3-mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi va rivojlanishi reja
Quyosh sistemasi va uni kelib chiqishi
Download 36.22 Kb.
|
3-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyoshning tuzilishi.
Quyosh sistemasi va uni kelib chiqishi. Quyosh – quyosh sistemasining markaziy va eng massiv jismidir. Uning massasi yer massasidan 333000 marta katta va hamma planetalarning umumiy massasidan 750 marta ortiq. Quyosh kuchli energiya manbai. Quyosh – bizga eng yaqin yulduz bo’lib, boshqa yulduzlardan farqli o’laroq, uning disqini ko’rishimiz va teleskoplar yordamida undagi bir necha km gacha bo’lgan mayda detallarni o’rganishimiz mumkin. Quyosh oddiy yulduz bo’lgani uchun xam uni o’rganish, umuman yulduzlarning tabiatini tushunishga yordam beradi.
Quyoshning tuzilishi. Xamma yulduzlar kabi quyosh ham cho’g’langan gaz shardir. U asosan 10 foiz (atomlar soni bo’yicha) geliy aralashgan vodoroddan tashkil topgan. Qolgan hamma elementlari atomlarining miqdorini birgalikda olganda , bundan qariyb 1000 marta kam, biroq massasi jixatdan bu og’ir elementlar. Quyosh massasining 1-2 foiziga to’g’ri keladi. Quyoshdan ajraladigan energiya oqimi uning tashqi qatlamlariga uzatiladi va u brogan sari katta-katta yuzalarga taqsimlanadi. Buning natijasida quyosh gazlarining xarorati markazdan uzoqlashgan sari boradi. Xaroratning kattaligiga va u belgilaydigan protsesslarning xarakteriga ko’ra butun quyoshni shartli ravishda 4 soxaga bo’lish mumkin: Ichki, markaziy soxa (yadro) – bosim va xarorat yadro reaksiyalarining borishini taminlaydigan zona, bu zo’na markazdan to 1/3 R masofagacha cho’ziladi. Nur zo’nasi (1/3 R dan 2/3 R masofagacha) – bu soxada energiya, tashqariga qatlamdan – qatlamga elektromagnit energiya kvantlarining ketma – ket yutilishi va nurlanishi natijasida uzatiladi. konvektiv zona – “nur zo’nasi” ning tashqi qismidan to quyoshning ko’rinmas chegarasigacha bo’lgan zo’na. bu yerda quyoshning ko’rinma chegarasiga yaqinlashgan sari xarorat tez pasaya boradi. Natijada moddaning aralashuvi (konveksiya) boshlandi tashqi ko’rinishi jixatidan bu xodisa ostidan qizdirilayotgan idishda qaynayotgan suyuqlikka o’xshaydi. Atmosfera, konvektiv zonadan keyin boshlanib quyosh gardishining ko’rinma chegarasidan juda uzoqlarga cho’ziladi. Atmosferaning quyi qatlami yupqa gaz qatlamini o’z ichiga oladi va uni biz quyoshning siri deb qabul qilamiz. Atmosferaning tashqi qatlamlari bevisita ko’rinmaydi, ularni yoquyosh to’la tutilganda yoki maxsus asboblar yordamida kuzatish mumkin. Download 36.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling