3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf
Download 0.61 Mb.
|
buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oq = Bq + Ko – Do Baholash
- 1.Boshlang‘ich qiymat
- Qoldiq qiymat
- Hujjatlashtirish
Baholash – bu korxona aktivlarining qiymatini pulda ifodalash usuli. Kalkulyatsiya –bu xo‘jalik aktivlarining sotib olish, ishlab chiqarish va sotish qiymatlarini hisoblab topish usuli. Korxona aktivlarini baholash negizida quyidagi qiymat turlari yotadi: 1.Boshlang‘ich qiymat – bu aktivlarni sotib olish, qurish, ishlab chiqarish va boshqa yo‘llar bilan kelib tushgan vaqtida shakllangan qiymati. Ushbu qiymat o‘z ichiga aktivlarni sotib olishga, qurishga va ishlab chiqarishga ketgan harajatlarni oladi. Bepul kelib tushgan aktivlarning boshlang‘ich qiymati komissiya tomonidan ekspert yo‘li bilan topiladi. 2.Qoldiq qiymat – bu aktivlarning boshlang‘ich qiymatidan foydalanish davrida jamlangan eskirish summasini chegirishdan keyin qolgan qiymati. 3.Sof sotish qiymati - bu aktivning sifati, holati, shuningdek bozordagi talab va taklifdan kelib chiqgan holda shakllangan qiymati. Ushbu qiymat yuqorida keltirilgan qiymat turlaridan kam ham, ko‘p ham bo‘lishi mumkin. Hujjatlashtirish – bu xo‘jalik operatsiyalarini ma’lum bir hujjatlar bilan rasmiylashtirish usuli. Hujjat – bu ho‘jalik operatsiyalarini haqiqatda yuz berganligiga guvoh beruvchi yoki ularni kelgusida yuz berishiga asos bo‘luvchi yozma guvohnoma. Masalan, tovarmoddiy boyliklarni haqiqatda sotilganligi yoki olinganligiga schet-fakturalar, pulni kassaga olinganligiga kirim kassa orderi guvoh hisoblanadi. Boshqa bir hujjatlar xo‘jalik operatsiyalarini kelgusida yuz berishiga asos bo‘ladi, masalan berilgan ishonchnoma shu shaxs tomonidan boshqa korxonadan tovar-moddiy boyliklarni qabul qilib olishiga, chek esa kassirga pulni bankdan naqd olishga huquq beradi. Buxgalteriya hisobi hujjati deb tan olinishi uchun hujjat ma’lum talablarga javob berishi lozim. Bu talablarga quyidagilar kiradi: 1.Hujjat aniq rekvizitlarga ega bo‘lishligi va bu rekvizitlar to‘lig‘icha ko‘rsatilgan bo‘lishligi kerak. Buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan hujjatlarning asosiy rekvizitlariga quyidagilar kiradi: Hujjatning nomi; Hujjatning tartib raqami Hujjatning tuzish sanasi Operatsiyada qatnashuvchi tomonlarning nomi, adresi, telefoni, bank rekvizitlari, soliq to‘lovchi sifatidagi identifikatsion raqami (STIR); Yuz bergan operatsiyaning mazmuni; Rahbar va bosh hisobchining familiyasi, ismi – sharifi; Operatsiyaga asos bo‘lgan hujjat (masalan, ishonchnomaning nomeri va sanasi); Operatsiyada bevosita qatnashgan shaxslarning familiyasi, ismi- sharifi. 2.Hujjat imzolangan bo‘lishi kerak (rahbar, bosh hisobchi va operatsiyalarda qatnashgan boshqa shaxslar tomonidan). 3.Hujjat korxonaning muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 4.Hujjat qalam bilan tuzilmagan bo‘lishi kerak; 5.Hujjatning barcha nusxalari bir xil bo‘lishi lozim. Ushbu talablarning birontasiga amal qilinmay tuzilgan hujjat to‘liq yuridik kuchga ega bo‘lmaydi. Buxgalteriya hisobida juda ko‘p nomdagi va sondagi hujjatlar tuziladi. Shuning uchun hujjatlar aylanishini to‘g‘ri tashkil etish, ularni belgilangan muddatlarda korxonada saqlash va davlat arxiviga belgilangan tartiblarda topshirish o‘ta muhim hisoblanadi. Buxgalteriya hisobida uning ma’lumotlarini to‘g‘riligini, korxona aktivlarini haqiqiy holatini, moddiy javobgar shaxslarning o‘z funksiyalarini sidqidildan vijdonan bajarayotgaligini, mulkni talon-taroj qilinmaganligini bilish maqsadida Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling