3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Inkasso topshiriqnomasi –


Download 0.61 Mb.
bet93/302
Sana02.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#200360
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   302
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

Inkasso topshiriqnomasi – bu bank muassasasiga soliq idorasi, yo‘l fondi va boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘uvchi organlar tomonidan korxonaning ruxsatisiz uning hisob-kitob schyotidan o‘tqazib berish uchun kelib tushgan yozma topshiriqnoma.

Memorial –orderlar – bu bank muassasaning ko‘rsatgan xizmatlari uchun korxonaning hisob-kitob schyotidan o‘ndirib olgan summalarini tasdiqlovchi hujjat.

Bank muassasasi barcha kirim va chiqim hujjatlari asosida shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda korxonaga hisob-kitob schyotidan ma’lum bir davr uchun ko‘chirma beradilar. Ko‘chirmada davr boshi va ixiriga hisob –kitob schyotidagi pul mablag‘larining qoldig‘i, shu davrdagi barcha kirim va chiqimlarning summalari hujjatlar asosida ko‘rsatiladi. Bank ko‘chirmasiga chekdan tashqari barcha kirim va chiqimga guvohlik beruvchi hujjatlar ilova qilinadi. Bank ko‘chirmalari korxona buxgalteriyasida hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larining sintetik va analitik hisob registrlarini yuritishga asos bo‘ladi.

Hisob kitob schyotidagi pul mablag‘larining sintetik hisobi 5110 « Hisob-kitob schyoti»da britiladi. Ushbu aktiv schyotning debet tarafida pul mablag‘larining qoldig‘i va ko‘payishi, kredit tarafida esa kamayishi aks ettiriladi. Ayrim hollarda bank tuzilgan shartnomaga muvofiq mijozning iltimosiga ko‘ra hisob –kitob schyotidan unda mavjud bo‘lgan summadan ko‘p bo‘lgan summani chiqim qilishi mumkin. Bunday hollarda hisob- kitob schyotining qoldig‘i vaqtincha kreditda bo‘lib qoladi va u korxonaning bank oldidagi kreditorlik qarzini ifodalaydi. Ushbu kreditorlik qarzi overdraft deb ataladi.

Hisob -kitob schyoti bo‘yicha asosiy xo‘jalik operatsiyalariga quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi.






Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling