3 may: Toshkent axborot texnologiyalari universitetida dasturiy va texnik ishlanmalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi


Download 61.01 Kb.

Sana11.06.2018
Hajmi61.01 Kb.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016 yil May oyiga oid 

faoliyati to'g'risidagi hujjatlar ro'yxati. 

3 may: 

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida dasturiy va texnik ishlanmalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi 

2016  yilning  3  may  kuni  Toshkent  axborot  texnologiyalari  universitetida  “Kompyuter  injiniringi”  va 

“Telekommunikatsiya  texnologiyalari”  fakultetlarining

  iqtidorli  talabalari,  magistrlari  va  yosh 

professor-

o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy va texnik ishlanmalar ko‘rgazmasi bo‘lib 

o‘tdi.

 

Ko‘rgazmani tashkil etishdan asosiy maqsad universitet va uning hududiy filiallarida ta’lim olayotgan 



talabalarni  ilmiy  faoliyatga  jalb  etish,  ularning  intellektual  salohiyatini  rivojlantirish  hamda  iqtidorli 

yoshlarni  rag‘batlantirish,  eng  asosiysi,  yuqori  salohiyat  va  iqtidorga  ega  bo‘lgan  dasturchilar 

maktabini shakllantirishga qaratilgan. 

Axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarining  rivojlanishi  mamlakatning  raqobatdoshlik  darajasiga 

ta’sir ko‘rsatishi, katta hajmda axborot to‘plash va uni umumlashtirish imkonini berishi, boshqarishni 

strategik  darajada  tashkil  etish  uchun  keng  imkoniyatlar  ochib  berishi  hisobga  olinsa,  uning  tarkibi 

bo‘lgan dasturiy mahsulotlar sanoatini rivojlantirish ham ustuvor ahamiyatga ega.

 

Ko‘rgazmada “Kompyuter injiniringi” va “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakultetlarining Iqtidorli 



talabalari,  magistrlari  va  yosh  professor-o

‘qituvchilari  tomonidan  ishlab  chiqilgan  200  dan  ortiq 

dasturiy  va  texnik  ishlanmalar  namoyish  etildi.  Shundan,  33  ta  axborot  tizimlari  ishlanmalari,  11  ta 

veb-


sayt,  52  ta  dasturiy  ishlanma,  19  ta  apparat  ishlanmalar,  19  ta  o‘yin  dasturlari  va  18  ta  mobil 

ilovalaridan iborat ishlanmalardir. 

Ishtirokchilar tomonidan yaratilgan dasturiy maxsulotlar va ishlanmalarni ta’lim, kichik biznes, ishlab 

chiqarish, qishloq xo‘jaligi, sanoat va avtomobilsozlik sohalarida qo‘llash mumkin.

 

Ko‘rgazmada 5 ta nominatsiya belgilangan bo‘lib, tadbir yakunida “Eng yaxshi loyiha dizayni”, “Eng 



yaxshi veb-

ishlanma”, “Eng yaxshi android ishlanma”, “Eng yaxshi Windows ishlanma”, “Eng yaxshi 

dasturiy  va  apparat-

dasturiy  ishlanma”  mualliflari  tashkilotchilar  tomonidan  maxsus  sertifika

t  va 

qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.



 

Ushbu ko‘rgazmaga  100 dan  ortiq  davlat  va  xo‘jalik  boshqaruv  organlari,  Toshkent  shahridagi  oliy 

ta’lim  muassasalari,  axborot

-kommunikatsiya  texnologiyalari  sohasi  korxona  rahbarlari  va 

mutaxassislar taklif etilgan. 

Ko‘rgazma  O‘zbekiston  Respublikasi  axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini  rivojlantirish 

vazirligi, «O‘zbektelekom» AK, «O‘zbekiston pochtasi» AJ, Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi, 

BePro  dasturchilar  tayyorlash  markazi,  Elektron  xukumat  tizimini  rivojlantirish  markazi  hamda 

«Unicon.uz» markazlari ko‘magida tashkil etildi.

 

 



11 may: 

Innovatsion g’oyalar, texnologiya va loyihalar yarmarkasida AKT muassasalari ishtiroki 

11-13 may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” majmuasida Innovatsion g’oyalar, texnologiya 

va loyihalar IX Respublika yarmarkasi bo’lib o’tdi.  

3 kun mobaynida davom etgan tadbirda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi 

korxonalari ishtirokchilarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar to‘g‘risidagi axborotlar taqdim etish

yangi shartnomalar imzolash, hamkorlikdagi istiqbolli loyihalarni kelishib olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 

Xususan, Vazirlik tizimidagi «UNICON.UZ», UZINFOCOM markazlari, Toshkent axborot texnologiyalari 

universiteti, «Bepro» dasturchilar markazi, «O’zbektelekom» AK, «O’zbekiston pochtasi» AJ, “Elektron 



hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi va boshqa qator 

muassasalar o'zlarining innovatsion g’oya va ishlanmalari bilan sihtirok etishdi. 



13 may: 

Poytaxtimizda "Elektromagnit moslashuv va ekologiya" mavzuida ilmiy-texnikaviy seminar bo‘lib o‘tdi 

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 12 may kuni Toshkent shahrida 

O‘zbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa i

lmiy-


texnika jamiyati, «UNICON.UZ» ilmiy

-texnikaviy 

va  marketing  tadqiqotlari  markazi,  Elektromagnit  moslashuv  markazi  bilan  hamkorlikda 

"Elektromagnit  moslashuv  va  elektromagnit  ekologiya"  mavzusidagi  Respublika  ilmiy-texnikaviy 

seminar tashkil etdi. 

Seminarda  radiochastota  spektridan  foydalanishni  boshqarish,  bu  sohada  normativ-huquqiy  bazani 

takomillashtirish, radiochastota spektridan foydalanishni monitoring qilish, o‘lchov va nazorat usullari, 

radioelektron  vositalarni  sertifikatlash,  ruxsat  etilgan  nu

rlanish  va  sezuvchanlik  me’yorlari, 

xalaqitlardan himoyalash, elektromagnit nurlanishlarning inson salomatligi va faoliyatiga va umuman 

biologik  ob’ektlarga  ta’siri,  nurlanishlardan  himoyalash  va  boshqa  muhim  masalalar  muhokama 

qilindi.  

Radiotexnik  ob’ekt

larni  loyihalash,  installyatsiya  va  ekspluatatsiya  qilishda  Sanitariya  qoidalari  va 

normalarining talablariga qat’iy amal qilish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

 

So‘zga  chiquvchilarning  ma’ruzalaridagi  takliflar  va  natijalarning  muhokamalari  asosida 



elektromagnit  moslashuvi  va  elektromagnit  ekologiya  sohasida  ilmiy-tadqiqot  faoliyatini 

aktivlashtirish,  normativ-texnik  bazasini  takomillashtirish,  elektromagnit  nurlanishlar  darajasini 

normaga keltirish, elektromagnit moslashuvi va elektromagnit ekologiya sohasida barcha manfaatdor 

tashkilotlarning urinishlarini konsolidatsiyalash bo‘yicha vash u kabi tavsiyalar qabul qilindi.

 

 

17 may: 

Yagona portalga Davlat bojxona qo’mitasining yangi elektron xizmati joriy etildi 

Davlat bojxona qo’

mitasi xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositalarining O

ʻ

zbekiston 



Respublikasi hududida harakatlanish yo

ʻ

nalishlarini o



ʻ

zgartirishga ruxsatnoma olish uchun elektron 

ariza taqdim etish elektron xizmatini joriy etdi.

 

 



Mazkur 

yangi  xizmati

 yuridik  shaxslarga  qisqa  muddatlarda  xorijiy  avtomobilda  yuk  tashuvchilar 

avtotransport  vositalarining  O

ʻ

zbekiston  Respublikasi  hududida  harakatlanish  yo



ʻ

nalishlarini 

o

ʻ

zgartirishga  ruxsatnoma  olish  va  ruxsatnoma  berish  yoki  berishni  rad  etish  kuni,  raqami 



ko’rsatilgan holda ma’lumot olish imkoniyatini beradi.

 

Buning uchun  



 

Ariza  beruvchining  xorijiy  avtomobilda  yuk  tashuvchilardan  foydalanilishi  to



ʻ

g

ʻ



risida 

shartnomasi. 

 

Ariza beruvchining davlat ro



ʻ

yxatidan o

ʻ

tkazilganligi to



ʻ

g

ʻ



risida guvohnomasi zarur bo'ladi.  

Xizamtni ko'rsatish muddati 3 kun bo'lib, xizmat bepul ko’rsatiladi.

 

 

18 may: 

Yoshlar o'rtasida dasturiy ta'minot yaratish bo'yicha tanlov e'lon qilindi 

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy 

va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, «UZINFOCOM» kompyuter va axborot 

texnologiyalarini joriy qilish markazi, “Kamolot” YoIH, “BePro” dasturchilar markazi MChJ, Toshkent 


Axborot texnologiyalari universiteti hamkorlikda dasturiy ta’minot ishlanmalari bo‘yicha tanlov e’lon 

qiladi. 

Axborot texnologiyalari bozorining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish 

va joriy etish bozori milliy iqtisodiyot samaradorligini ko‘tarishda katta imkoniyatlarga ega. Jahon 

amaliyotida dasturiy ta’minot hisobiga mamlakatning faol iqtisodiy rivojlanishiga oid misollar ko‘p, 

xususan, keyingi vaqtlarda softver sohasi milliy iqtisodiyotning yangi innovatsion tarkibiy qismiga 

aylanmoqda. 

Dasturiy ta’minot industriyasini rivojlantirishni ta’minlashning muhim sharti sifatida mamlakatimizning 

yetakchi ta’lim muassasalari bazasida dasturlashtirish sohasida mutaxassislarni kompleks tayyorlash 

tashkil etilgan. Shu nuqtai nazardan, tanlovdan maqsad dasturiy ta’minot sohasida yosh dasturchilarni 

rag‘batlantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, shuningdek, dasturiy mahsulotlar bozorini 

rivojlantirishdan iborat.  

Tanlov oliy ta’lim muassasalarining talabalari, shuningdek, kasb-hunar kollejlari va akademik litsey 

o‘quvchilarining ishtirokida o‘tkaziladi. Tanlovni yoz faslida, o‘quvchi talabalar o‘qishdan ta’tilga chiqqan 

hamda ko‘plab bo‘sh vaqtlarga ega bo‘lib, uni foydali o‘tkazish mumkin bo‘lgan davrda o‘tkazilishi 

alohida dolzarb ahamiyatga ega. Bundan tashqari, tanlov g‘oliblarini sovrinli mukofot jamg‘armasi 

kutmoqda, bu esa ularning kelgusi rivojlanishlarida juda muhimdir. 

Tanlovda alohida individual shaxslar ham va guruhli (to‘rt kishidan ortiq bo‘lmagan) ishtirokchilar ham 

qatnashishlari mumkin.  

Individual va guruhli ishtirokchilar faqat bir nominatsiyada ishtirok eta oladilar (qayta ishtirok etish 

mumkin emas).  

Tanlov 2016 yil 16 may kunidan 19 sentyabrga qadar uch bosqichda o‘tkaziladi: 

1-bosqich: 2016 yil 16 may kunidan 26 avgustgacha – ishtirokchilarni ro‘yxatga olish. 

2-bosqich: 2016 yil 29 avgustdan 9 sentyabrgacha – dastlabki saralash tanlovlari (final g‘oliblarini 

aniqlash). 

3-bosqich: 2016 yil 12 sentyabrdan 19 sentyabrga qadar – yakuniy saralash tanlovlari (g‘oliblarni 

aniqlash). 

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi: 

“Elektron tijorat yo‘nalishida eng yaxshi loyiha/ishlanma”; 

“Ta’lim yo‘nalishida eng yaxshi loyiha/ishlanma”; 

“Eng yaxshi kompyuyetr va mobil o‘yin” 

Har bir nominatsiyada eng yaxshi loyiha aniqlanib, 10 mln. so‘m miqdoridagi sovrin bilan taqdirlanadi.  

Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish va ishlanmalarni taqdim etish www.software.uz saytida onlayn rejimida 

amalga oshiriladi. 

Ishlanmalar uchun barcha mualliflik huquqlari ishlanma egalariga tegishli hisoblanadi. Dastlabki 

tanishuvdan tashqari barcha tijorat yoki boshqa maqsadda foydalanish taqiqlanadi.  


Ishlanma va loyihalarni baholashda ularning dolzarbligi, g‘oyaning originalligi, texnologik ishlanmaning 

afzalliklari, interfeys va foydalanish qulayligi, dasturiy ta’minotdan erkin foydalanish, uning ochiq kodli 

tizimda yaratilganligiga e’tibor qaratiladi. 

 

19 may:  



“Elektron hukumat”ni rivojlantirishda o‘zaro aloqalarning o‘rni” mavzuida seminar-trening tashkil 

etildi 

19 may kuni «Poytaxt» biznes markazida davlat idoralari mutaxassislari hamda ommaviy axborot 

vositalari vakillari uchun “Elektron hukumat”ni rivojlantirishda o‘zaro aloqalarning o‘rni” mavzuida 

seminar-trening bo‘lib o‘tdi. 

O‘quv-seminari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 

vazirligi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish 

maqsadida “elektron hukumat”ni rivojlantirish” hamda Osiyo Taraqqiyot Bankining “Samarali davlat 

boshqaruvi uchun “elektron hukumat” loyihalari bilan hamkorlikda tashkil etildi. 

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad davlat organlari va jurnalistlarning O‘zbekistonda joriy etilayotgan 

“elektron hukumat” tizimini keng ko‘lamda, zamonaviy yondashuv hamda samarali usullardan 

foydalangan holda yoritish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat. 

Mashg‘ulotlarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar Axborot xizmatlarining 28 

nafar mutaxassislari, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini muntazam yoritishga 

ixtisoslashgan bosma hamda elektron ommaviy axborot vositalari xodimlari malaka oshirish imkoniga 

ega bo‘ldilar. 

Seminar qatnashchilariga ekspertlar tomonidan elektron davlat xizmatlarini ommalashtirish va “elektron 

hukumat” qulayliklarini aholi orasida keng targ‘ib qilish doirasida maqsadli auditoriya bilan ishlash 

hamda jamoatchilik bilan aloqalar o‘rnatishning xalqaro amaliyotdagi ilg‘or tajribalari, usullari to‘g‘risida 

taqdimotlar qilindi. 

Seminar-trening shartli ravishda 2 qismga bo‘linib, birinchi guruhda mutaxassislar Birlashgan millatlar 

tashkilotining Taraqqiyot dasturi hamda Osiyo Taraqqiyot Bankining “elektron hukumat” tizimini 

rivojlantirish yuzasidan 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan kommunikatsiya strategiyasining loyihasini 

taqdim qildilar. Mazkur strategiyada “elektron hukumat” tizimini ommalashtirish, jamoatchilik bilan 

aloqa o‘rnatishning yetakchi mamlakatlar tatbiq qiladigan samarali yondashuvlar haqida ma’lumotlar 

keltirilgan.Mashg‘ulotlarning ikkinchi qismida jamoatchilik bilan aloqalar va jurnalistika sohasining 

yetakchi ekspertlari davlat organlari Axborot xizmatlari mutaxassislariga “elektron hukumat” doirasida 

fuqarolar bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yishga oid amaliy tavsiyalar berishdi. 

Seminar-trening ilmiy-amaliy tajriba almashish, ijodiy kayfiyat va ikki tomonlama muloqot, fikr-mulohaza 

almashish shaklida o‘tdi. Tadbir yakunida qatnashchilar “elektron hukumat” tizimini ommalashtirish 

yuzasidan oldilarida turgan vazifalar, istiqboldagi rejalar xususida shaxsiy xulosaga ega bo‘ldilar. 



23 may: 

Elektron hukumatni joriy etishning huquqiy asoslari muhokama qilindi 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnolo

giyalari masalalari qo‘mitasi 

tomonidan  Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligi  bilan  hamkorlikda 

“Elektron hukumatni joriy etishning huquqiy asoslari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad “elektron hukumat” axborot tizimi faoliyati va joriy 



etilishini  tartibga  soluvchi  axborot  sohasi  qonunchiligining  amaliyotga  tadbiq  etilishi  samaradorligini 

oshirish  masalalarini  soha  mutaxassislari  va  ekspertlar  o‘rtasida  keng  muhokama  qil

ishdan  iborat 

bo‘ldi.  Davra  suhbatida  2013

-2020  yillarda  Milliy  axborot-kommunikatsiya  tizimini  rivojlantirish 

Kompleks dasturining ijrosi asosiy muhokama markazida bo‘ldi.

 

Ekspert va mutaxassislar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otgan mazkur tadbirda Oliy Ma



jlis Qonunchilik 

palatasi  deputatlari,  davlat  organlari  rahbarlari  va  mas’ul  xodimlari,  axborot  sohasi  mutaxassislari, 

nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari 

vakillari ishtirok etdilar. 

Davra  suhbati  davomida  so‘zga  chiqqanlar  Kompleks  dasturdagi  tadbirlar  milliy  axborot  makonini 

yanada  rivojlantirish,  «elektron hukumat»  tizimini  takomillashtirish  va  joriy  etishga qaratilgan  tizimli 

va  bosqichma-bosqich  chora-tadbirlarning  asosini  tashkil 

etishini ta’kidlab o‘tdilar. Kompleks dastur 

doirasida 2013-

2020 yillarda umumiy hajmda 2,1 trln. so‘mlik telekommunikatsiya texnologiyalari va 

aloqa infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan 17 ta loyiha, «elektron hukumat» ma’lumotlar bazasi 

va axborot tizimlari kompleksini yaratishga qaratilgan 28 ta tadbirlar va loyihalar kelgusida jamiyat va 

davlat manfaatlarini qondirishga xizmat qiluvchi samarali AKT infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat 

qiladi. 


Davra suhbati ishtirokchilarini ayniqsa joriy yi

lning 10 iyunidan kuchga kiradigan “Elektron hukumat 

to‘g‘risida”gi Qonunni amaliyotga tadbiq etish masalalari bilan bog‘liq savollar qiziqtirdi. Ta’kidlandiki, 

ushbu qonun davlat boshqaruvi tizimidagi ma’muriy islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolarning 

talab 

va istaklarini qondirishga qaratilgan aniq natijalarni qo‘lga kiritish bilan bog‘liq masalalarning huquqiy 



asosini  tashkil  etadi.  Qonunda  belgilangan  davlat  organlari  faoliyatining  ochiqligi  va  oshkoraligi 

tamoyili,  “bir  darcha”  tamoyili  asosida  elektron  davlat  xizmatlarini  ko‘rsatish,  elektron  davlat 

xizmatlarini doimiy takomillashtirib borilishi fuqarolarning huquq va manfaatlarini amalga oshirishning 

muhim kafolati bo‘lib xizmat qiladi.

 

Muhokamalar  davomida  tegishli  vazirlik  va  idoralarning  “Elektron  hukumat”  loyihasidagi  “Soliq”, 



“Bojxona”, “Byudjet” kabi dolzarb tizimlari haqida yig‘ilganlarga keng axborotlar taqdim etildi. Tadbir 

ishtirokchilari davlat  va  jamiyat  hayotidagi muhim  axborot  tizimlari,  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning 

davlat  organlariga  murojaati,  tadbirkorlik  faoliyatini  tartibga  solishni  yanada  liberallashtirish  bilan 

bog‘liq  jarayonlarni  soddalashtirishga  qaratilgan  kompleks  chora

-

tadbirlarning  borishi  to‘g‘risidagi 



ma’lumotlar bilan tanishtirildi.

 

Tashkil  etilgan  tadbir  axborot  so



hasidagi  huquqni  qo‘llash  amaliyotida  o‘zaro  tajriba  almashish, 

elektron  davlat  xizmatlari  ko‘rsatishni  yanada  soddalashtirishga  qaratilgan  qonunchilikni 

takomillashtirish  bo‘yicha  mutaxassis  va  amaliyotchilarning  takliflarini  tizimli  tartibga  solish 

imkoniyatini  berdi.  Jahonning  yetakchi  AQSh,  Korea  Respublikasi,  Singapur  kabi  mamlakatlari 

amaliyotidagi elektron hukumatni rivojlantirishni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar namunalari ko‘rib 

chiqildi. 

Davra suhbati yakuni bo‘yicha Kompleks dasturning so‘zsiz ijrosini ta’minlash, xususan o‘z vaqtida 

elektron  davlat  xizmatlari  ko‘rsatishning  standartlarini,  elektron  davlat  xizmatlari  ko‘rsatishni 

baholashning  metodikasini,  elektron  hukumat  loyihalarinining  samaradorligi  bo‘yicha  maqsadli 

ko‘rsatkichlarni ishl

ab chiqish va tasdiqlash, elektron hukumatni amalga oshirish va faoliyat yuritishi 

bilan  bog‘liq  axborot  sohasidagi  qonunlarni  amaliyotga  tadbiq  etishni  yanada  takomillashtirish 

masalalari bilan bog‘liq bir qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

 

 



26 may: 

TATUda dasturlash bo‘yicha olimpiada bo‘lib o‘tdi

 

2016  yilning  20-21  may  kunlari  Toshkent  axborot  texnologiyalari  universitetida  "Toshkent  axborot 

texnologiyalari universiteti, uning xududiy filiallari va Toshkent shahridagi INXA universitetlari birinchi 

bosqich talabalari o‘rtasida dasturlash bo‘yicha jamoaviy olimpiada” bo‘lib o‘tdi.

 


Ushbu  musobaqa  mamlakatimizda  ta’lim

-tarbiya  jarayonida  talabalarning  faoligini  oshirish  va 

ularning  intellektual  salohiyatini  rivojlantirish,  iqtidorli 

yoshlarni  rag‘batlantirishga  qaratilgan 

vazifalarni bajarilishini ta’minlash maqsadida uchinchi bor tashkil etildi.

 

Saralash  natijalariga  ko‘ra  ikkinchi,  final  bosqichida  Toshkent  shahrining  13  jamoasi,  Samarqand 



filialining  5  jamoasi,  Urgench  filialining 

2  jamoasi,  Farg‘ona  filialining  3  jamoasi  va  Toshkent 

shahridagi INXA universitetining 1 ta jamoasi qatnashdilar. 

Natijalar: 



1-

o‘rin. Tashkent U of IT2 jamoasi.

 

Axmada



liev Abdulla, Murtozaqulov Xo‘jamurod, Kalabaev Sharapat

 

Murabbiy: Maxmudov Anvarjon Zokirovich 



2-

o‘rin. Tashkent U of IT1 jamoasi.

 

Qambaraliev Shaxzod, Xo‘jabekov Samandar, Yeshonaliev Azizbek



 

Murabbiy: Mo‘minov Baxodir Boltaevich

 

3-

o‘rin.INHA #2 jamoasi.

 

Isakov, Mamataliev, Xamidov 



Bunday  musobaqalar  mamlakatimizda  dasturlash 

industriyasiga  o‘z  hissasini  qo‘shadigan  yuqori 

malakali  mutaxassislarni  yetkazib  berishda  va  Jahon  olimpiadalarida  O‘zbekiston  sharafini  ximoya 

qilib, bayrog‘ini baland ko‘taradigan jamoalarni shakllantirishda poydevor vazifasini bajaradi.

 

Musobaqaning to



‘liq natijasi quyidagi saytda

 

http://acm.tuit.uz/



 joylashgan. 

 

 

 

 




Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling