3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf
Debet 2920 “Chakana savdodagi tovarlar” Kredit
Download 0.61 Mb.
|
buxgalteriya hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Debet
- Ulgurji sotish
- Chakana sotish
Debet 2920 “Chakana savdodagi tovarlar”
Kredit 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar” Debet 2600 “Ishlab chiqarishdagi braklar” Kredit 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar” Kamomadlar aniqlanganda Debet 5910 “ Boyliklarni buzilishidan ko‘rilgan kamomad va yo‘qotishlar” Kredit 2810“Ombordagi tayyor mahsulotlar” Ko‘rgazma zallariga berilganda Debet 2820 «Ko‘rgazmadagi tayyor mahsulotlar» Kredit2810“Ombordagi tayyor mahsulotlar” Komissiyaga berilganda Debet 2830 «Komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar» Kredit2810 «Ombordagi tayyor mahsulotlar» Tayyor mahsulotlarning analitik hisobi moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha, mahsulotlarning turlari bo‘yicha olib boriladi. Tovar deganda korxonaning sotish uchun sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan moddiy aktivlari tushuniladi. Bu turdagi aktivlarning harakterli xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: Ular iste’mol qiymatiga ega bo‘ladi, ya’ni odamlarning iste’mol talablarini qondiradi; Ular qiymatga ega bo‘ladi, ya’ni pulda ifodalangan bahoga ega bo‘ladi; Aylanma aktivlar bo‘lib hisoblanadi, ya’ni ma’lum bir sikl davomida ularning zahiralari yangilanib turadi; Pulga va boshqa aktivlarga almashtiriladi; • Investitsiya vositasi sifatida qo‘llaniladi; Ijaraga berish ob’ekti hisoblanmaydi. Buxgalteriya hisobida tovarlar turgan joyiga, egalik qilish huquqiga, turlariga, bahosiga va boshqa belgilariga qarab aks ettiriladi. Turgan joyiga qarab tovarlarni omborlardagi, chakana savdo shahobchalaridagi, vistavkadagi, komissiyadagi, konsignatorlardagi, yo‘ldagi va boshqa tovarlarga bo‘lish mumkin. Egalik qilish huquqiga ko‘ra tovarlarni xususiy tovarlar, konsignatsion tovarlar, komission tovarlarga ajratish mumkin. Tovarlarni sotishning asosan ikki usuli keng qo‘llaniladi: ulgurji va chakana. Ulgurji sotish –bu tovarlarni kelgusida boshqalarga sotish yoki iste’mol qilish uchun sotilishi. Ushbu savdo turini olib boruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ulgurji savdo korxonalari deb ataladi. Ulgurji savdoning harakterli xususiyatlariga quyidagilar kiradi: Tovarlarni katta partiyalarda naqdsiz sotilishi; Har bir sotish muomalasini albatta schyot-faktura bilan qat’iy rasmiylashtirilishi; • Tovarlarni faqat omborxonalardan jo‘natilishi; Respublikamizda tovarlarni ulgurji sotilishi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 26 noyabrdagi 407-son qarori bilan tasdiqlangan «Ulgurji va chakana savdo faoliyatini qayd etish va olib borish tartibi to‘g‘risida Nizom» ga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ushbu Nizomga muvofiq ulgurji savdo bilan shug‘ullanish uchun ulgurji savdo korxonalari, shuningdek ulgurji savdo bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan boshqa korxonalar eng kam ish haqining 6000 miqdoridagi ustav kapitaliga ega bo‘lishi, shundan eng kam ish haqining 2000 miqdoridagi mablag‘larni qayd etishgacha bank muassasasida ochilgan dastlabki hisob-kitob raqamiga pul mablag‘lari bilan kiritgan bo‘lishlari, tovarlarni katta partiyada saqlash, saralash, o‘rash, yuklash, tushirish imkonini beradigan xususiy omborxonalar, jihozlar va boshqa moddiy-texnik vositalarga ega bo‘lishi, shuningdek mahalliy hokimlikning ruxsatnomasiga ega bo‘lishlari lozim. Chakana sotish – bu tovarlarni oxirgi iste’molchiga sotish. Ushbu savdo turini olib boruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar chakana savdo korxonalari deb ataladi. Chakana savdo korxonalariga ovqatlanish korxonalari ham tenglashtiriladi. Chakana savdoning harakterli xususiyatlariga quyidagilar kiradi: Tovarlarni naqd pulga sotilishi; Tovarlarni savdo shahobchalarida savdo ustamalari bilan birga hisobga olinishi; Tovarlarni naqdsiz mayda ulgurji sotilishini chegaralanganligi; Har bir tovarning sotilishini hujjatli rasmiylashtirilmasligi, lekinda kassa apparati pattasi bilan sotish summasini qayd etilishi; Chakana savdo faoliyatini olib borish respublikamizda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo Qoidalari» tartibga solingan. 21- son BHMSda tovarlar hisobini olib borish uchun quyidagi schyotlar tizimi ko‘zda tutilgan: Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling