1510 «Materiallarni tayyorlash va sotib olish». Ushbu schet korxonaning hisob siyosatida tayyorlov jarayonini alohida aks ettirish ko‘zda tutilgan holda qo‘llaniladi. Uning debetida materiallarni tayyorlash va sotib olish jarayonining qiymati, kreditida esa ushbu qiymatni kirim qilingan materiallar qiymatiga kiritilishi ettiriladi. Agar korxonaning hisob siyosatida materiallarning kirimini bevosita to‘g‘ridan to‘g‘ri 10101090 –schetlarda aks ettirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda 1510-schet qo‘llanilmaydi.
1610 « Materiallar qiymatidagi chetlanishlar». Ushbu schet korxonaning hisob siyosatida materiallarning tayyorlov va sotib olish qiymatini hisob baholarida aks ettirish ko‘zda tutilgan holda qo‘llaniladi. Hisob bahosi bo‘lib, odatda, normativ yoki rejali tannarx hisoblanadi. Tayyorlangan (sotib olingan) materiallarning haqiqiy tannarxini hisob bahosidan ko‘p bo‘lishi ushbu schetning debetida, kam bo‘lishi esa uning kreditida 1510-schet bilan korrespondensiya-langan holda aks ettiriladi. 1610-schetning debet qoldig‘i summasi hisob baholaridan ortiq qiymatda kelib tushgan materiallarga to‘g‘ri keladigan chetlanishlar summasini ko‘rsatadi. Baholar o‘rtasidagi farqlar sotib olingan materiallarni haqiqatda sarflangan vaqtida ularning hisob bahosidagi qiymatiga proporsional ravishda harajatlar schetlariga kiritilib boriladi.
Materiallarning harakatiga doir operatsiyalar schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |