sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar - ma’lum
darajada ishlov bosqichidan o‘tgan, lekin hali pirovard mahsulot darajasiga yetkazilmagan
mahsulotlar
;
yoqilg‘i - ko‘mir, benzin, torf, gaz hamda neft mahsulotlari;
ehtiyot qismlar - mashina
va jihozlarni tuzatishda, ishdan chiqqan qismlarni
almashtirishda qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlarning detal, agregat va qismlari;
qurilish materiallari - bevosita qurilish va montaj ishlari jarayonida,
qurilish
qismlarini tayyorlashda, bino va inshootlarning alohida konstruksiya
va qurilmalarini
ko‘tarishda va qurib tugatishda foydalaniladi. Ularga qurilish uchun zarur bo‘ladigan
yog‘och-taxta, shifer, mix va boshqalar kiradi;
idish va idish materiallari - turli material va mahsulotlarni o‘rash, joylashtirish,
tashish hamda saqlashda ishlatiladigan buyumlardir.
inventar va xo‘jalik anjomlari - ushbu guruhga korxona xo‘jalik
faoliyatida
ishlatiladigan inventar buyumlar hamda arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar kiradi;
Do'stlaringiz bilan baham: