3-mavzu. Xalqaro valyuta fondi, uning asosiy vazifalari va funktsiyalari
Download 0.53 Mb.
|
3-mavzu-ХМИ
XVF ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida SDRni ularning kvotalariga proportsional miqdorda taqsimlaydi. SDRning jahon valyuta tizimida zarur bo‘lgan umumiy miqdorini belgilash va bu miqdorni oshirish masalalari faqat XVF vakolatlariga kiradi. SDRni taqsimlash to‘g‘risidagi qaror besh yilgacha davomiylikdagi davrga qabul qilinadi va bunda inflyatsiya va ortiqcha talabni, shuningdek iqtisodiy turg‘unlikni oldini olish uchun mavjud zahira aktivlarini to‘ldirishga bo‘lgan jahon iqtisodiyotining uzoq muddatli ehtiyoji hisobga olinadi. SDRni yangidan taqsimlash to‘g‘risidagi taklif XFVning taqsimlovchi-direktorlari tomonidan Ijroiya kengashning roziligi bilan kiritiladi va uni Boshqaruvchilar kengashi tasdiqlaydi.
XVFning oliy boshqaruv organi bo‘lib, har bir a’zo-mamlakatdan boshqaruvchi vakil va uning o‘rinbosaridan iborat bo‘lgan boshqaruvchilar Kengashi hisoblanadi. Odatda ular Moliya vazirlari yoki Markaziy bank boshqaruvchilari bo‘ladi. Kengash Fond faoliyatining asosiy masalalarini hal etadi, bularga: Kelishuv moddasiga o‘zgartirishlar kiritish, a’zolikka mamlakatlarni qabul qilish va a’zolikdan chiqarish, ularning kapitaldagi ulushini aniqlash va qayta ko‘rib chiqish, ijrochi direktorlarni saylash. Boshqaruvchilar odatda yilda bir marta sessiyada to‘planadilar.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling