Pul mablag‘lari – kassadagi, yo‘ldagi va banklardagi milliy va chet el valyutalari.
Pul ekvivalentlari – pulli cheklar, yo‘llanmalar, chiptalar, talonlar, markalar va boshqalar.
Olinadigan schyotlar - boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning korxona oldidagi debitorlik qarzlari.
Ustav kapitali (UK) – bu korxonaga uning ta’sischilari tomonidan kiritilgan mablag‘lar majmuasi.
Qo‘shilgan kapital (QK) – bu aksiyalarni sotish va nominal qiymatlari o‘rtasidagi ijobiy farq, shuningdek chet el investorlarini ustav kapitaliga kiritgan mablag‘lari bo‘yicha vujudga kelgan valyutalar o‘rtasidagi ijobiy farqlar summasi.
Rezerv kapitali (RK) – bu korxonaning sof foydasidan tashkil etilgan rezerv kapitali, mulkni qayta baholashdan olingan qo‘shimcha qiymat va bepul kelib tushgan mulklar qiymatining majmuasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |