3-Modul. Boshlangʻich ta’limda tarbiya nazariyasi


Tarbiyaning texnologiyaviyligi


Download 1.03 Mb.
bet6/6
Sana16.12.2020
Hajmi1.03 Mb.
#168200
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-maruza


Tarbiyaning texnologiyaviyligi ta’lim muassasalarida tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish va unga erishishga sharoit yaratadi, nazariy asoslangan uzluksiz davom etadigan tarbiyalash jarayonining shakllari; metodlari, usullari va vositalarini oʻqituvchi toʻgʻri tanlab natijalarga erishishini ta’minlaydi. U ilmiy modellashtirish (loyihalashtirish) asosida amalga oshiriladi, modellashtirishda tarbiyaviy maqsadlar bir xil ma’noda beriladi hamda oʻqituvchi tomonidan insonning shaxsiy xususiyatlari va sifatlarini rivojlantirishning muayyan bosqichlarini obyektiv ravishda oʻlchash va baholash imkoniyatlarini yaratadi.

Tarbiyaning texnologiyaviyligi har qanday pedagogik tizimda - ilmiy muammolar bilan oʻzaro munosabatda boʻlgan tushunchadir. Biroq, agar ilmiy muammo tarbiyalanuvchiga bilim berish, ilmiy tafakkurini oshirish hamda koʻnikma va malakalarini shakllantirish kabi maqsadlarni ifodalaydigan boʻlsa, u holda tarbiya texnologiyasi oʻqituvchiga oʻquvchilarni tarbiyalash yoʻlyoʻriqlari va ularga erishish vositalarni toʻgʻri yoʻnaltirishga yordam beradi.

Tarbiyaning texnologiyaviyligi tarbiyalashga yoʻnaltirilgan ilmiy muammo sifatida oʻquvchilarda axloqiy sifatlarni shakllantirish va rivojlantirish uchun lozim boʻlgan va komil insonga xos barcha insoniy fazilatlarni muayyan shart-sharoitlarda uzluksiz tarbiyalash asosida takomillashtirishni nazarda tutadi, bu esa ta’lim mazmunining oʻziga xos xususiyatlarini ham belgilaydi.

Shu munosabat bilan tarbiyaviy jarayonni harakatga keltiruvchi kuch, turtki asosan nimada ekanligi toʻgʻrisida savol paydo boʻladi. Pedagogikada inson tarbiyasiga qoʻyiladigan, uning hayotida yuzaga keladigan talablar va uning huquqiy imkoniyatlari, ijtirmoiylashuvi, shaxsiy rivojlanish darajasi oʻrtasidagi ziddiyatlar bunda asosiy manba boʻlib hisoblanadi. Ushbu talablar uning yosh xususiyatlariga muvofiq kelgandagina, insonni tarbiyalash va uni shaxs sifatida rivojlantirish jarayonining boshlanishiga turtki boʻladi. L.S.Vigotskiy bolaning biror harakat-u kattalarning yordamisiz bajara olishi mumkin boʻlgan holatini dolzarb rivojlanish hududi deb atagan. Bola oʻqish jarayonida biror yangi narsani oʻqituvchining yordami bilan salohiyatli tarzda oʻzlashtirishga qodir boʻlgan daraja yaqin rivojlanish hududi bilan belgilangan. Hududlar orasidagi masofa ziddiyatli tarbiyaviy holatni vujudga keltiradi - tarbiyaviy jarayonning bunday holati shaxsni shakllantirishda vujudga keladigan va erishiladigan yutuqlar oʻrtasidagi tafovut mavjud boʻlganda yuzaga keladi. Bunday qarama-qarshiliklarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun oʻqituvchi-tarbiyachi belgilangan tarbiyaviy maqsadlarni oʻz maromida uzluksiz, mukammal amalga oshirishi lozim. Shundagina tarbiyaviy nuqsonlarni bosqichma-bosqich bartaraf etishga shart-sharoit yaratiladi.



Oʻqituvchining tarbiyaviy maqsadlarni toʻgʻri tanlashi, volyuntaristik (koʻngilchanlik) xarakterga ega boʻlmasligi lozim. U pedagogikaning uslubiyoti, jamiyatda roʻy berayotgan oʻzgarishlar, ushbu jarayon yoʻzasidan qabul qilingan maxsus qonun va qoidalar asosida belgilanadigan maqsadlar va milliy qadriyatlar toʻgʻrisidagi falsafiy tasavvurlar, shuningdek, jamiyat va davlat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa oʻziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.

Tarbiya texnologiyasida oʻqituvchi tomonidan belgilanadigan maqsadlar turli darajada boʻlishi va bosqichma-bosqich bir-biriga boʻysunishi, ketma-ket bajarilishi mumkin. Biroq tarbiyaviy maqsadning asosiy mohiyati - davlat maqsadlari, ijtimoiy buyurtmalardan kelib chiqishi lozim. Aytish mumkinki, asosiy daraja - mamlakatda inson va uning fuqarolari qadr-qimmati toʻgʻrisidagi ijtimoiy tasavvurlarni aks ettiradigan maqsadlardir. Ular mutaxassislar tomonidan ishlab chiqiladi, hukumat tomonidan qabul qilinadi, qonunlar va boshqa hujjatlarda qayd etiladi. Keyingi daraja - ta’lim dasturlari va standartlarida aks etadigan maqsadlar, ya’ni davlat ta’lim standartlari, maxsus ta’lim tizimlarining va ta’lim bosqichlarining maqsadlari. Eng quyi daraja - muayyan yoshdagi kishilarni tarbiyalashda maqsadning birligi.

Shaxsni shakllantirish, boshqarish tarbiyaviy faoliyat natijasida yuksak ma’naviy va axloqiy xislatlarga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tasodifiy harakatlar orqali emas, balki, oldindan belgilangan va puxta oʻylab toʻzilgan tarbiyaviy maqsadlar asosida olib boriladi. Tarbiyaviy texnologiyada uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning oʻz-oʻzini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, oʻqituvchining tarbiyalash maqsadlarini toʻgʻri belgilashi va yoʻlga qoʻya olishiga nisbatan gʻoyaviy yondashuv ijtimoiy buyurtma asosida belgilanib, amalga oshirilishida mavjud shart-sharoitlarni yaratish talab etiladi.

Barcha ta’lim muassasalarida pedagoglar 3 asosiy jihatlarga ahamiyat berishlari lozim: nazariy, ruhiy, amaliy.



Nazariy jihati – bu tarbiyachining pedagogik va psixologik bilimlarini tizimiy ravishda oʻz mehnat faoliyatiga moslash;

Psixologik jihati – bu tarbiyalanuvchilar bilan kun davomida oʻzaro munosabat oʻrnatish, muloqotda boʻlish jarayoni uchun sharoit yaratish;

Amaliy jihati – bu tarbiyalanuvchi bilan oʻzaro munosabat oʻrnatish davomida bilim va tajribasiga tayanib, barcha malaka va koʻnikmalarni qoʻllash.

Bu uchala jihatlarning oʻzaro mantiqan bogʻliqligi ta’lim jarayonini nazariy bilimlardan foydalangan holda amaliyotda qoʻllash uchun zamin yaratadi.

Har bir shaxsni hamkor sifatida qabul qilish va inkor etmaslik, sabrlik bilan dunyoning xilma-xilligini tushuntirib borish, u bilan boʻladigan munosabatlarning doimiy mexanizm tizimini mazmunli toʻzish barcha ta’lim muassasalari mutaxassisining burch va vazifasidir.

Shaxsga qaratilgan ta’lim modelini amalga oshirishda tarbiyachi doimo ahamiyat berishi lozim boʻlgan faktorlar:



motivasion, ya’ni manfaatdorlik faktori – oʻz kasb faoliyatiga mas’uliyatli boʻlish, ijodiy yondoshish, oʻz sohasini mukammal bilish;
shaxsga moslashish faktori – tarbiyachi faolligi, tarbiyalanuvchi va uning ota-onasi hamda kasbdoshlari bilan boʻlgan munosabatlarda ichki va tashqi kelishmovchiliklarni koʻrsatmaslik;
shaxsga yoʻnaltirilganlik – tarbiyachining tarbiyalanuvchiga nisbatan ideal subyekt sifatida emas, balki oʻz ehtiyoj va imkoniyatlariga ega shaxs sifatida munosabatda boʻlishi;
maxsus mutaxassislik – tarbiyalanuvchining individual koʻrsatkichlarini bilish, oʻz bilim va malakasini pedagogik-psixologik jarayonda namoyon etish;
texnologik-uslubiy – pedagogik-psixologik jarayonda maqsadni belgilay olish, natijalarni bashorat qila olish, innovasion usullarni qismlarga boʻlib maqsadli qoʻllash;
kommunikabellik (kirishimlilik) – ijobiy hissiyotlarga tayangan holda, perseptiv insonni insonga nisbatan ijobiy qabul qilish, barcha bilan chiqishib ketish, muloqot oʻrnatishning zamonaviy texnologiyalaridan keng foydalanish;
kasbiy mahorat – oʻz kasbi boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarini mahoratlik bilan amaliyotda qoʻllash, doimiy izlanish, mustaqil va ijodiy fikrlash, yangi malaka va koʻnikmalarga tayangan holda shaxsdagi fiziologik oʻzgarishni kuzatish va tahlil qila bilish.

Boʻlajak oʻqituvshi tarbiyachi sifatidagi faoliyatida quyidagi jarayonlarni bilishi lozim:

1. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama rivojlantirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni boʻlib, har qanday toʻzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish asosi boʻlib kelgan.

2. Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yoʻlga qoʻyish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi.

3. Tarbiya jarayoninig xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish oldinga qoʻyilgan maqsadga erishish, shuningdek, belgilangan vazifalarni ijobiy hal etish imkoniyatini beradi.

4. Boʻlajak mutaxassis pedagogik texnologiyaga old bilimlar bilan bir qatorda tarbiya texnologiyasiga oid bilimlarga ham ega boʻlishi shart: oʻqituvchi xatti-harakatlarming algoritmi, tarbiyalash shakllarini bilishi, har qanday tarbiyalash metodini amalga oshirish boʻyicha barcha operatsiyalarni mukammal bajara olishi lozim.


NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Tarbiyaning qanday qonuniyatlari mavjud?

2. Tarbiya qonuniyatlarini izohlang.

3. Tarbiya qonuniyatlari oʻrtasida aloqadorlik bormi? Bu nega muhim?

4. Keng va tor ma’nodagi tarbiya tushunchalariga izoh bering.

5. Tarbiya mazmuni deganda nima tushiniladi?

6. Tarbiyaning maqsadi va umumiy vazifalarini bayon eting.

7. Tarbiya jarayoni qanday oʻziga xos xususiyatlarga ega?

8. Oʻz oʻzini tarbiyalash tushunchasini izohlang.

9. Tarbiya metodlarini tavsiflang.

10. Tarbiya tamoyillarini sanab bering.

11. Bolalar jamoasi tushunchasini izohlab bering.

12. Jamoaviylik ruhida tarbiyalash deganda nimani tushunasiz?

13. Shaxs va jamoa aloqaviy munosabatlarini izohlang.

14. Shaxsni jamoada tarbiyalash ishiga hissa qoʻshgan pedagoglarni bilasizmi?

15. Pedagogik jarayon nima?

16. Ta’lim va tarbiyaning uygʻunligi ish faoliyatingizda qiyinchilik tugʻdiradimi? Qaysi holatlarda?

17. Pedagogik texnologiyalar haqida fikrlaringizni yozing.

18. Pedagogik jarayonni tashkil etishda pedagog oldiga qanday vazifalar qoʻyiladi?


TEST

1. Aqliy tarbiyaning asosiy vazifalari nechta?

a) 5 b) 2 c) 4 d) 6 e) 2


2. Tarbiyaga oid hikmatlar ham joy olgan “Bahoriston” asarining muallifi kim?

a) Alisher Navoiy b) Husayn Voiz Koshifiy

c) Abdurahmon Jomiy d) Sa’diy Sheroziy

e) Abdulla Avloniy


3. Tarbiyada nechta asosiy qonuniyat mavjud?

a) 3 b) 2 c) 4 d) 5 e) 2


4. Tarbiyaga oid hikmatlar ham joy olgan “Donishnoma” asarining muallifi kim?

a) Alisher Navoiy b) Husayn Voiz Koshifiy

c) Abdurahmon Jomiy d) Sa’diy Sheroziy

e) Ibn Sino


Topshiriq. Rasmdagi barcha soʻzlarni daftarga koʻchirib,

inglizchadan tarjima qiling va yod oling.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Karimov I.A. Barkamol avlod – Oʻzbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997.

2. Mavlonova R. Umumiy pedagogika. – Toshkent: “Fan va texnologiyalar”, 1997.

3. Pedagogika. Jismoniy tarbiya institutlari uchun darslik – Toshkent: “Oʻqituvchi”, 1990.

4. Podlasoy I.P. Pedagogika. Noviy kurs. – Moskva: “Vlados”, 1999.

5. Ivanov I.P. Vospitatel kollektivistov. – Moskva: “Pedagogika”, 1992.

6. Pedagogika // A.Q.Minavvarovning umumiy tahriri. – Toshkent: “Oʻqituvchi”, 1996.

7. Hoshimov K. va boshq. Pedagogika tarixi (pedagogika oliy oʻquv yurtlari va universitetlar talabalari uchun qoʻllanma. – Toshkent: “Oʻqituvchi”, 1996.



Bolalarni jamoada tarbiyalash boʻyicha ilgʻor tavsiyalar ishlab chiqqan rus pedagoglari –

Vasiliy Aleksandrovich Suxomlinskiy va Anton Semyonovich Makarenko









Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling