3-мавзу: Умумгеографик карталарнинг мазмуни, моҳияти ва тасвирланиши “Картография асослари” фани


Download 115.85 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi115.85 Kb.
#1570741
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-mavzu.Umumgeografik va mavzuli kartalar

Tayanch so‘zlar:

Umumgeografik karta elementlari ham tasvirlanib, ulardan geografik asos sifatida foydalaniladi, xalq xo‘jaligi va ularni boshqarish uchun kartalar, maorif, fan, madaniyat uchun kartalar, geografik kartalarning tiplari, asosiy mavzuli kartalar.


Geografik kartalar shartli ravishda umumgeografik va mavzuli kartalarga bo’linadi. So’nggi yillarda maxsus kartalar ham mavzuli kartalar deb yuritilmoqda. Chunki maxsus kartalar deyilganda buyurtma asosida tuzilgan kartalargina tushuniladi. Bundan tashqari,xorijiy mamlakatlarda ular to’g’ridan to’g’ri mavzuli kartalar deb ataladi.
Bu kartalar birorta mavzuga oid bo’lib, mazmunini, asosan, bir soha tashkil qiladi. Unda mavzuli kartalarning birorta elementi yoki birorta sohasi to’liq tasvirlanadi (masalan, aholisi, qishloq xo’jaligi, sanoati).
Bundan tashqari, umumgeografik kartalarning elementlaridan boshqa voqea-hodisalarning tabiiy yoki ijtimoi- iqtisodiy ko’rsatkichlari ham ko’rsatilishi mumkin.
Mavzuli kartalarda umumgeografik karta elementlari ham mavjud bo’lganidan, ulardan geografik asos sifatida foydalaniladi. Geografik asosdagi elementlarni tanlashda kartaning asosiy mazmuni bilan yordamchi elementlar orasidagi o’zaro bog’liqlikni hisobga olish kerak.
Masalan, iqlim kartalarini tuzishda suv obyektlari ham tasvirlanadi, chunki ular bir-biriga bog’liqdir. Sanoat kartalarini tuzishda temiryo’l va davlat ahamiyatiga ega bo’lgan avtomagistral yo’llar va suv yo’llari ham ko’rsatiladi. Chunki sanoatni bu ko’rsatkichlarsiz tasvirlab bo’lmaydi.
Mavzuli kartalarda voqea-hodisalarning geografik joylanishigina emas, balki ularning miqdor va sifat ko’rsatkichlari ham tasvirlanadi. Miqdor ko’rsatkichlari mutlaq va nisbiy miqdorda beriladi. Shunisi xarakterliki, mavzuli kartalarda voqea-hodisalar ma'lum bir vaqtdagi ma'lumotlarga asoslanib, ularning o’sishi yoki pasayishi hamda strukturasi kartografik tasvirda tushunarli qilib, obrazli-belgilar asosida ko’rsatiladi. Mavzuli kartalar uchta katta guruhga bo’linadi:
1) tabiiy kartalar;
2) ijtimoiy-iqtisodiy kartalar;
3) tarixiy kartalar.
Egallangan hududi bo’yicha quyidagilarga: dunyo, materik, davlat, viloyat, tuman kartalariga bo’linadi. Mazmuni bo’yicha umumgeografik va mavzuli kartalarga bo’linadi. Bu ikkala guruh yana maydalanib, qismlarga bo’linadi. Masalan, mavzuli kartalar 2 qismdan tashkil topgan:
1) tabiiy yoki tabiiy geografik kartalar;
2) ijtimoiy-iqtisodiy kartalar.
Tabiiy geografik kartalar geografik muhit komponentlari (atmosfera, gidrosfera, biosfera) yoki shu komponentlarni o’rganuvchi fanlar bo’yicha bo’linsa ham maqsadga muvofiq bo’ladi. Ijtimoiy-iqtisodiy kartalar ham, o’z navbatida, aholi, iqtisodiyot, madaniyat, siyosiy-ma’muriy, maishiy xizmat ko’rsatish kartalari vaTarixiy kartalar, tarixiy voqealar va ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan jarayonlarni tasvirlab beradi. So’nggi paytlarda yangi tiðdagi tabiiy resurslarni baholash, bashoratlash, injener-geografik va operativ (tezkor) xo’jalik kabi kartalar vujudga kelmoqda.
boshqa turlarga bo’linadi.
Geografik kartalarni mazmuni bo’yicha tasnif qilishda professor K. A. Salishev klassifikatsiyasidan foydalanildi. Umumgeografik kartalar xususiyatlariga ko’ra uch xilga bo’linadi:
1) Topografik kartalar (1:200 000 masshtabgacha).
2) Obzor topografik kartalar (1:200 000, 1:1 000 000 gacha).
3) Obzor kartalar (1:1 000 000 dan mayda).
Umumgeografik kartalar mazmuni boyicha quyidagilarga bo’linadi:

Download 115.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling