3-mavzu: XIV asr va XIX asrning birinchi yarmida tarbiya,maktab va pedagogik fikrlar Reja
Download 8.97 Kb.
|
3-mavzu XIV asr va XIX asrning birinchi yarmida tarbiya,maktab
3-mavzu: XIV asr va XIX asrning birinchi yarmida tarbiya,maktab va pedagogik fikrlar Reja: Temuriylar davrida ilm fan ta’lim tarbiyaning ravnaq topishi, Abdurahmon Jomiy,Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayin Voiz Koshifiylarning ta’limiy axloqiy meroslari. G’arb uyg’onish davrida ta’lim tarbiya va pedaggogik fikrlar taraqqiyoti. Madrasalarda darslar arab, fors, turkiy (o’zbek) tillarida olib borilgan. Arab tili grammatikasini o’rgatishga ko’proq vaqt ajratilgan. Shuning uchun Sa’diy 52 Sheroziyning «Guliston», «Bo’ston», Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» va boshqalar ham o’qitilgan. Har bir madrasaning vaqfnomasida tolibi ilmlar, mudarrislar va boshqa xodimlarni qabul qilish, o’quv ishlarini yuritish belgilangan1 . Ulug’bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya kabi fanlar ayniqsa rivoj topdi. Tibbiyot, tarix, adabiyot va shular bilan barobar diniy bilimlarning ham ravnaq topishiga katta e’tibor berildi. Oliy maktab — madrasalar qurildi. Buxoro, Samarqand va G’ijduvonda qurilgan uch madrasada fan taraqqiyotida ilmiy markaz bo’lib keldi. Buxorodagi madrasa peshtoqiga bitilgan quyidagi yozuvlar haligacha ko’zga yaqqol tashlanadi: «Ilm olmoqqa intilmoq har bir muslim va muslima uchun qarzu farzdir». Ulug’bek 1428—1429 yillarda Samarqandda rasadxona qurdiradi. 1437 yilda ana shu rasadxonada «Ko’ragoniy jadvali»ni, ya’ni yulduzlar jadvalini tuzadi. U yaratgan kutubxonada esa fanning turli sohalariga oid 1500 jild kitob mavjud edi. Samarqand shahrida X asrda 17 ta madrasa bo’lib, ularda yirik olimlar dars bergan bo’lsa, XIV— XV asrlarga kelib ular soni yanada ortdi. Tabobat ilmi, tarix, adabiyot va san’at ham rivojlandi. Boysunqur Mirzo davrida saroy kutubxonasi keng rivoj topadi. Uning rahbarligida kitoblarni ro’yxatdan o’tkazish va ilmiy matn ishlari ham olib borilgan. Firdavsiyning «Shohnoma» asarining shu davrda to’liq matni tuzilib, miniatyuralar bilan bezatilgan. Bular XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr Markaziy Osiyo tarixida uyg’onish davri bo’lib tarixga kirgan deya olishimizga asos bo’la oladi. 2. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiylarning ta’limiy-axloqiy meroslari. Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”, “Mahbub ul-qulub” asarlari va ularda ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy g’oyalar. Allomaning maktab va madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi. Abdurahmon Jomiyning “Tuhfat-ul-ahror” asari va uning ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyati. Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. Allomaning “Axloqi Jaloliy” asari. “Axloqi Jaloliy” asarining pedagogik fikr taraqqiyotida tutgan o’rni. Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy qarashlari. Allomaning “Futuvvatnomai Sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” asari. Asarning axloqiy tarbiyada tutgan o’rni. 3. «Uyg`onish» davrlari madaniyatiga xos bo`lgan umumiy mushtarak tomonlari birinchidan, Sharq va G`arb uyg`onish davrlari madaniy taraqqiyoti boshida o`sha davr hukmdorlarining o`zlari turganlar va madaniy jarayonning rivojlanishiga imkoniyat yaratib berganlar. Masalan, Sharq uyg`onishi davri madaniyati rivojlangan paytda o`sha davrning hukmdorlari - halifa Xorun ar-Rashid, uning o`g`li Ma‘mun, qolaversa o`sha davrda Somoniylar, Qoraxoniylar va boshqa sulolalarning vakillari turganlar. Ular islomning mustah-kamlanishiga, ma‘rifatning tarqalishiga, turli xil fan sohalarining rivojlanishiga boshchilik qilganlar. O`zlarining poytaxtlariga o`sha davrning ko`zga ko`ringan olimlar, fiqhshunoslar, muhandislar, tarixchilar, shoirlar, me‘morlar, san‘atkorlarini to`playdilar. Maxsus ilm markazlari, kutubxonalar, madrasalar barpo etdilar, ularni mab-lag` bilan ta‘minlab turdilar. Shu boisdan ham IX asrdan boshlab ilm-fan, adabiyot va san‘at, me‘morlik va teologiya yuksak darajada rivojpana boshlaydi. O`z navbatida G`arb Uyg`onish davri madaniy taraqqiyoti boshida ham o`sha davrning boy-badavlat kishilari rahnamolik qilgan edilar. Florentsiyada shaharning eng boy-davlat kishisi, ban-kir Kozima Medichi, so`ngra uning nevarasi Lerendo rahbarlik qilganligi tarixdan bizga ma’lum. Kozimo Medichi Florentsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini boshqarishni o`z qo`liga oladi. O`z atrofiga mashhur olimlar, san‘atkorlarni to`playdi, ularni ish bilan ta‘minlaydi, ularga homiylik qiladi. Natijada Florentsiya XV asr davomida Italiyaning madaniy jixatdan eng yuksalgan, vataniga aylanadi. Bu yerda antik dunyo san‘ati yodgorliklarini o`zida mujassamlashtirgan birinchi badiiy muzey tashkil etildi. Fal-safa akademiyasi, haykaltaroshlik, tasviriy san‘at ustaxonalari vu-judga keldi. Download 8.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling