3-Mavzu. Turopereytingda xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish Reja
Download 83.71 Kb.
|
3 Maruza matni (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Animatsiya - bu bo‘sh vaqtni o‘tkazishning maxsus dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha faoliyatdir.
3. Turizmda animatsiya
Turistlarga xizmat ko‘rsatish menejmentining dolzarb yo‘nalishlaridan biri animatsiya, ya’ni, xizmat ko‘rsatish dasturlari, turistlar dam olishi va hordiq chiqarishini jonlantirishdir. Bu hodisa turizmda interer hashamatliligi va servisi bo‘yicha teng bo‘lgan kurortlar raqobati natijasida yuzaga kelgan. «Xizmat ko‘rsatishni animatsiyalashtirish» formulasi topilgan. Animatsiya - bu bo‘sh vaqtni o‘tkazishning maxsus dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha faoliyatdir. Bunga turistlar va ekskursantlarni «tirilgan» tarixiy personajlar kutib oladigan animatsion shou-muzeylar yoki kechasi mehmonxonada turistlar ishtirokida shoular tashkil qilishlar kiradi. Animatsion dasturlar sport o‘yinlari va musobaqalarini, raqs kechalarini, karnaval, uyin, ma’naviy qiziqishlar sohasiga kiruvchi mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi. Turli xil liboslarga asoslangan turistik mahsulotlar - bu animatsion turizmning avangard yo‘nalishlaridan yana bittasidir. Bunga misol -turistlarning Amerika ranchosida dam olishi bilan birga tashkil etilgan tur bo‘lib, unda turistlarga kiyim, kovboy narsalari beriladi, otda yurish va kovboylik mahoratlari o‘rgatiladi. Venada turistlar borishi mumkin bo‘lgan an’anaviy professional ballar: Avstriya qurolli kuchlari ofitserlari bali, farmatsevtlar, ovchilar, qandolatchilar, kir yuvuvchilar ballari o‘tkaziladi. Bu ballarga boruvchilar XIX asrga moslab tikilgan kiyimlarni ijaraga olishlari mumkin. Bunday turlar turistlarda katta qiziqish uyg‘otadi. Ballar istalgan saroy yoki qal’alarda tashkil etilishi mumkin. Sport yoki etnofolklor, sarguzasht yoki xobbi turlar animatsiyasi stsenariysi va xarakteriga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Biroq bu yerda bevosita turistlarni qatnashtirish asosida dasturni jonlantirish umumiydir. Boshqa yo‘nalish - bu mehmonxona va dam olish markazlarida turistlar dam olishini bevosita animatsiyalashtirish. Animatorlar (ko‘p hollarda yoshlar) turistlar bilan doimiy ravishda ishlashadi. Ularning asosiy vazifasi - mijozlarni zeriktirib qo‘ymaslikdir. Ko‘pincha, bunday ishchilar all-inklusive tipidagi klublarda uchraydilar. Turistlar kunduzi ularni butik rastasida yoki kortda, sport musobaqalari yoki baliq ovida ko‘rishlari mumkin, kechasi esa aynan shu xodimlar turistlar qatnashishi ko‘zda tutilgan qiziqarli shou tashkil qiladilar. Animatorlar, odatda, forma sifatida turistlar uzoqdan ko‘rishlari va tanib olishlari uchun ochiq rangli futbolkalarni tanlashadi. Futbolkada uning ismi va u biladigan tillar davlatlari bayroqlari bor kartochka bo‘ladi. Ular xushmuomala bo‘lishadi va turistlar bilan eski tanishlardek ko‘rishadilar: "Qalay, kechagi ekskursiya yoqdimi? Keling, biz bilan voleybol o‘ynaysiz". Mijozlar yuzini eslab qolish - ularning professional majburiyatidir. Animatorlar ishi qiziq va quvnoq bo‘lishi bilan birga og‘ir hamdir. Ertalab ular aerobik mashg‘ulotlarini o‘tkazadilar, plajda turistlarni ko‘ngil ochishlarini tashkil qiladilar. Kunduzi turistlar bilan ekskursiyaga va do‘konlarga boradilar. Kechqurun shou va bardagilar zerikib qolmasligini ham ta’minlashlari kerak. Kimnidir raqsga taklif qilish, kim bilandir shunchaki suhbatlashish lozim. Shuning uchun ham, odatda, yoshlar animator bo‘lib ishga kiradilar. Til to‘sig‘i mavjudligi bemalol suhbatlashishga yordam bermaydi va animatorlarga qo‘yiladigan birinchi talablardan biri kamida ikki xorijiy tilni bilishdir. Agar undan ko‘p bo‘lsa yanayam yaxshi. Shunda animator turli davlatlardan kelgan turistlar bilan ishlay oladi va juda kerakli mutaxassisga aylanadi. Animatorlar ishining yaxshi misoli sifatida "Klub Med" kurortlari tizimi klublarini keltirsa bo‘ladi. "Klub Med"ga animator bo‘lib ishga kirgan odamlar haqiqatda ham bilimi va universalligi bilan ajralib turadi. Ular nafaqat yosh, chaqqon bo‘lishi, balki kamida ikkita tilni bilishi, hamma bilan til topishib keta olishi lozim. Bu yerda alohida lavozim - GO -. frantsuz tilidan olingan Gentils Organisateurs so‘zining qisqartmasi - "yoqimli tashkilotchilar" bo‘lishi mumkin. GOning asosiy vazifasi - "Klub Med"ning barcha shaharchalari ajralib turadigan erkinlik va tabiiylik muhitini yaratishdan iborat. Agar barda biror kishi zerikayotgan bo‘lsa, albatta, GOning yoniga o‘tkazishadi va suhbatga tortishadi. Ular doimo biror hazil yoki qiziqarii narsani bilishlari mumkin. Mijozlarni ham bu yerda hurmat bilan - GM - Gentils Members so‘zining qisqartmasi - "klubning yoqimli a’zolari" deb atashadi. Animatorlar sababli "Klub Med"ning istalgan shaharchasida dam olish haqiqiy bayramga aylanadi. Turlarni animatsiyalashtirish va tashkil etish uchun bayramlar nishonlanadigan sanalar kalendaridan foydalanish katta ahamiyatga egadir Turistning u yoki bu sanaga qiziqishi, bu qiziqishlarning "jonlantirilgan", turistning o‘zi qatnashadigan ko‘rinishda tashkil etilishi xizmat ko‘rsatish dasturini yanada jonlantiradi. Har safar yangi bayramlarni tashkil qilish qimmatga tushishi bois, doimiy harakatdagi animatsion dasturlarni sotish maqsadga muvofiqdir. Shunday qilib, yuqorida aytilganlarni umumlashtirib, turizmda animatsiya formulasini quyidagi kompleks ko‘rinishida qabul qilish mumkin: qiziqishlardan foydalanish, ekspozitsiyalarni jonlantirish, harakatlarga turistlarni jalb qilish, tomoshalarning turli-tumanligi. Shundan kelib chiqib, turizm animatsiyasi uslubiy asoslarini quyidagicha shakllantirish mumkin: operatorning hordiq chiqarish va tomoshalar markazlari, festival va karnavallar tashkilotchilari bilan o‘zaro yaqin munosabatda bo‘lish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish dasturiga tadbirlar ma’lumotlarini faol qo‘shib borish; sodir bo‘layotgan tadbirning psixologik qabul qilinishi va tematikasini hisobga oladigan dam olish (tadbir) stsenariysini tuzish; yo‘nalishda turistlarning har xil bo‘lish ehtimoli bor xizmatlar bog‘liqligini ko‘zda tutgan holda ishlab chiqilgan stsenariy asosida to‘liq xizmat ko‘rsatish kompleksini amalga oshirish; ob-havo va boshqa sabablarga ko‘ra dasturga o‘zgartirish kiritilganda animatorlarning turistlar bilan ishlashi. Umuman animatsion turizm faoliyati deganda xordiq chiqarish-tomosha va servis komplekslarining har bir turist dam olishiga va xizmat ko‘rsatishga shaxsiy yondashuvning o‘zaro yaqin hamkorligini tushunishimiz mumkin. Asosiy vazifa turistga qiziqarli bo‘lishi, o‘zini dastur qatnashchisi sifatida his qilishi, yaxshi dam olish uchun qulaylik mavjudligidir. Download 83.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling