3-mavzu. Urug‘-qabila va milliy dinlar reja
Download 170.5 Kb.
|
3 мавзу
Fetishizm - (fetish - fransuz tilidagi "fetiko" - yasalgan tumor, but, sanam degan so‘zlardan olingan) moddiy buyumlarda g‘ayritabiiy xususiyatlar borligiga ishonib, jonsiz narsalarga sig‘inishdir. Ibtidoiy odam ongida har xil moddiy buyumlar - tog‘, qoya tosh, daraxt, keyinchalik turli hayvonlarning suyagi, pati, tumor, sanam va hokazolarda g‘ayritabiiy kuchlar bor, degan tasavvur paydo bo‘lgan. O‘zlari vujudga keltirgan bunday kuchlarga o‘zlari sig‘ina boshlaganlar. Ibtidoiy din shakllaridan biri bo‘lgan fetishizm barcha xalklarda diniy tasavvurlar shakllanishi bilan uzviy bog‘liqdir.
Fetishizm politeistik (ko‘p xudolik), hatto monoteistik (yakka xudolik) dinlarida hozirgacha saklanib kelmoqda. Masalan, xristianlarda krestga (butga) sig‘inish, islomda esa turli o‘simlik turlarini - sedana, ko‘ztikan, qalampirmunchok, achchiq qalampir, isiriq, chilonjiyda, daraxtlardan - yong‘oq, chinor, archa va boshqalar muqaddaslashtirilib, boshqa buyumlarga, shu jumladan odamlarga ta’siri yoki yordami bo‘lishi mumkin degan tasavvur paydo bo‘lgan. Bunday xususiyatni tog‘-toshlarga, turli buyumlarga ham xos degan g‘ayritabiiy fikrlar shakllangan. Fetishizm diniy ibodatning ajralmas qismidir. Hozirgi vaqtda ba’zi soddadil, mutaassiblarning turli tumor, ko‘zmunchoq va hokazolarnn taqib yurishlari, daraxtlarga latta-puttalarni osishi, is chiqarishi shunday jismlarni ilohiylashtirish, ularning mo‘‘jizaviy kuchiga ishonish fetishizmning diniy e’tiqoddagi eng xarakterli ko‘rinishi va qoldig‘idir.
Download 170.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling