Auditorlik faoliyati –bu bu maxsus auditorlik tashkilotining boshqa yuridik shaxslarga tadbirkorlik asosida ko‘rsatayotgan xizmatlarining majmuasi, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektning maxsus bo‘limlari yoki xodimlarining tasdiqlangan Nizomlarga ko‘ra yuritayotgan ish faoliyatidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini yaxshilash va rivojlantirishda auditorlik tashkilotlari tomonidan o‘tqaziladigan tashqi auditning o‘rni beqiyosdir. Quyida ushbu auditning turlariga, ularning mohiyati, maqsadi va vazifalariga to‘xtalib o‘tamiz.
O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida Qonuni»ga muvofiq (9,10,11-moddalar) xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda o‘tqaziladigan tashqi audit, asosan, ikkita turga bo‘linadi:
majburiy audit;
tashabbusli audit.
Do'stlaringiz bilan baham: |