7.2.Tovar operatsiyalari bo‘yicha olinadigan schyotlarning hisobi
Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar hisobi. Haridor va buyurtmachilar bilan olinadigan schyotlar bo‘yicha hisob-kitoblarning hisobi 21-son BXMS ga muvofiq quyidagi schyotlarda olib boriladi:
• 4010 “Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” – bu aktiv schyot korxonaning haridorlari va buyurtmachilari bilan jo‘natilgan tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblarni naqd va naqdsiz pul ko‘chirish yo‘llari bilan olib borishda qo‘llaniladi. Unda olinadigan schyotlarning holati va harakati aks ettiriladi. Olinadigan schyotlarni vujudga kelishiga jo‘natilgan tovarmoddiy boyliklarni, bajarilgan ishlar va xizmatlarni haqiqatda amalga oshirilganligini ifodalovchi boshlang‘ich hujjatlar ( schyot-fakturalar, dalolatnomalar ) asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |