3-Mavzy: Bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish: shriftlar, matn tеrish, sahifalash, grafik dizayni


Download 122.63 Kb.
bet3/5
Sana02.06.2024
Hajmi122.63 Kb.
#1839750
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-мавзу Kimyo

2.2. MATN TERISH
Turli-tuman shakllarga ega bo’lgan shrift matn terishning asosi hisoblanadi. Kitob chiqarish - bu avvalo, shriftlarning elementlarini sahifada joylashtirish uchun ulardan foydalanish, ya’ni matn terish. Matn uchun mavjud shriftlarni tanlash, qog’oz sahifalar yoki boshqa tashuvchilarda (stendlar, peshlavha va hokazolarda) so’zlar va abzaslarni joylashtirish esa, ko’p yillik o’rganish va muntazam amaliyotni talab qiladigan bezash sohasi hisoblanadi [6].
Bosiluvchi elementlar literalar, chiziqlar hamda bosilmaydigan material- oraliq joylar va satr boshi bosmaxona birliklari- punktlarda o’lchanadi. U 1795 yilda Frank Ambros Dido va uning o’g’li Firmin tomonidan ishlab chiqarilgan edi. Bir punkt 0,375 mm. bir sitsero-12 punkt yoki 4,5 mm ga to’g’ri keladi. Inlizzabon mamlakatlarda Pika/Poynt (Pika/Point) birligi qo’llanadi, u taxminan 4,2 mm ga to’g’ri keladi, ya’ni yevropacha sitsero tizimidan kichikroq bo’ladi.
Aniq bir nashr uchun bezash elementlari bir necha o’zaro bog’liq qismlardan tashkil topgan qoidalarga ko’ra tanlanadi. Bu qoidalar “qat’iy” reglamentatsiyaga ega emas. Bu yerda ko’p narsa dizaynerning tajribasi, didi va qiziqishlariga bog’liq, ular vaqt o’tishi bilan ba’zan tubdan o’zgaradi. Dizaynerning kitob ustida ishlashida boshlang’ich nuqta- shrift tanlash. Bu ishda Linotype Font Explorer mantle ko’rib chiqish dasturida foydalangan maq’ul. Bu yangi shirftlar katalogi ko’pgina bezash mezonlari bo’yicha mos shrift tanlashga imkon beradi.
Tegishli shirft garniturasini qo’llash matn bezashni belgilaydi va har bir nashr puxta ishlab chiqilishi zarur.
Bundan tashqari, shirft tanlayotgan dizayner uning o’lchamini (kegli belgilaydi (2.2.1-rasm) to’qligini, och qora, tim qora yoki nimqora) yozilish shakli (to’g’ri yoki kursiv). Ba’zan shirft rangi va yozuv usulini (bosh harflar, kichik harflar, aralash tarzda) aniqlash talab etiladi [1].



2.2.1-rasm. Harflarning tuzilishi va ular qismlarining nomlari

A – harfning satr ostidagi va ustidagi elementlarsiz balandligi


B – yuqori chiqib turuvchi elementning balandligi
C - yuqori chiqib turuvchi elementning balandligi
E – pastki chiqib turuvchi elementning balandligi
F – shrift chizig’i
G – bosh harflar balandligi
H – shriftning balandligi (shriftning kegli)
I – satr oralig’i
1 – seriflar/kertiklar
2 – oval (yarim aylana)
3 – birlashtiruvchi chiziq
4 – shriftning asosiy chizig’i
5 – quloqcha
6 – harf ichidagi oraliq


Download 122.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling