3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Download 51.07 Kb.
bet3/6
Sana07.05.2023
Hajmi51.07 Kb.
#1440440
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3 McCarthy, O\'Dell English vocabulary in use pdf

Axborot hujjatlar korxona buxgalteriyasiga faoliyatiga tegishli iqtisodiy ko’rsatkichlarni normativ ma'lumotlar beruvchi hujjatlardir. Hujjatlar mazmuniga kura material, pul,hisob kitob.bank va boshqa turlarga bo’linadi. Buxgalteriya hisobining hujjatlari to’zilish tartibiga kura dastlabki va yigma hujjatlarga bo’linadi.

  • Dastlabki hujjatlar deb, bir xo’jalik operatsiyasi sodir bo’lgan vaqtda rasmiylashtiriladigan hujjatlarga aytiladi.Masalan,naryadlar,har xil aktlar, marshrut varaqalari,kassaning kirim va chiqim orderlari va boshqalar.

    Yigma hujjatlar deb, bir necha dastlabki hujjatlar ma'lumoti asosida yigilib to’zilgan hujjatlarga aytiladi.
    Masalan moddiy javobgar shaxs hisoboti, hisobdor shaxslarning bunak hisoboti va boshqalar.Korxonalarda amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyalari aks ettirilgan buxgalteriya hujjatlari ramiylashtirilgan davrdan boshlab ularni arxivga topshirishga kadar ko’pgina boskichlarni bosib utadi. Ushbu boskichlarning yig’indisi hujjatlar aylanishi deb ataladi.
    hamma buxgalteriya ishlovidan utgan hujjatlar saqlash uchun tayyorlanadi. Ular operatsiyalarning mazmuni,to’zilgan vaqti va shu kabi tavsiflarga qarab taxlanadi va papkalarga tiqiladi.
    Papkadagi barcha hujjatlar nomerlanadi va papka jildiga tashkilot nomi kanaka hujjatlar qaysi vaqt (yil,oy) hujjatlar nechta ekanligi ko’rsatiladi. Buxgalteriya hujjatlari ma'lum muddatgacha tashkilot arxivida maxsus jixozlangan shkaf,stellajlarda saqlanadi.
    Hujjatlarda aks ettirilgan operatsiyalarning mohiyatiga qarabularni saqlash muddati har xil. Masalan,schyot-faktura nakladnoylar bir yil; kassa hujjatlari uch yil; kassa kitobi doimiy saqlanadi.
    3. Inventarizatsiya va uning turlari.
    Tashkilot buxgalteriyasida moddiy boyliklarda bo’ladigan hama o’zgarishlar hujjatlar asosida analitik va sintetik schyotlarda qayd etib boriladi va ma'lum vaqtlarda analitik hisob ma'lumotlarining sintetik hisob ma'lumotlariga tengligi tekshirib boriladi. Lekin omborlarda mahsulot qoldiqlari hamma vaqt ham buxgalteriya ma'lumotlari bilan to’q’ri kelavermasligi mumkin. Bunga oziq-ovqat mahsulotlarining tabiiy kamayish xususiyati (issik kunlarda maxsuloglar ko’rib, og’irligi kamayadi, sepiluvchi tovarlar tashib keltirish,saqlash va sotish mobaynida tuqiladi va shu kabilar), moddiy javobgar shaxslarning boyliklarni qabul qilish yoki sotishda xatoliklarga yo’l kuyishi, o’lchov asboblarining to’q’ri emasligi.ugirlik sodir bo’lganligi,moddiy javobgar shaxs xiyonat qilganligi va shu kabilar boshqa sabablar bo’lishi mumkin.
    Xo’jalik mablag’larining haqiqiy miqdorini va ularning buxgalteriya hisobi ma'lumotlaridan farqini inventarizatsiya o’tkazish bilan aniqlanadi.
    Inventarizatsiya (lotincha suz bo’lib-ro’yxat qilish demakdir) bu moddiy javobgar shaxslardagi boyliklarning haqiqiy qoldig’ini aniqlab (ulchab,tortib va hokazo), ro’yxat kilib buxgalteriya ma'lumotlari bilan taqqoslashga aytiladi. Invetarizatsiya uz vaqtida va sifatli o’tkazilishi katta ahamiyatga ega.
    Invetarizatsiya mutaxassislardan iborat komissiya to’zilib o’tkaziladi. Komissiya tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:
    Korxona rahbari yoki rahbarning o’rinbosari; Bosh buxgalter
    Yurist;
    Moddiy bo’lim buxgalteri;
    Iqtisodiy bo’limlar xodimlari va boshqalar.
    Komissiya a'zolari tarkibi korxona rahbarining buyruti bilan tasdiqdanadi.
    Komissiya moddiy javobgar shaxsda turgan barcha boyliklar turlarini (xom-ashyo, pul mablag’lari,inventarlar va hokazo), ularning saqlanish sharoitini.mahsulotlarning sifatini, o’lchov asboblarining to’q’riligini tekshiradi.
    Invetarizatsiya moddiy boyliklarning qanday qismini kamrab olishiga qarab to’liq va qisman o’tkazilishi mumkin. Xo’jalik mablag’larining hammasi inventarizatsiyadan o’tkazilsa tuliq inventarizatsiya deyiladi. Ayrim tovarlarning inventarizatsiya qilinishi qisman inventarizatsiya deyiladi.
    Buxgalteriya hisobi ma'lumotlari to’q’ri bo’lishini ta'minlash va oddiy boyliklar qanday axvoldaligini tekshirish uchun inventarizatsiya yoki ashyoviy ro’yxat o’tkaziladi.
    Inventarizatsiya yoki ashyoviy ro’yxat deb korxonada mavjud bo’lgan tovar moddiy boyliklarni natura va qiymat jixatdan asrab avaylashdir.
    O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti to’q’risidagi Nizomga kura,barcha tashkiliy-huquqiy shakl va faoliyat turlariga mansub korxonalar yillik hisobot to’zish moddiy resurslarni inventarizatsiyadan o’tkazishlari shart.
    Inventarizatsiya o’tkazish vaqti korxonaning o’zi tomonidan beliglanadi.lekin u quyidagi xollarda majburiy o’tkaziladi:
    -ijaraga berish va mulkni davlat tasarufidan chiqarish paytida;
    -yillik buxgalteriya hisobotini to’zish oldidan, bunda hisobot yilining 1-oktyabridan keyin inventarizatsiya o’tkazilgan mol-mulk ro’yxat qilinmaydi.
    Binolar inshootlar va asosiy vositalarning boshqa kuchmas ob'ektlarini ikki uch yilda bir marta inventarizatsiyadan o’tkazish mumkin. Pul mablag’lari, pul hujjatlari, boyliklar va qat’iy hisobdagi blankalar oyda bir marta, yoq’ilg’i-moylash materiallari,oziq-ovqat mahsulotlari-har chorakda inventarizatsiya qilinadi;
    -moddiy javobgar shaxs o’zgarganda (ishlarni qabul qilish topshirish kunida);
    -o’g’irlash va suiste'mol qilish, shuningdek boyliklarni ishdan chqarish faktlari aniqlanganda-ana shu faktlar aniqlanagandan so’ng shoshilinch tarzda;
    -yongin yoki tabiiy ofatlar yuz berganda-yongin yoki tabiiy ofatlar tugagandan so’ng shoshilinch tarzda;
    -asosiy vositalar va tovar moddiy boyliklar qayta baholanganda; -korxona tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan paytda.
    Shu tariqa,har bir tekshirish korxona moddiy va moliyaviy bazasining haqiqiy holati va kamomad sabablarini yaqqol ko’rsatadi.



    Download 51.07 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling