3-mavzu. Xalqaro mehnat taqsimoti jahon iqtisodiyotini shakllanishining moddiy asosi sifatida. Semenar rejasi


Download 214.39 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2023
Hajmi214.39 Kb.
#1603066
Bog'liq
3-мавзу.



3-mavzu. Xalqaro mehnat taqsimoti jahon iqtisodiyotini shakllanishining moddiy 
asosi sifatida. 
Semenar rejasi: 
1. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi. 
2. Xalqaro mehnat taqsimoti mohiyati 
3. Ishlab chiqarish nisbiy xarajatlarining nazariyasi. 
4. XMT rivojlanishiga ta'sir qiluvchi omillar. 
Darsga 
oid 
jihozlar
Markerlar, 
flamaster, 
plakatlar. 
kerakli 
adabiyotlar,tarqatma materiallar. 
Darsning tuzilishi: Tashkiliy daqiqa, guruhlarda ishlash, bahs-munozara, dars 
yakuni. 
Noa'nanaviy amaliy mashg‘ulot:”Aqliy hujum”bilan boshlanadi.Chunki 
talablarda yetarli bilim va ko‘nikmalar mavjud.O‘qituvchi buni ”Aqliy hujum” 
orqali tasdiqlaydi va shundan so‘ng talabalarni guruhlarga bo‘lib, ularga vazifalarini 
bajarishga ruxsat beradi.
Amaliy mashg‘ulot usuliBahs-munozara 
Ma'lumot uchun materiallar
1. R.H. Shodiev, E.R. Mahmudov. Jahon iqtisodiyoti. T. 2005 yil. 
2. M. Xakimova va boshqalar. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. T. «O‘qituvchi» 
1997 yil 
3. R.X. Pulatova “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” 
Ma'ruzalar matni. 2008 y. 
 
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi. Aholining ommaviy migratsiyasi jahon 
hamjamiyatining XX asr ikkinchi yarmidagi hayotining eng xarakterli holatiga 
aylandi. Aholi migratsiyasi deganda insonlarning ma'lum hududlar chegaralaridan 
doimiy yashash joyini almashtirish yoki unga qaytish bilan ko‘chib o‘tishi 
tushuniladi. 
Xalqaro (tashqi) migratsiya turli shakllarda mavjud bo‘ladi: mehnat, oilaviy, 
rekretsion, turistik va boshqa turdagi migratsiya shakllari mavjud. Xalqaro ishchi 
kuchi bozori milliy chegaralarni kesib o‘tuvchi turli-tuman mehnat resurslari 
oqimini qamrab oladi. Xalqaro mehnat bozori ishchi kuchining milliy va mintaqaviy 
bozorlarini birlashtiradi. Xalqaro mehnat bozori mehnat migratsiyasi shaklida 
mavjud bo‘ladi. 
Ishchi kuchi migratsiyasiga ham iqtisodiy, ham noiqtisodiy xarakterdagi omillar 
sabab bo‘ladi. Noiqtisodiy xarakterdagi sabablarga: siyosiy, milliy, diniy, irqiy, 
oilaviy va boshqalar kiradi. Iqtisodiy xarakterdagi sabablar alohida davlatlar 
iqtisodiy rivojlanish darajasining turlichaligiga borib taqaladi. Ishchi kuchi turmush 
darajasi past davlatlardan turmush darajasi baland bo‘lgan davlatlarga ko‘chadi. 
Hozirgi zamondagi ishchi kuchi tortish markazlari. Ikkita ishchi kuchi tortish 
markazlari bo‘lib an'anaviy ravishda AQSh va G‘arbiy yevropa hisoblanadi. 
AQShga kelganda bu mamlakatning mehnat resurslari doimo immigrantlar 
hisobiga to‘ldirilgan. 50-yillarda AQSh hozirgi kungacha davom etayotgan yuqori 
malakali kadrlarni jalb qilish siyosatini yurgizmoqdalar. Hozirgi vaqtda ham AQSh 
ishchi kuchini tortish markazi bo‘lib qolmoqda. Kam va o‘rtacha malakali ishchilar 


ham ko‘p jalb qilinyapti (ayniqsa Meksikadan). Bular hozirda AQShdagi 
immigrantlarning asosiy qismini tashkil etishmokda. 
Ishchi kuchini tortuvchi boshqa bir an'anaviy markaz bu G‘arbiy yevropadir. 
yeIda hozirda 13 mln. migrant va ularning oila a'zolari mavjud. 
80-yillarda xorijiy ishchilar bandligi strukturasida ba'zi bir o‘zgarishlar ro‘y 
berdi. Ammo yeI davlatlariga migrantlar oqimi deyarli to‘xtamadi. 
Xalqaro mehnat taqsimoti mohiyati. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mohiyati, 
ma'nosini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri xalqaro mehnat taqsimotidir 
(XMT). Dunyoning barcha mamlakatlari u yoki bu jihatdan XMTga qo‘shilgan. 
Uning chuqurlashuvi ITIning katta ta'siri ostida bo‘lgan ishlab chiqarish 
kuchlarining rivojlanishidan kelib chiqadi.
Mehnat taqsimoti - bu tarixan belgilangan ijtimoiy mehnat tizimidir. U jamiyat 
rivojlanishi jarayonida faoliyatning sifat jihatdan differensiatsiyasi natijasida kelib 
chiqadi. 
Xalqaro mehnat taqsimoti mohiyati ishlab chiqarish jarayoni mehnat faoliyati 
turli shakllarining ixtisoslashuvi va ularning kooperatsiyalashuvi, o‘zaro 
hamkorligida namoyon bo‘ladi. Mehnat taqsimoti faqat ajratish jarayoni sifatida 
emas, balki, ayniqsa jahon miqyosida mehnatni birlashtirish yo‘li sifatida chiqadi. 
Xalqaro mehnat taqsimoti davlatlar o‘rtasida mehnatning ijtimoiy-hududiy 
taqsimotining darajasi hisoblanadi. U alohida davlatlar ishlab chiqarishlarining 
ixtisoslashuviga asoslanadi. 
Nazorat uchun savollar: 
1. 
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining sabablari. 
2. 
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi ko‘lami va geografiyasi o‘zgarishining 
asosiy tendensiyalari qanday? 
3. 
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi ijtimoiy tuzilishi evolyusiyasining sabablari 
va xususiyatlari qanday? 
4. Ishchi kuchi migratsiyasini qabul qiluvchi mamlakatlar va yetkazib beruvchi 
mamlakatlarga ta'siri. 
Dars yakuni:O‘qituvchi darsga yakun yasar ekan ,muhokama qilingan 
masalalar bo‘yicha umumiy xulosalarni bayon qiladi, darsda faol ishtirok etgan 
talabalarni baholaydi, mustaqil ishlash uchun vazifalar beradi. Qo‘shimcha 
savollarga javob berib, darsni yakunlaydi. 

Download 214.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling