3-mavzu. Tarbiya fanini o’qitishning ilmiy, diniy, badiiy va falsafiy asoslari. Reja


Avloniy, A. Fitrat, M. Behbudiy, I. Ibrat asarlarida tarbiya masalalari


Download 56.6 Kb.
bet4/7
Sana03.02.2023
Hajmi56.6 Kb.
#1153125
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-mavzu-1

3.2. Avloniy, A. Fitrat, M. Behbudiy, I. Ibrat asarlarida tarbiya masalalari.
XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida Turkiston o‘lkasida tarbiyaga oid fikrlarning rivojlanishida, xalq maorifi ishlarini yuksaltirishda ilg’or ziyolilarning xizmatlari kattadir. Bunda jadid adabiyotining yirik vakili shoir, drammaturg, muallim A.Avloniyni (1878-1934) alohida ta’kidlash mumkin. U maktablar ochib, shaxsan o’zi muallimlik qilish bilan birga maktablarni darsliklar bilan ta’minlash ishiga katta hissa qo‘shgan va ta’lim-tarbiyaga oid “Turkiy guliston yoxud axloq”, “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni” singari asarlar yozib qoldirgan. Uning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari o’zbek klassik tarbiyashunosligining namunasi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev ham bu haqida: “Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning asriy qadriyatlarimiz asosida yaratgan “Turkiy guliston yoxud axloq” asari sharqona tarbiyaning noyob qo’llanmasi sifatida bugungi kunda ham o’zining qadri va ahamiyatini yo’qotgan emas. Biz tarbiya fanining nazariy va metodologik asoslarini ishlab chiqishda mana shunday bebaho asarlardan samarali foydalanishimiz zarur”16 -deya ta’kidlaydi. A.Avloniy ushbu asarida tarbiyaga “Tarbiya”-“pedagogiya”, ya’ni, bola tarbiyasining fani demakdir”, deb ta’rif beradi. Uningcha, axloq ilmining asosi tarbiyadir. Bolaning salomat bo’lishi va saodati, tanini pok tutmog‘i, yoshligidan maslagini tuzatmog‘i, yaxshi xulqlarni o‘rganmog‘i, yomon xulqlardan saqlanishi uchun yaxshi tarbiya zarur. U: “Tarbiya qilguvchilar tabib kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilgan kabi tarbiyani bolaning vujudidagi jahl maraziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan “poklik” degan davoni ustidan berub, katta qilmog‘i lozimdur17”,-deydi. A.Avloniyning maslahatiga ko‘ra tarbiya jarayonini bola tug‘ilgan ondan boshlash, uning vujudini quvvatlantirish, fikrini nurlantirish, axloqini go’zallashtirish, zehnini ravshanlantirib borish kerak. U tarbiyani kim, qayerda amalga oshirishi xususida ham bir qancha tavsiyalar beradi va tarbiyaga mas’ullarni quyidagicha taqsimlaydi:
1. Uy tarbiyasi. Bu ona vazifasidir, deb hisoblaydi.
2. Maktab, madrasa tarbiyasi. Uningcha bu ota, muallim, mudarris va hukumatning vazifasidir.
A. Avloniy asarda tarbiya qaysi onalarning, qaysi otalar, muallim va mudarrislarning vazifasi?, degan savollarni qo‘yadi hamda ularga shunday javob beradi:

  • “Qaysi onalarni aytursiz, bilimsiz, boshi paxmoq, qo‘li to‘qmoq onalarnimi? O’zlarida yo‘q tarbiyani qaydan olib berurlar? Bu so’z kishining yuragini ezadi, bag‘rini yondiradi.

  • “Qaysi ota? To‘ychi, uloqchi, bazmchi, do‘mbirachi, karnaychi, surnaychi, ilm qadrini bilmagan, ilm uchun bir pulni ko’zlari qiymagan, zamondan xabarsiz otalarni aytursizmi? Avvalo ularni o’zlarini o‘qitmak, tarbiya qilmak lozimdur”.

  • “Qaysi muallim? Maqsadi pul, maslagi shuhrat, yuqori maktablarda o‘qimagan, “usuli ta’lim” ko‘rmagan muallimlarni aytursizmi? Avval o’zlari dorilmualliminlarda o‘qimaklari, so‘ngra dars bermaklari lozimdur”.

  • “Mudarrislarga na dersiz desak, qaysi mudarris? Matlablari osh, maqsadlari chopon, darslari beimtihon, isloh yaqinidan yurmagan mudarrislarni aytursizmi? Bular o’z vazifalarini bilib, nafslaridan kechib, zamonga muvofiq ravishda darslarini isloh qilib, imtihon birla o‘qutmaklari lozimdur”. Mana shu so’zlar har kimni “Al-isloh” demakga majbur qilur. Bo‘lmasa hukumat-chi? desak, “xayr, hukumat hammaning otasidur. O’z fuqarosining bolalarini tarbiya qilmak lozim”18,-deydi.


Download 56.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling