3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Download 0.61 Mb.
bet264/302
Sana02.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#200360
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   302
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

auditor yordamchisi –bu kvalifikatsiya sertifikatiga ega bo‘lmagan, audit tekshiruviga auditor topshirig‘i bilan qatnashgan, lekinda auditorlik hisobotiga, auditorlik xulosasiga, auditorning ekspert xulosasiga imzo chekish huquqiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxs. Auditorlarning yordamchilari auditorlik tashkilotiga mehnat shatnomalari asosida ishga olinadi. Ularning yordamchi sifatida ishlagan vaqtlari auditorlik kvalifikatsion sertifikatini olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi. Auditorlarga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni sir saqlash talabi auditorlarning yordamchilariga ham to‘liq taalluqlidir.

Auditorlik tashkilotlari Qonunga muvofiq (6-modda) quyidagi huquqlarga ega:

  • auditorlik tekshiruvini o‘tqazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot bilan oldindan tanishib chiqish;

  • auditorlik tekshiruvi o‘tqazilayotganda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt amalga oshirayotgan moliyaviy xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq hujjatlarni to‘liq xajmda olish, shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning va majburiyatlarning amaldagi holatini tekshirish;

  • auditorlik tekshiruvini o‘tqazish davomida yuzaga kelgan masalalar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moddiy javobgar shaxslaridan og‘zaki va yozma tushuntirishlar olish hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni olish;

  • uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotlarni xo‘jalik yurituvchi sub’ektdan olish;

  • ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha axborotlarni xo‘jalik yurituvchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda auditorlik tekshiruvini o‘tqazishdan bosh tortish;

  • auditorlik tekshiruvini o‘tqazishda ishtirok etishga auditorlarni va boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish va boshqalar.

Auditorlik faoliyati to‘g‘risida Qonunga (7-modda) muvofiq auditorlik tashkilotlari faqat auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari lozim, ushbu faoliyatni yuritishda ular o‘z zimmalariga quyidagi majburiyatlarni olishlari kerak:

  • qonun hamda qonun hujjatlari talablariga rioya etishlari;

  • auditorlik tekshiruvi o‘tqazilayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tegishli litsenziyani, hamda auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etishlari;

  • olingan va to‘plangan axborotlarning maxfiyligiga rioya etishlari;

  • auditorlik hisobotida moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining qonuniyligi buzilish hollarini hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishlari;

  • mansabdor shaxslar va xodimlar tomonidan yetqazilgan zararlar aniqlangan taqdirda bu haqda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt raxbariyatini (mulkdorni) xabardor qilish, ushbu dalillarni auditorlik hisobotida qad etish, zarur hollarda auditorlik tekshiruvi natijalarini ma’lum qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qatnashchilarning (aksiyadorlarning) umumiy yig‘ilishini chaqirilishini talab qilishlari va boshqalar.

Auditorlik tekshiruvidan har yili o‘tqazilgan, oxirgi ikki yil uchun ularning har biriga ijobiy auditorlik xulosalariga ega bo‘lgan va byudjet oldida boqimandalik qarziga ega bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan «Auditorlik xulosalarini soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olish tartibi to‘g‘risida Nizom»ga muvofiq oxirgi tekshirish o‘tqazilgandan keyin kamida 24 oydan oldin soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan tekshirilmaydi. Bu o‘z navbatida auditorlik tashkilotlariga katta ma’suliyatni va javobgarlikni yuklaydi. Yuqorida nomi zikr etilgan Nizomga asosan soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan belgilangan tartibda o‘tqazilgan tekshirishlarda auditorlik xulosasining xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy xo‘jalik faoliyati natijalariga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, ushbu auditorlik xulosasi noto‘g‘ri deb hisoblanadi, shuningdek auditorlik tashkiloti, uning auditori (auditorlari) qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi. Ushbu javobgarlik auditorlik tekshiruvi o‘tqazilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektga soliq va majburiy to‘lovlarni noto‘g‘ri hisob-kitob qilinganligidan yetqazilgan zararlarni qoplap berish, litsenziya faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatish, uni bekor qilish, auditorlarni malaka sertifikatini bekor qilish, ataylab qilingan holatlar uchun qonun doirasida jinoiy javobgarlikga tortishgacha jazo choralarini qo‘llashdan iborat.

Auditorlik tashkilotlari Qonunga muvofiq (17-modda) auditorlik tekshiruvidan tashqari mijozlarga kasbiy xizmatlarni (hisobni yuritib berish, uni tiklash, soliq hisobkitoblarini tuzib berish, moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, maslahatlar berish va boshqalar) ko‘rsatishlari ham mumkin. Ushbu kasbiy xizmatlarni qonun doirasida to‘g‘ri o‘tqazilganligiga auditorlik tashkilotlari xuddi auditorlik tekshiruvi singari javobgardirlar.

Qonunga muvofiq (16-modda) auditorlik tashkilotlari kasbiy xizmatlar ko‘rsatgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga bir vaqtning o‘zida auditorlik tekshiruvini ham o‘tqazib berishlari mumkin emas. Bundan tashqari, Qonunning 16-moddasiga muvofiq auditorlik tekshiruvini o‘tqazishda boshqa ma’lum cheklovlar ham mavjud, jumladan auditorlik tekshiruvini o‘tqazayotgan auditor (auditorlar) xo‘jalik yurituvchi sub’ektning raxbarlari va boshqa mansabdor shaxslari bilan yaqin qarindosh bo‘lmasligi, ushbu xo‘jalik yurituvchi sub’ektda mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy manfaatlarga ega bo‘lmasligi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining, shuningdek, xo‘jalik boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari bo‘lmasligi, aynan tekshirish o‘tqazilayotgan korxonaning xodimi, mulk ishtirokchisi, aksiyadori bo‘lmasligi lozim.

Auditning huquqiy-me’yoriy hujjatlari ichida auditorlik faoliyati bo‘yicha ishlab chiqilgan milliy standartlar (AFMS) ham katta ahamiyat kasb etadi. AFMS lar «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida Qonun» asosida ishlab chiqilib, auditning u yoki bu jihatlarini, uni o‘tqazish tartiblari, usul va uslublari, auditorlarning harakatlari va boshqa tomonlarini amaliyotga tadbiq etishda asos bo‘ladigan me’yoriy hujjatlardir. AFMS lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Adliya Vazirligidan ro‘yxatga o‘tgan sanadan 10 kundan keyingi sanadan boshlab kuchga kiritiladi. Respublikamizda oxirgi 4 yilda quyidagi AFMSlar qabul qilingan va amaliyotda qo‘llanilmoqda:








Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling