlatning 2-hazinasi” asarida Locke ,,Oliy hokimiyat insonlarning shaxsan roziligisiz ularning mol-mulkining hech birini olib qo’ya olmaydi” deb fikr bildiradi. Lekin insonlarning davlatga to’lovlar to’lab turishi kerakligini Locke ,, Davlatning ulkan xarajatlarini tasavvur qilib bo’lmaydi va kimki davlat himoyasidan foydalansa o’z mulkidan ma’lum qismini o’z roziligi bilan shu xizmatlar evaziga berishi kerak” degan fikri bilan ifodalagan.

Ko’pchilikning roziligi ularning har birini fikrini bilish yo’li bilan yoki ular orasidan saralab olingan nomzod orqali aniqlangan. Agar kimki o’z amalidan foydalanib odamlarning roziligisiz soliqlarni o’rnatishga va yig’ishga harakat qilsa, u bu orqali mol-mulkning fundamental qonunini buzadi va davlat tanazzuliga olib keladi. Chunki insonlar ongidagi ,,Nima uchun mening mulkimni kimdir o’z xohishi bilan olishi kerak?” degan fikr ularning qarshiligini uyg’otishi mumkin.

Lockening “Ijtimoiy shartnoma nazariya” soliqlarni davlat himoyasi evaziga inson huquqlaridan foydalangan holda joriy qilinishini yoqlab chiqqan. Bu huquqlardan davlatning foydalanishi Locke tomonidan davlatning soliqqa tortish huquqi deb nomlanadi, aks holda u qonuniy o`g`rilikka o`xshab qolar edi. Bu fikr keyinchalik faylasuflar, ayniqsa o`rta asrlar teologi Thomas Aquinasning “Summa Theologica” asarida muhokama qilingan. Davlat himoyasi va boshqa yordamlar evaziga soliqlarni to`lashdagi Locke tomonidan aniqlangan, tabiiy ziddiyat hozirgacha mavjud va u soliqlardan qochishning asisiy sabablaridanbiri bo`lib qolmoqda.

Locke ton ma`noda o`zining bir qancha soliq nazariyalari uchun “Levianthan” asarida soliq yig`imlarini davlat himoyasi va qonun ustuvorligi uchun to`lov sifatida keltirib o`tgan Toms Gobbsga qarzdordir. Haqidatdan ham Gobbs o`z asarlarida “ijtimoiy shartnoma” g`oyasini ham birmuncha shakllantirgan. Holbuki, davlat organlari kerakligicha samarali ishlamasligi va soliqlar onsongina insonlar mol mulkini ularning roziligisiz tortib olishga majbur qiluvchi kuchga aylanishi mumkin. Bunday ma`lum muammolardan qochish uchun, soliqlarning doirasi cheklanishi kerak. Soliq bu shaxs bilan davlat o`rtasidagi bitimdir. U davlatni o`z funksiyalarini amalga oshirishida resurslar bilan ta`minlashi kerak, lekin majburiy holda emas. Fuqarolarning katta qismi uning joriy qilinishiga rozi bo`lishlari shart.

Locke ning garchi “kimki davlat himoyasidan foydalansao`z mol-mulkidan ma`lum qismini ushbu himoya uchun to`lab berishi kerak” degan fikri, progressiv yoki proporsional soliqlarning bir turi yoki hozirda “benefit prinsiple” sifatida keltiriladigan, soliq davlatdan olinadigan manfaatga bog`liq holda to`lanishini anglatuvchi g`oya sifatida tushunilishi mumkin bo`lsa ham u soliqlarning boshqa turlari, ularning tabiati, miqdori, yig`ilishi to`g`risida hech nima aytmagan. Amaliyotda hattoki soliq to`lovchilar va ularning holati haqida juda ko`p ma`lumot mavjud bo`lgan hozirgi zamonda soliqlarni bu g`oyaga asosan undirish deyarli imkonsiz. Shuningdek, “mol-mulk” so`zi tushunishga onson bo`lsa ham, bu insonlar ega bo`lgan barcha narsalarmi yoki yermi degan savollarni ko`taradi. Shuning uchun hamma soliq to`lashi kerakmi yoki yer egalarimi degan muammo yuzaga keladi. Bu savollar javobsizligicha qolmoqda.

Samuel Johnson (1709-84)

Doktor Johnson soliq nazariyachisi sifatida emas balki u tuzgan izchil “Lug`at” tufayli ko`proq eslanadi. Lekin 1770-yillarda soliqlarga bevosita aloqador bo`lgan, Amerikaning soliqqa tortish muammolari, Amerika mustaqillik urushi markazidagi masalalar bilan shug`ullanadigan “The Patriot” (1774) va “Taxation No Tyronny” (1775) asarlarini yozadi. Johnson Angliyaning Amerika koloniyalarini soliqqa tortish huquqini himoya qiladi va Amerikani “Angliya himoyasida saqlanuvchi…

Angliya nizomi bo`yicha tuzilgan… Angliya armiyasi tomonidan mudofaa qilinuvchi” deb ta`riflaydi va “Ular bizning davlat himoyasi ostida rivojlanyabdi, shuning uchun evaziga nimadur berishlari kerak” degan fikrni ilgari suradi. Agar Amerikaliklar ingliz qonunlarini qabul qilishsa ular uni to`laligicha qabul qilishlari kerak edi, jumladan soliqqa aloqador bo`lganlarini ham. Ular o`zlari yoqtirgan elementlarni olib tashlay olmasdilar. Qonun ko`pchilikning xohishi bilan yo`lga qo`yilgandan keyin kolonistlar Inglizlarga o`z huquqlarini topshirishga majbur bo`ldilar.

Devid Yum(1711-76)

Yum Lokkning ijtimoiy shartnoma nazariyasi tushunchasini yo'q qilishi bilan keng tanilgan. Uning Original Shartnoma ishida, u hukumatlar qanday bir turdagi shartnoma tomonidan emas, balki zo'ravonlik yo'li bilan tashkil etiladi, deb bahs yuritadi. Agar hech qanday ijtimoiy shartnoma bo’lmasa, hokimiyat qanday qonuniy asosda soliqqa tortishi mumkin? Bu savolga Yum aniq javob bermagan bo’lsada, uning bir necha asarlarida bu haqida ma’lumotlar bor 2 . Hukumat shartnomalarni himoya qiladi va shartnomalarni barchaning manfaati uchun yaratishga majbur qiladi. Qoidalar va majburiyatlar tinch jamiyatni yaratish hamda milliy va xalqaro sadoqatni boshqarish uchun yaratiladi. Soliq to'lash inson hohlagan jamiyatni qo'llab-quvvatlash bilan bog’liq fuqarolik burchidir, deya xulosa qilish mumkin. Ammo, Yumning boshqa ishlaridan shunday xulosa chiqarish mumkinki, “Inson aqli haqida so’rov” asarida (u taklif qiladi), inson harakatlariga faqat birlamchi prinsplar, inson o’zini qanday tutishi kerakligi har doim ham asos bo’la olmaydi. Demak, soliqda buni qo’llasak, inson uni qabul qilishi kerak, chunki soliq odatiy shakllangan: inson u nima uchun paydo bo’lgani haqida o’ylashi nojoiz. Inson narsalarni boricha qabul qilishi, bor narsadan foydalanishi, garchi u narsa o’zgartirilishi mumkin bo’lsada, u bilan shug’ullanishi kerak. Yum o’zining original shartnoma inshosida buni yanada oydinlashtiradi: Yangi hukumat tashkil etilgan paytda, qanday vositalar orqali tashkil etilgan bo’lmasin, odamlar asosan undan norozi bo'lgan, ular hukumatga sodiqlik yoki ahloq qoidalaridan ko’ra ko’proq zaruriyat va qo’rquvi uchun bo’ysunadi... Vaqt, darajalar bu barcha qiyinchiliklarni bartaraf etadi va millatni ular bosqinchi yoki mustabid deb o’ylagan qonuniy shahzodalari, uning oilasiga yaxshi munosabat bildirishga o’rgatadi.

Yumning “Soliq” deb nom olgan inshosida soliq bo’yicha qarashlar tushuntirib ketilgan. U soliq nazariyasiga yo’naltirmaydi, balki ishchilar qanday qilib ish kuchini oshirganda soliq yuki oshishiga ko’nishi, ish haqini katta darajada oshmasligi haqida munozara qiladi. Ishchi tirishqoqlik bilan ishlasa, albatta ko’proq pul topadi. U iqlimi keskin bo’lgan mamlakatlardagi ishchilarning tabiiy noqulayliklarni yengib o’tish uchun qattiqroq ishlari kabi vaziyatlarni ko’rib, solishtiradi. U soliqqa tortishning eng yaxshi yo’li muhtoj odamlarni emas, balki boy insonlarni soliqqa tortish kerak deb bahs yuritadi. Uning “Fuqarolar ozodligi” (1741) nomli inshosida ozod bo’lgan hokimiyatlar ortiqcha qarz va soliqlar tufayli




2 Jane Fracknall-Hughes. The Theory, Principles and Management of Taxation: An introduction, Routledge Taylor and Francis Group. 2015

yo’qolib ketish tendensiyasiga ega deb hisoblaydi. U, ayniqsa, Fransiyani misol keltiradi:

Fransiyada o’sgan eng katta haqorat bu monarxiyaning eng mukammal ko’rinishi, qaysiki soliqlarning soni yoki hajmidan davomiylikni ta’minlamaydi, balki undirishning qimmat, teng bo’lmagan,o’zboshimchalik bilan va chalkash yo’llari dehqonlar va fermerlar, jumladan kambag’allar sanoati, katta o’lchovda kamayishiga olib kelgan va qishloq xo’jaligi ko’r-ko’rona va qashshoq bandlik ko’rsatkichlariga olib keldi. U davom etadi:

Agar shahzoda yoki vazir paydo bo’lsa va unga idrok ato etilgan bo’lsa, o’zining va jamoatning manfaatini bilishi, miyaning yetarli kuchi bilan qadimiy odatlarni chiqarib tashlashini bu haqoratlarning bartaraf etilishi deb tushunishimiz mumkin. Bu, “Qimmat teng bo’lmagan, o'zboshimchalik bilan va chalkash” bo’lgan soliqlar(yuqorida)ni ko’rsatib berish uchun nazariya yaratgan inson Adam Smit edi. Yum Adam Smitning soliqqa oid qoidalarining zaruriyatini belgilagan edi.



Adam Smith (1723-90)

Adam Smit Shotlandiya ma’rifatparvarchiligining yetakchi figuralaridan biri edi, u Devid Yumni va boshqa zamonasining mutafakkirlarini yaxshi tanigan, jumladan: Fransuz dramaturgi va siyosiy faol Voltr; Amerikalik siyosatchi Benjamin Franklinlarni ham. 1776 yilda u “Millatlar boyligi sabablari va tabiatiga kirish” nomli ishini tugatdi va chop etdi. O’ziga xos nazariyasi bilan birga buyuk mazmunga ega, soliqlar va soliqqa tortish qoidalariga batafsil sharga ega bo’lgan 5-kitobi; qaysiki hozirgi kungacha soliqqa torlishning muhim asosi bo’lib hisoblanadi, garchi amaliyotda saqlanib qolgan bo’lsada, uning konsepsiyalari darz ketganligini ko’rishimiz mumkin.

Birinchi qoida Gobbes va Lokki hisoblanadi (himoyani saqlashga o’z hissasini qo’shmoqchi bo’lgan har bir odam o’z mulkidan bir qismini uni saqlab qolish uchun berishi kerak)(teparoqqa qarang) daromadning bir qismini ma’lum bir proporsiyada soliq tarzida to’lash nazarda tutilmoqda. Ammo Smit chuqurroq kirib boradi: u Lokkining 2 potensial kurashuvchi yondashuvlarini birlashtiradi; ular: foyda yondashuvi va “to’lov qobiliyati” yondashuvi. Lokki inson himoyaga o’z hissasini qo’shishi uchun o’z ulushini to’lashi kerak deydi. Bu Smitning bayonotidagidek talqin qilinishi mumkin.Boshqacha xulosa qilib aytganda, daromaddan to’lanadigan ulushi to’lovga qobiliyatidan boshqa bir asosga ega bo’lishi kerak. Garchi Smit Yumning yondashuvchisi bo’lgan bo’lsada, qoidalarni o’rnatish tili ijtimoiy shartnoma nazariyasi asarlarini ko’rsatadi, lekin bu bir tomonlama fikr hisoblanadi, u tufayli xarajatlar ko’payib, tan olinmay qolishi mumkin deb ehtiyotkorlik bilan tanlangan. Smit ham progressiv soliqqa tortishga qaror qilganiga ishora bor: Boylar jamoaviy harajatlar yoki daromadlarga o’zining hissasini qo’shishi bejiz emas. Smitning holislik nazariyasida insonlarning imkoniyati yoki qobiliyatiga qarab soliqqa tortilishi kerak deb hisoblanadi. 1- bobda ko’rib chiqqanimizdek, adolat vertikal yoki gorizontal ko’rinishda bo’lishi mumkin dedik, adolat amaliyotda to’lov qobiliyati bilan qanday o’lchanishi lozimligi qiyin masala hisoblanadi.

Ammo birinchi ko’z tashlaganda soliqqa tortiladigan har bit ko’chirma yoki bazani biz oldindan bilishimiz kerakligi to’g’ri deb hisoblaymiz.

Qulaylik nazariyasida soliqqa to’lanayotgan pul har doim ham qulay emasligini ko’rishimiz mumkin. Bu yerda 4 asosiy soliq to’lanadigan sharoit keltirilgan:


  1. Mahsulot yoki xizmatga pul to’langanda, QQS kabi egri soliqlar yuzaga chiqadi, mahsulotning jami bahosiga qo’shilib, to’lanayotgan paytda uncha ko’zga tashlanmaydi. (4va8-bo’limlarni ko’ring)

  2. Ishchi ish haqi olganga daromadiga qarab bir qismi daromad solig’iga tortiladi.

  3. Firma yoki korxona daromad ko’rganda, summaning katta kichikligiga qarab, soliqqa tortiladi.

  4. Belgilangan to’lovlar orqali, agar bir daromad yoki foyda nihoyasiga yetkazilsa, bir marta qurshov usulida soliqqa tortiladi.

Smitning nazariyalari yuqori samaradorligiga qaramasdan juda oddiy hisoblanadi. Buyuk Britaniyadagi kuchuk solig’i to’layotgan odamga yig’ilayotgan summadan qimmatroqqa tushmaganligi bunga misol bo’lishi mumkin. 1987-yilgacha Buyuk Britaniyada kuchuk solig’i bo’lgan, yani kuchugi bor insonlar kuchuk litsenziyasini olishga majbur qilingan. U litsenziya pochta idorasidan olingan. Litsenziya narxi 37 pens bo’lgan va u litsenziya 1987-yilda bekor qilingan.

“Millatlar boyligi sabablari va tabiati” ehtimol tovarga qo’yiladigan soliqlar haqidagi munozaralarga bag’ishlangan. Ular mukammallikdan ancha uzoqda edi. Qulaylik nuqtai nazaridan amaliy hisoblangan, ammo tuz yoki sham kabi mahsulotlarga talab boylardan ko’ra kambag’allarda ko’proq bo’lgan. Agar soliq tariflari juda katta qo’yilgan bo’lsa, bu kamroq soliq stavkalarida olinadigan daromaddan ko’ra kamroq daromad keltirishiga olib keladi, bu fenomen Laffer egri chizig’i yoki Laffer effekti deb ataladi. Bu g’oya birinchi bo’lib Jonatan Svift(1667-1745) tomonidan keltirilgandir. Svift soliq teoriyachisi bo’lib emas, balki taniqli ocherkchi, satirik, siyosiy pamfletchi sifatida tanilgan, ammo uning xatlaridan iqtisodiy g’oylarga chuqur qiziqishi bo’lganini ko’rishimiz mumkin.

Xalqlar boyligining tabiati va sabablari haqida tadqiqot nomli kitobga bag`ishlangan, balki, mol mulklarga soliqlar muhokamasi uchun. Shu kabi soliqlar qulayligi bo`yicha foydali , biroq zarur ehtiyojlar uchun bu hammaga ham birdek foydali emas misol uchun tuz va shamdon, bu maxsulotlar boy u kambag`alga birdek zarur. Kelishilgan narx yuqori bo`lishi mumkin va aholi umumiy qilib aytganda qancha soliq to`lash kerakligini bilmaydi va ba`zi soliq stavkalari bo`zilgan. Agar yuqori soliq stavkalari yoki tariflari o`rnatilsa past stavkalar va tariflar o`rnatilganidan kamroq darajada daromad yig`ilishiga olib kelishi hozir Laffer egri chizig`I va Laffer samarasi orqali tanish. Bu fikr dastlab Jonatan Svift tomanidan (1667-1745) Irlandiya qirolligining kambag`al ishchi xizmatchi va savdogarlariga javob nomli asarida ilgari so`rilgan. Svift essaychi satirachi va siyosatchi sifatida mashhur hisoblanadi, soliq nazariyasichisi emas , biroq bu asarda qiziqarli iqtisodiy fikrlarni olish mumkin.

Edmand Barke (1729-97)

Edmand Barke o’z vaqtida adabiyot va siyosatshunos bo’lgan. U malakali advokat, parlament azosi, siyosiy yozuvchi, Samuel Jonson to’garagiga a’zo bo’lgan va u yerda Jeremiy Bensam va Tomas Painelar bilan do’st bo’lgan. Uning qarashicha do’stlari uni uzoqlashtirgan va Tomas Paine erkak xuquqlari to’g’risida Barkenining qarashlariga hurmat manosida yozgan.

Mashhurlar o’ylashicha BArke haqiqatda orqasiga qaytmadi. U Jonsonga o’xshab siyosiy sharxlovchi yoki amaliy siyosatchi edi. Barke tengdoshlarining qarshiligi oshishiga, amerika mustamlakachilarining shikoyatlariga e’tibor xam bermadi. O’z nutqida u qaram mamlakat bilan muzokara xaqida so’zlagan:

Men shu kunlarda hech nima qilmayapman soliq qonunlari to’g’risida. Bazi insonlar seskantirdi - lekin bu to’g’ri. Men buni to’liqligicha oqlayman. U hech narsadan ham pastroqda turadi mening o’ylashimcha. Muammoga yechim realistic bo’lishi kerak idealistic emas: Barcha davlatlar, haqiqatda har bir inson foydasi va qulayligi, ezguligi va aqlli xujjatlar muzokarada ko’rib chiqiladi va ayirboshlanadi. Biz noqulayliklarni balanslashtirishimiz kerak ; biz beramiz va olamiz ; biz ba`zi qonunlarni yo`qotishimiz kerak va biz boshqalaridan rohatlanishimiz kerak; va biz ayyor aholidan ko`ra bahtli aholini tanlashimiz kerak. Burke parlamentning soliq boyicha huquqini qo`llab quvvatlasa ham U ishonardiki Amerikaliklar ichki soliqlarni ozlari yig`a olishiga, biroq bu tarzda ularni majburlash kerak emas deb o`ylardi. U mustamlakalardan fondlarni kopaytirish uchun tijoratni oshirishni maqullaydi va yangi soliqqa oid qonunlarga qarshi turadi, misol uchun stamp soligi. U “ixtiyoriy , madaniy yaqinlik” uchun umid qilgandi. Mustaqillik deklaratsiyasi anchagina katta zarba. Urush natijasida Britaniyaliklar huquqlari vayron qilinishini Burke his qildi. U o`z fikrlarini “Amerikacha Soliqqa tortish” nomli nutqida davom ettiradi. Amerikani tijorat qonunlar orqali mustahkamlashga harakat qil , sen doim shuday qilding. Kel sen sababli ularning tijorati mustahkamlansin. Ularni soliqlar bilan qiynama ; sen boshidan bunday yo`l tutmagansan. Bu yerlar seniki bo`lishiga yo`l ber faqat soliqqa tortish uchungina emas3.



Tomas Peyn

Tomas Peyn o`z asrining eng ta`sirli o`ylovchilaridan biri edi, u o`zining karerasini aksizchi bo`lib boshlagan. U Amerikalik siyosatchi va nazariyotchi Benjamin Franklinning do`sti hisoblanadi va u do`stining taklifiga binoan amerikaga mustaqillik kurashiga jalb etiladi. U keyinchalik Fransiya revolyutsiyasiga va inqilobiy davlat azosi bolishga aktiv jalb etiladi. U Fransuz qiroli Lous XVI-ning qatl etilishiga qarshilik qiladi va keyinchalik uning qatl etilishidan qutilishiga yordam beradi. Peynning asarlari orasida eng mashhuri INSONLARNING HUQUQLARI , ikki qismdan iborat birinchi qismi 1791- yilda Burkening “FRANSIYAdagi revolyutsiya haqidagi fikr mulohazalar” nomli asariga bevosita javob tariqasida yozilgan va ikkinchi qismi 1792 – yili yozilgan. Peynda Burkening har bir fikriga qarshi katta qarshilik bor edi va Peynning ishlari






3 Jane Fracknall-Hughes. The Theory, Principles and Management of Taxation: An introduction, Routledge Taylor and Francis Group. 2015

odamlarning yodida Burke bilan zamondosh yozuvchi sifatida yodida qolgan . Uning obro`sining sababi tanqidchiligidadir, ko`pchilik nazariy qarashlari mensimaslikka asoslangan hisoblanadi. Fikrlashdagi uning eng asosiy yangiligi odamlarning davlat haqidagi fikrini isloh qilishida edi u bunda yillar davomida qattiqqul va buzilgan davlat haqidagi fikrni nazarda tutadi. U isloh qilishni uch bosqichli siyosiy ta`lim siyosiy harakat va ijtimoiy iqtisodiy yaxshilanish jarayoniga jalb qilish sifatida ko`radi. Siyosiy harakat oz ichiga revolyutsiyani olishi mumkin qaysiki urushni tugatadigan, og`ir soliqlar va zulmlarni tugatadigan siyosiy harakat.

Loke singari Peyn ham ijtimoiy shartnomani turlarini quyidagilarda ko`radi:

.. Shaxslar o`zlari , har birining shaxsiy va mustaqil huquqi, bir biri bilan shartnoma qila olishi orqali davlatni tashkil qilishi: va bu faqatgina davlatda o`sishga huquq borligini ko`rinishi, va faqatgina ularda mavjudlik huquqi borligi usuli.

Ammo, Paine uchun bu erkaklarni jamiyat qurishga majburlaydigan iqtisodiy ehtiyoj edi va ular soliq to’laganligi sababli barcha erkaklarga hukumatga qatnashishga qonunan ruxsat berilgan. U shuni takidlaydiki, yangi Fransiya Konstitutsiyasi boyicha, ‘har bir 60 sous (eski ingliz pul birligi) soliq to’lagan erkak saylovchi hisoblanadi’. Paine uchun o’shanda hukumat ijtimoiy-iqtisodiy shartnoma vazifasini bajarar edi. Bu shuni ko’rsatadiki ‘a’zoliksiz soliq yo’q’ degan tuzumni Amerika kolonistlari siyosiy falsafaga kirishi orqali kuchga kiritdi. Boshqa so’z bilan aytganda, soliqlar a’zolikni va jamiyat yig’ilishlarida o’z fikrini ayta olish huquqini ifoda etadi.

Paine keng miqyosda Erkaklarning Haq-huquqlari Bo’yicha soliqning rolini muhokama qiladi. U boylikning tarkibiy qismlari haqida fikr yuritganda Villiam ning daromadi va keying asrlar daromadlarini taqqoslaydi, shuningdek, milliy qarzni qoplash, armiya va dengiz kuchlari, hukumat xarajatlari va oylik maoshlarni qoplaydigan kerakli miqdorni alohida izohlagan. U muhtojlarni yordam puli, pensiya va hukumat talim sohasini moliyaviy ta’minlashni taklif qilgan. U taklif qilgan asosiy g’oyalardan biri, ba’zi soliqlarni bekor qilish (deraza va uy soliqlari kabilarni) va o’z navbatida islohotlarni ta’minlash uchun daromad soliqlarini oshirish. U shuningdek, har bir shtatda o’lim to’lovi va yer solig’I, shu bilan birga nogironlar va imkoniyati cheklanganlarga pensiyalar tarafdori bo’lgan.

Uniung Fransiyaga ta’siri kata bo’lgan: 1792-yil fransiya Respublikasining faxrli fuqorasiga aylangan. Bentamning ma’naviy va siyosiy falsafasi 3 ta prinsipi(tamoyil)ga asoslangan:


  1. Eng katta, buyuk baxt prinsipi (Humedan olgan atama)

  2. Ommaviy xudbinlik

  3. O’z manfaatlarini (sun’iy ravishda bo’lsa ham) boshqalarniki bilan tenglashtirish

Bu prinsiplar uning barcha asarlarini qamrab olgan, garchi ular Bentamning “Intizom va qanchalikka kirish” asarida aniq tushuntirilgan bo’lsada (bu asar 1789- yil e’lon qilingan 1780-yil nashr etilgan)

Tajribasiz huquqshunos bo’lgan uchun umrining kata qismini qonuniy islohatlarni yozish bilan o’tkazgan va Lok taklif qilgan ijtimoiy shartnoma

g’oyasiga qarshi chiqqan. U odam doimo jamiyatda yashaydi, shuning uchun ijtimoiy shartnoma kabi narsa bo’lishi mumkin emas deb hisoblagan. Hech qanday tabiiy huquq mavjud emas. Huquqlar ma’noga ega bo’lishi uchun qonun bilan joriy etilishi kerak, qaysiki shaxsni – uning iqtisodiy manfaatlarini, xususiy maxsulotlari va mol-mulkini himoya qiladigan, qonunlar bilanjoriy etish – soliqqa tortish orqali pul bilan ta’minlashni nazarda tutardi. Mulkni soliqqa tortish kuchaytirilganligi hukumatga aralashish huquqini beradi, shu sababli Bentam uchun mutloq mol- mulk huquqi bo’lmagan.

Bentamning soliq solish haqidagi fikrlarini Dome xulosalagan (1999-yil), uning tahlillari quyida keltirilgan. Bentamning soliqqa tortish haqidagi g’oyali turli asarlarida, keng tarqalgan, jumladan, “Soliqqa tortishning ko’rinishi (shakli, tuzilishi) uchun taklif” (1795), “Soliq qonuniga qarshi norozilik” (1793) kabi asarlari va uning “Siyosiy iqtisodiyot qo’llanmasi”ni (1798) hamda xuddi shu sanadagi “Soliq bilan Monopoliya” risolasi.

U siyosiy iqtisodiy qo’llanmasida “Soliqqa tortishning tabiiy va yagona maqsadi muntazam olinadigan foyda” va har qanday soliq “Xalqning xavfsizligi, tirikchiligi va rohat-farog’ati” uchun sarflanishi kerak, deb ta’kidlagan. Biroq, u milliy boylikni ko’paytirirsh uchun juda tejamkorlikni amalga oshirishga qarshi bo’lgan.4

Biroq Bentamning soliq solish uchun mezonlari uning manfaatparast prinsiplaridan kelib chiqqan.

Moliyaning 1-maqsadi – hech qanday majburlashsiz – hech kimni muhtojlik va yo’qotish qiyinchiligini boshdan kirishgan majbur qilmasdan pul toppish. 2- maqsadi – muhtojlik va majburlash qiyinchiliklari eng kam muddatda qisqartirilishi haqida qayg’urish. 3-maqsadi – yovuzlikni ko’paytirishdan qochish soliq to’lash majburiyati uchun muhum.

Yangi qonundan kelgan foyda turli maqsadlarda ishlatilishi masalan:



  • Mulkiy qarzning asosiy qismini kamaytirish.

  • Milliy qarzning foizinin to’lash va og’ir soiqlarni bekor qilish

Ushbu so’ngi kategoriyada sud ishlaridan olinadigan soliq, dorilar solig’i, oyna, sovun, tuz soliqlari foydani kamaytiradi deb hisoblangan, chunki ular adolat, sog’liq va sanitariyaning yo’lini to’sadi va boylarga nisbatan kambag’allarni ko’proq qiynashga sabab bo’ladi. Shuning uchun yangi qonun foydani kamaytirmasdan soliqlarni kambag’allarning ahvoli yaxshilanadi, shuningdek, buning qayta taqsimlovchi natijasi ham bor.

Boshqa soliq me’yor Bentam tomonidan uning “soliqqa tortish shakli uchun taklif” nomli risolasida taklif qilgan. Uning g’oyasi juda og’ir yer solig’idan qiynalgan yer egalari hamda kreditlardan keladigan foydadan, xususiy va davlat yillik rentalaridan aksiyaadorlik kompaniyasi dividentlaridan savdo va professional daromaddan keladigan foydada hech narsa to’lamagan tijorat guruhlari o’rtasidagi muvozanatni to’g’rilash.

Bu daromadni 2 turga bo’lgan:




4Taxation (UK), BPP Learning Media Ltd BPP House, Aldine Place 142–144 Uxbridge Road London W12 8AA, FA 2014


  1. Mulkdan keladigan foyda, masalan, yerdan olinadigan ijara, kreditlardan olinadigan foyda, xusuiy va davlat yillik rentalari hamda aksiyadorlik kompaniyalari dividenti

  2. Savdo foydalari va professional daromad kabi daromadlar

Shuningdek, u daromadni vaqtinchalik va doimiy kabi turlarga bo`lgan. Doimiy daromad avloddan avlodga o`tishi mumkin (masalan, ijara). U kun ko`ra olish darajasidan yuqori ajratilgan manbaalardan olinadigan daromad solig`ini taklif qilgan.

Bentam soliqlarning o`zi ma`qul ko`rgan tartibini ham aniq tushuntirgan. Mahsulotlardan olinadigan soliq daromad solig`idan ko`ra yaxshiroq, chunki har qanday kishi soliq solingan mahsulotni sotib olmaslikni tanlay oladi. B ma`qullaganidek, qimmatbaho zeb-ziynatlarga soliq solish albatta to`g`ri, lekin zarur ehtiyojlarga soliq solish shafqatsizdir. U sud ishlarga solinadigan soliqni eng yomon soliq deb qoralagan, chunki bu kishilarning g`am-qayg`usidan olinadigan soliq edi. Bu soliq dori-darmonlar, halokat sug`urtalari, shartnomalar, gazeta kabi (siyosiy) axborot vositalaridan olinadigan soliqlar bilan birga bekor qilinishi kerak. Bentamning soliq nazariyasiga qo`shgan hissasi muhim ahamiyatlidir. Soliqni davlat tomonidan himoyalanganlik uchun to`lanadigan narsa deb qabul qiluvchi ijtimoiy shartnoma nazariyachilaridan uzoqlashgan holda, u o`z falsafasida soliqqa tortish faqatgina qonun bilan amalga oshirilishi mumkinligi haqidagi g`oyani himoya qildi. U qonun tomonidan kafolatlanmagan huquqlar bo`lishi mumkinligini rad etdi, ya`ni unda falsafasiga umuman qarama-qarshi boshlanish bor edi. U o`zining soliq falsafasini deyarli Adam Smitning 4-prinsipi samaradorlikdan yaratdi. Agar soliq eng kam zarar yoki eng ko`p foyda chiziqlari bo`ylab tasavvur qilinsa, hech kimga boshqa mezon kerak bo`lmaydi. Biroq bu konsepsiya(tushuncha, fikr, qarash) insonning biror falsafiy yo`nalish bo`ylab davom etishiga bog`liq. B o`zining ma`naviy, siyosiy va iqtisodiy falsafasida har

taraflama qat’iy tursa-da, bu takroran mukammal yondashuvdir.
Keyingi rivojlanishlar

Vaqtlar o`tishi bilan quyidagi qo`shimcha konsepsiyalar qo`shilganiga qaramay, Adam Smit rivojlantirgan soliqqa tortishning 4 asosi hatto bugun ham soliq nazariyasining har qanday muhokamasining ahamiyatli qismida saqlab qolindi:



  • Neytrallik(xolislik). Ya’ni, soliq tizimining o`zi iqtisodiy faoliyat olib boriladigan yo`lda iloji boricha kamroq ta’sir etishi kerak. Bu ba’zan iqtisodiy samaradorlik va samardorlik tushunchasining keyingi rivojlanishi deb yuritiladi.

  • To`g`rilash/nazorat. Neytrallikka qarama-qarshi ravishda, ba’zi nazariyachilarning taklif etishicha, soliq tizimi munosabatlarga ta’sir etish uchun foydalanilishi kerak. Bu jamiyatda o`zini tutish borasida foydali bo`lishi mumkin, masalan chekishni rag`batlantirmaslik uchun tamaki mahsulotlariga katta soliq solish yoki ishchilarga mehnatni/soliq to`lovchilarga jamg`arma yoki pensiya ta’minotini rag`batlantirish uchun soliq cheklovlari yoki imtiyozlarini berish.

  • O`zgaruvchanlik. Boshqachasiga aytganda, iqtisodiy vaziyatlarda o`zgarishlarni uddalash uchun tizim ortiqcha qiyinchiliksiz o`zgartirilishga qodir bo`lishi.

  • Oddiylik. Tizim shug`ullanish va tushunish uchun nisbatan odddiy.

  • Adolatlilik. Kimga soliq solinganiga qarab tizimning adolatliligi bilinadi.

  • Javobgarlik. Hukumat javogar bo`lgan saylovchilar miqdori.

Mos keladigan munosabat. Bu chegaradan tashqaridagi qaysi xatti-harakat umuman olganda axloqiy jihatdan to`g`ri kelmasligini aniqaydi. Bu qonuniy deb topilgan jinoyat solig`idan farq qiladi.

Ushbu keyingi tushunchalarni yozib borish qiyin, chunki ular 1800-yillardan buyon soliq tizimining yuksak g`oyasi haqida kengroq fikrlash mahsulidir. Tarixchi Martin Danton “Yuksak ishonch: 1799-1914-yillarda Britaniyada soliqqa tortish siyosati” asarining 6-7-boblarida aytishicha, soliq g`oyalari haqidagi bahsda XX asrning boshlarigacha yuqorida keltirilgan tushunchalar boshlanmagan. Pil va Gladston davlat har qanday iqtisodiy foydani ma`qullamasligi hamda soliqlar chek va balanslarning ehtiyotkorona o`ylab topilgan tizimi bo`lishi kerak degan prinsipni yaratganiga qaramay, Alfred Marshal, Fransis Edjvors va Artur Pigu kabi nazariyachilar bunga ishonishgan (Danton, 2001, 177-b.).

So`nggi paytlarda yaxshi soliq siyosatining asosini tashkil qilgan g`oyalar muhokamalarning markazida bo`ldi va shu sababdan barcha mutafakkirlar ham yuqoridagilarni ma`qullashmaydi. Amerikaning Tasdiqlangan Xalq Hisobchilari Instituti (ATXHI) yaxshi soliq siyosati uchun yuqoridagilarning ba’zilarini o`z ichiga olgan 10 ta yo`lboshlovchi prinsiplarni taklif qiluvchi hujjatni ishlab chiqdi. “Yaxshi soliq siyosati bo`yicha” deb nomlangan Angliya va Uelsdagi Malakali Hisobchilar Instituti(AUMHI)ning Soliq Fakulteti tomonidan 1999-yilning oktabrida nashr etilgan muzokara hujjati buning qo`shimcha isbotlarini beradi. Bu hujjat Buyuk Britaniyada soliq tizimi haligacha saqlanib qolgan muammolarini tahlil qiladi. Bu tizim “ancha chigal”, “umuman qoniqtirmaydigan”, “demokratik nazoratning yetishmasligi”dir (AUMHI, 1999, 3-b.). Soliq Fakulteti hujjatning qismi sifatida yaxshi soliq tizimining 10 nazariyasini taklif qildi, ya`ni soliqlar qonun nazoratida, aniq, oddiy va yig`ish, hisoblash, to`g`ri nishonga olish uchun oson, doimiy, to`g`ri maslahatga sababchi bo`lishi, muntazam qayta ko`riladigan, adolatli va xolis hamda raqobatbardosh bo`lishi kerak.

Richard Murfy “Soliqqa tortishishni boshqarish nizomi” asarida BMTning Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasiga asoslangan xatti-harakatning ixtiyoriy nizomini quyidagicha ishlashni nazarda tutadigan rivojlantirish orqali buni yanada yuqori darajaga ko`tardi:



  • Shaxsning huquq va burchlari, hukumatning majburiyat va ma’suliyatlari prinsipining umumiy qabul qilingan bayonoti.

Nizomning umumiy maqsadi “soliqdan qochish”ga global darajada e`tibor qaratish:

  • Prinsiplar Adam Smit tomonidan e’lon qilingan soliqqa tortish boshqaruvi kabi eskirgan iboralarni almashtirishga harakat qilishi kerak.

Murfyning fikricha, Smitning 4 prinsipi eskirgan, chunki:

  • davlat mahsulotlari ta’minoti hamda soliqni qo`llab-quvvatlovchi prinsipdan ko`ra soliq amaliyoti bilan aloqa bog`lashni hisobga olgan holda davlatning fuqarolari oldidagi majburiyatini tan olishi uchun muvaffaqiyatsizlikka uchrash.

Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining soliq solishga hech qanday aloqasi bo`lmasa-da, u shunday deydi:

29-modda shuni nazarda tutadiki, fuqarolarning o`zlari yashayotgan jamiyatda ommaviy burchlari bor, qaysiki ularga yuklatilgan va qabul qilingan soliqlarni demokratik yo`l bilan to`lash majburiyatini o`z ichiga olishi bilan izohlanadi. Biroq, quyidagi soliqqa tortish prinsiplari Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (qavs ichida berilgan moddalari) asosida kelib chiqqan bo`lishi mumkin:



  • davlatning o`z fuqarolarini himoya qilish majburiyati bor;

  • davlatning o`z fuqarolarni davlat mahsulotlari bilan ta’minlash majburiyati

bor.

  • davlat o`z fuqarolarini mudofaa yoki ta’minot borasida ajratishi mumkin

emas.

  • davlat tomonidan beriladigan ta’minot hajmi demokratik usulda saylangan hukumat tomonidan aniqlanadi .

  • davlatning xohishlarini aniqlash huquqlari boshqa davlat harakatlari bilan cheklanmasligi kerak.

  • davlatning soliq solish huquqi bor;

  • soliq to`lovi xususiy mulkka egalik huquqining muhimligini tan olishi kerak;

  • soliq to`lovi ixtiyoriy emas;

  • soliq solish qonunan amalga oshirilishi kerak;

  • davlatning barcha fuqarolari uchun bir xil soliq qonuni bo`lishi kerak;

  • har bir fuqaroning o`zi to`lshi kerak bo`lgan soliq majburiyati bor;

  • fuqaro har qanday soliq to`loviga qarshi murojaat qilish huquqiga ega;

  • davlat fuqarolarni faqatgina qonun tomonidan talab etilgan ma’lumotni bilishga majburlashi mumkin;

  • har bir fuqaro davlatni va uning himoyasini tashlab chiqish va uning ta’minotidan voz kechish huquqiga ega, lekin oilasini boqish uchun yordam berish majburiyati tugatilishi kerak.5

Bu prinsiplarning yaratilishi Adam Smit tushuntirgandan ko`ra uzoqroq bo`lgan.

Mamlakatda, umuman olganda, soliqlarning joriy qilinishining sabablari iqtisodiyotni rivojlantirish va davlat majburiyatlarini kamaytirishdir.

Odatda soliq nima o’zida nimalarni ifoda etishi borasidagi bilimlarni olish murakkab masala hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda bu fanni filga qiyoslash mumkinki, uni tasvirlab bergan taqdirda ham u haqida yetarli tasavvur hosil bo’lmaydi, magaramki bu filni o’z ko’zingiz bilan ko’rmaguningizgacha.





5 Jane Fracknall-Hughes. The Theory, Principles and Management of Taxation: An introduction, Routledge Taylor and Francis Group. 2015

Bugungi kungacha soliqlarning mohiyatini belgilab beruvchi turli xildagi urinishlar bo’lgan va quyida biz tomonimizdan ularning ayrimlarini keltirib o’tamiz va shu o’rinda eslatib o’tish joizki, ushbu ta’riflar yakuniy ta’riflar emas.



  • Soliq bu - davlatni qo’llab-quvvatlash uchun aholidan, mol-mulklardan va tovar aylanmasidan olinadigan majburiy to’lov.


(Ingliz tilining Oksford lug’atidan)

  • Soliq bu - davlat manfaatlari uchun jismoniy va yuridik shaxslardan majburiy tarzda undiriladigan to’lov.


(Ingliz tilining izohli lug’atidan)

  • Soliq bu - hukumatni saqlab turish uchun zarur bo’ladigan alohida shaxslarga va mulkka nisbatan qo’llaniladigan soliq olish shakli.

(Uebster internet lug’atidan)

  • Soliq bu – jamiyatning barcha a’zolari farovonligi uchun hukumat hisobiga undiriladigan to’lov. Kimdan qancha olish va qancha qismini qoldirish hamda undirilgan to’lovlar nima uchun ishlatilishi haqida hukumat ishonch bildirgan kishilargina hukm chiqarishlari mumkin.

(Djonson 1913 (1775), 2-bet)

  • Soliq bu – davlat organlari tomonidan undiriladigan va uning o’rniga to’g’rigan to’g’ri hech narsa berilmaydigan majburiy to’lov.

(Djeyms va Nobs2012, 12-bet) Soliqqa oid boshqacha ta’riflarni turli xildagi adabiyotlarda yana ham chuqur ko’rib chiqish mumkin. Quyidagi xos so’zlar “majburiy”, “undirish” va “yuk” degan umumiy xarakterdagi ta’riflar, hattoki soliq va soliqqa tortish tushunchasining o’zi ham ko’pchilik uchun unchalik kerak bo’lmagan talqin sifatida qo’llaniladi. Bu esa bizni soliqni undirish sabablariga to’xtalishga olib

keladi.6


Jamiyat farovonligini ta’minlashda daromadlarni ko’paytirib borish
Odamlar davlat tomonidan yaratib berilayotgan umumjamiyat xizmatlaridan voz kecha olmaydilar, agar ular bu xizmatlardan foydalanmasalar va bular uchun to’lashni hoxlamasalar ham. Jamiyatning barcha a’zolari bundan xizmatlarni hech qanday e’tirozsiz istemol qiladilar. Davlatning mudofaa qoliliyatidan jamiyat a’zolarining barchasi manfaat ko’rishining o’zi ham ijtimoiy xizlmatlarning naqadar zarur ekanligini belgilab beradi.

Tarixan Yevropa davlatlarida soliqlar miqdori amaldagi monarxiyani moliyalashtirish va urushlar vaqtida davlatni himoya qilish uchun oshirilib borilgan.







6 Taxation (UK), BPP Learning Media Ltd BPP House, Aldine Place 142–144 Uxbridge Road London W12 8AA, FA 2014

Daromad va boylikni qayta taqsimlash

Soliqqa tortishdan jamiyatning ayrim qatlamlariga, kam daromadli yoki muhtojlarga pul to’lovlari va turli imtiyozlarni berish mexanizmi orqali foydalanish mumkin (jamiyatda ijtimoiy tenglikni saqlash maqsadida). Bu ko’p hollarda soliqqa tortish orqali jalb qilinadigan mablag’lardan davlat tomonidan ko’rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirilishi mumkin. Agar davlat daromadlari tizimi soliqqa tortish tizimiga bog’liq bo’lmasa turli xildagi muammolar kelib chiqishi mumkin.


Ijtiomiy va iqtisodiy ta’minot
Hukumat davlat tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan masalan, sog’liqni saqlash va ta’lim bilan xalqni doimo ta’minlab keladi. Davlat tovar va xizmatlari har bir shaxs uchundir. Davlat tomonidan ishlab chiqarilmagan,masalan,alkagol vositalari va sigaretlarga katta miqdorda soliqlar undirilishi bilan ularning faoliyati biroz cheklanadi chunki ular jamiyat sog’lig’iga zarar yetkazadi. Inson hayotiga zarar yetkazuvchi vositalarga soliq solish,davlat uchun ko’plab qiyinchiliklarni tug’diradi. Chunki bunday mahsulotlar juda ommalashgan va ularga soliq solish orqali davlat daromadlari oshadi. Soliqlarning kamaytirilishi esa iste’molning oshishiga olib keladi. Bunday vaziyatda hukumat milliy sog’liqni saqlashni ta’minlab beradi. Milliy Sog’liqni Saqlash Fondi Buyuk Britaniya hukumati tomonidan moliyalashtiriladi. Alkagoldan yoki chekishdan kasallangan odamlar uchun hukumat qo’shimcha fondlarni ko’paytirishga majbur bo’ladi.

Soliq jamiyat xarakteri bilan bog’liq bo’lgan qiyin masala bo’lib, shu sababdan ham soliqlar yillar davomida o’zgarib turgan. Masalan avval sir bo’lgan chekishning fosh etilishi kabi. Hozirgi kunda chekishning sog’liqqa zarar ekanligini hammaga ayon. Chekish jigar rakiga yoki boshqa turdagi rak kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Bu o’zidan yomon hid chiqarishi, sigaret qoldiqlarining va qutilarining atrofga tashlashi atrof muhitni zararlaydi. Shuning uchun ham Buyuk Britaniya 2007-yil 1-iyulda davlat hududlarida chekishni taqiqlash qonuni qabul qilingan.7


Iqtisodiy muvozanat
Davlat yuqori inflatsiya darajasini,ishsizlikni va boshqa turdagi muammolarni oldini olishi kerak.Soliq tizimida ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun yangi infrastrukturalarni yaratishning bir vositasi hisoblanadi.2008-2009 yillardagi iqtisodiy pasayish jarayonida asosan,banklar muvofaqqiyatsizlikka uchray boshlagan.Ko’p g’arbiy mamlakatlarda bank tizimini qo’llab-quvvatlash

,iqtisodiyotning o’z vazifalarini bajarishi hamda barqarorligini saqlash uchun soliq daromadlaridan foydalanilgan.Gretsiya, Irlandiya, Portugaliya, Italiya kabi






7 Taxation (UK), BPP Learning Media Ltd BPP House, Aldine Place 142–144 Uxbridge Road London W12 8AA, FA 2014

davlatlarning iqtisodiy ahvoli juda tang bo’lganligi sababli Yevropa Ittifoqi,Xalqaro Pul Foni bu davlatlarga yordam berishiga to’g’ri kelgan.

Har bir mamlakatning soliq tizimi boshqa mamlakatning soliq tizimidan tubdan farq qiladi.Masalan AQSHda soliq tizimi va qonunlari boshqa davlatlarning soliq tizimidan ancha katta va federal sistema deb yuritiladi.Agar davlatlarning soliq tizimi bir-biriga o’xshash bo’lganida mamlakatlar o’rtasidagi tadbirkorlarning moliyaviy bitimlari ancha oson bo’lar edi.Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlari o’rtasida savdo-sotiq va xizmat ko’rsatish erkin,bu esa,Yevropa Ittifoqini kengaytirish maqsadida amalga oshiriladi.Bu esa o’z navbatida korxonalarning foyda soliqlari o’zgarmasligini ta’minlaydi.

Soliqqa tortish deganda biz asosan soliq bazasini tushinamiz.Soliq bazasini tashkil qiladigan elementlar mavjud. Bular:Daromad,foyda kapital,xarajat yoki iste’mol.

Daromad tushunchasini tushunish oson.Bu oylik yoki shaxslarning ishlab topgan ish haqi hisoblanadi.

Foyda, mahsulot ishlab chiqarishdan yoki xizmat ko’rsatishdan tushgan tushum.Foyda mahsulot tannarxi va uni yaratishga ketgan xarajatlarni chegirilish orqali topiladi.Shundan so’ng qolgan summadan soliq solinishi mumkin bo’lgan qismi aniqlanadi.

Kapitalning asosiy ma’nosini uning gapdagi o’rnidan aniqlash mumkin.Umuman olganda,Kapital deganda,moddiy va nomoddiy aktivlar ya’ni ishlab chiqarishda uzoq muddat foydalanadigan yoki jismoniy shaxslarning egalik qiladigan aktivlari tushiniladi.Kapital aktivlarining qiymati o’zgarishi mumkin.Ya’ni asosiy vositani sotishdan foyda ,depozitga qo’yilgan pullarning foiz daromadlari va aksiyadan dividentlar.

Xarajatlar bu ishlab chiqarish yoki iste’molda tovar ishlab chiqarishga yoki iste’molga sarflanadigan mablag’.

Soliqqa tortishda turli xil buyumlar orasidagi farqlarni ajratib olish muhim hisoblanadi,chunki ular turli xil usullar bilan soliqqa tortiladi,umumiy faravonlikni ta’minlash uchun,turli xil usulda soliqqa tortish kerak.Masalan iste’mol qilinadiga buyum soliqqa tortildi.Bir shisha spirt uchun masalan 2£ bo’lsa 10,000 £ oylik oladigan shaxs uchun yuqori foiz stafkasida soliqqa tortiladi.

Agar 3 ta kishi 5000£ daromad topadi ,birinchisining o’rtacha ish haqi,ikkinchisi mahsulot sotishdan tushgan tushum,uchinchisiniki esa dividend ko’rinishidagi daromad.Ular uchalasi bir xil usulda soliqqa tortilsa,bu gorizantal tenglik deb yuritiladi.Lekin ularning daromadining manbalari turli xil.Birinchisi qilgan mehnati uchun, ikkinchisi sotgan mahsuloti uchun va uchinchisi qilgan invistitsiyasidan foiz ko’rinishidagi daromad.Ular uchalasi turli xil usulda soliqqa tortiladi,soliqqa tortilganidan keyin esa uchalasida turlicha summa qoladi. Birinikida ko’proq va boshqasinikida kamroq, bu esa vertikal tenglik deb nomlanadi.8







8 Jane Fracknall-Hughes. The Theory, Principles and Management of Taxation: An introduction, Routledge Taylor and Francis Group. 2015

  1. Download 50.37 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling