3-Mavzu: Tuproq strukturasi, suv xossalari, tuproqning havo xossasi va havo rejimi reja


Download 298.41 Kb.
bet5/21
Sana17.10.2023
Hajmi298.41 Kb.
#1706170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
3-lektsiya

7-rasm. Strukturali tuproq

8-rasm. Strukturasiz tuproqlar zich qatqaloq qatlami
Strukturaning buzilish sabablari.
Tuproq strukturasi ózgaruvchan bólib, turli omillar ta’sirida buziladi va tiklanib turadi. Bu omillarni boshqarib turish tuproqlarning zarur struktura holatini saqlab, uni yaxshilab borish imkonini beradi. Tuproqdagi agronomik jihatdan qimmatli strukturalarning buzilish sabablari xilma-xil bólib, ularni quyidagi uch gruppaga birlashtirish mumkin:
1.Strukturaning mexanik ravishda buzilishi. Tuproqning yuza qismlariga tushadigan atmosfera yog’inlari ta’sirida va shuningdek yetilmagan nam tuproq yoki juda quruq holatdagi tuproqlarni kóplab marotaba xaydash hamda bunda og’ir mashinalar, ish qurollaridan foydalanish natijasida struktura buziladi. Bundan tashqari odamlar va mollarning dalada yurishi strukturani ezgilaydi. Strukturaning buzilishini oldini olishda yerni obi-tobida haydash, tuproqqa minimal ishlov berish va qishloq xójalik mashinalarining yengil, maqbul konstruksiyalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
2. Strukturaning fizik-kimyoviy buzilishiga, singdirilgan kationlar kóproq ta’sir kórsatadi. Asosan singdirish kompleksidagi ikki, uch valentli (Ca2+ va Mg2+) kationlarning bir valentli (Na+, H+, NH4+) kationlar bilan almashinuvi bunga sabab bóladi. Bir valentli natriy, ammoniy va vodorod struktura hosil qiluvchi kolloidlar (shuningdek gumusli moddalar)ni nam sharoitda peptizasiyalab, struktura agregatlarini buzadi. Shuning uchun ham kimyoviy meliorasiyalash (kislotali yerlarni ohaklash, shórtoblarni gipslash) strukturaning saqlanib qolinishida muhim rol óynaydi.
3. Strukturaning biologik yól bilan buzilish sababi, asosan aerob sharoitdagi mikroorganizmlarning hayot faoliyati bilan bog’liq. Mikroorganizmlar struktura hosil qilishda muhim rol óynovchi organik moddalar, jumladan gumusning aerob sharoitda tez minerallashib, parchalanib ketishiga olib keladi. Natijada tuproqdagi chirindi kamayib, strukturaning asta-sekin buzilib borishiga sabab bóladi. Shuning uchun ham tuproqda mótadil mikrobiologik jarayonlarning bólishi muhim ahamiyatga ega.

Download 298.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling