3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf
Kasal kunlar uchun nafaqa hisoblash tartibi
Download 0.61 Mb.
|
buxgalteriya hisobi
Kasal kunlar uchun nafaqa hisoblash tartibi. Kasal kunlar uchun nafaqa hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
1.Xodimga o‘tgan oyda hisoblangan ish haqi, shuningdek o‘rtacha oylik mukofotlar summasi asos qilib olinadi va u kasal bo‘lgan oydagi kalendar ish kunlari soniga bo‘linadi. Topilgan summa o‘rtacha bir kunlik to‘lov summasini beradi. Aytaylik, yuqoridagi misolda keltirilgan buxgalterning dekabrdagi ish haqi 20000 so‘m, o‘rtacha oylik mukofat summasi 5000 so‘m bo‘lgan. Unda o‘rtacha bir kunlik to‘lov summasi yanvar oyi uchun 1000 ( 25000 : 25 ) so‘m bo‘ladi. 2.Kasal kunlarga nafaqa hisoblash uchun bir kunlik o‘rtacha to‘lov summasi nafaqani to‘lash koeffitsiyentiga ko‘paytiriladi. Ushbu koeffitsiyent O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan 2000 yil 19 yanvarda 873 –tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va ma’lumotnomalarini berish to‘g‘risida Yo‘riqnoma”, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 fevraldagi “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘lash me’yorlarini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 71-son qaroriga muvofiq 2002 yil 1 martda boshlab xodimning xizmatlari, mehnat staji, kasallik toifasi, bolalarining soniga qarab quyidagicha belgilangan:
Ikkinchi jahon urushining qatnashchilari hisoblangan xodimlarga; Baynalmilalchi jangchilarga va ularga tengashtirilgan shaxslarga; Qaromog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar uchun –18 yosh) to‘lmagan uch nafar va undan ko‘p farzandi bo‘lgan xodimlarga; Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan xodimlarga, Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan xodimlarga; Ko‘chirilgan qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘lik kasalliklarga chalingan xodimlarga; Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar qatoridan nogiron xodimlarga; Ishda shikastlangan va kasb kasalliklariga chalingan xodimlarga. 2.Oylik ish haqining 60 % dan 100% gacha bo‘lgan miqdorda: Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar bo‘yicha hisobda turuvchi xodimlarga, ular tomonidan davlat ijtimoiy sug‘urtasiga badallar to‘lab kelinishi muddatiga (ish stajiga) qarab. 3.Oylik ish haqining 60%dan 80 % gacha bo‘lgan miqdorda - qolgan hollarda, xodimlarning umumiy ish stajiga qarab. Davlatimiz qonunlariga muvofiq vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik uchun nafaqalar o‘z sog‘ligiga ataylab ziyon etkazilganda, mastlik yoki narkomaniya oqibatida, jinoyat sodir etgan va ular bilan bog‘liq boshqa hollarda vujudga kelganda hisoblanmaydi va to‘lanmaydi. Bizning misolda keltirilgan buxgalter barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha uchinchi guruh bo‘yicha nafaqa oluvchi hisoblanadi. Shuning uchun uning bir kunlik nafaqa summasi to‘lov koeffitsiyentiga ko‘ra 600 so‘mni (1000 x 0,6 ) tashkil qiladi. 3.Bir kunlik nafaqa summasi kasal bo‘lgan kalendar ish kunlari soniga ko‘paytiriladi. Topilgan summa kasal kunlar uchun hisoblanadigan nafaqaning summasini bildiradi. Bizning misolimizda buxgalterga hisoblanadigan nafaqa summasi 6000 so‘mni ( 600 x10) tashkil qiladi. Ishbay ishlovchi xodimlarga kasal kunlar uchun nafaqa hisoblashda oxirgi ikki oylik ish haqi va o‘rtacha oylik mukofat summasi asos qilib olinadi. Qolgan hisobkitoblar yuqorida keltirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling