3. modul. Dinshunoslik. Din madaniyat fenomeni 13-mavzu. Jahon dinlari tarixi va falsafasi
Download 60.97 Kb.
|
13 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Cho’qintirish sirli hodisasi
- Nadomatning sirliligi
- Nikohning sirliligi
Pravoslav (Ortodoks) oqimi. Pravoslav oqimi xristianlikning uch asosiy yo’nalishidan biri o’laroq, tarixan uning sharqiy shohobchasi sifatida shakllandi. Bu oqim, asosan, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Bolqon mamlakatlarida tarqalgan. Pravoslav atamasi yunoncha ortodoksiya so’zidan olingan bo’lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. Pravoslaviyaning kitobiy asoslari Vizantiyada shakllandi, chunki bu yo’nalish u yerdagi hukmron din edi.
Muqaddas kitob bo’lmish Injil va muqaddas o’gitlar IV-VIII asrlardagi yetti butxona soborlarining qarorlari, shuningdek, Afanasiy Aleksandriyskiy, Vasiliy Velikiy, Grigoriy Bogoslov, Ioann Damaskin, Ioann Zlatoust kabi yirik cherkov xodimlarining asarlari ushbu oqim ta’limotining asosi deb tan olingan. Pravoslav oqimida sirli rasm-rusumlar muhim o’rin egallaydi. Cherkov ta’limotiga ko’ra, bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar nozil bo’ladi. Cho’qintirish sirli hodisasi (tainstvo). Bunda dindor o’z tanasini uch marta suvga botirishi, Xudo-Otani, o’g’ilni va Muqaddas ruhni chaqirishi bilan ruhiy tug’ilishni kasb etadi. Badanga miro surkash ham sirli bo’lib, bunda dindorga Muqaddas ruhning ruhiy hayotga qaytaruvchi va chiniqtiruvchi ehsonlari ulashiladi. Poklanishning sirliligi. Unda dindor non va vino ko’rinishida o’z badanida Iso qonini abadiy hayotga tayyorlaydi. Nadomatning sirliligi shundaki, dindor o’z gunohlarini din peshvosi oldida tan oladi, din peshvosi esa uning gunohlarini Iso nomidan kechiradi. Ruhoniylikning sirliligi u yoki bu shaxsni ruhoniy darajasiga ko’tarish uchun yepiskopning qo’lini o’sha shaxs badaniga tegizishi (yoki qo’yishi) orqali amalga oshiriladi. Nikohning sirliligi. Bunda kelin-kuyov turmush qurish, farzand ko’rish va uni tarbiyalashga oq fotiha oladilar. Badanni yeley bilan ishqalash sirida Xudoning ruhiy va jismoniy zaifliklarni tuzatuvchi lutfu marhamatidan umid qilinadi. Pravoslav cherkovi bayramlar va diniy marosimlarga alohida ahamiyat beradi. Pasxadan so’ng pravoslav dinining o’n ikki kunlik o’n ikki muhim bayrami boshlanadi. Ular: Bibi Maryamning tug’ilishi (Rojdestvo Bojey materi); Isoning xochini tiklash (Vozdvijenie kresta Gospodnya); Bibi Maryamning ibodatxonaga kirishi (Vvedenie vo xram Presvyatoy Bogoroditsы); Isoning tug’ilishi (Rojdestvo Xristovo); Isoni cho’qintirish (Kreщenie Gospodnya); Olqishlash (Sretenie); Xushxabarning nozil bo’lishi (Blagoveщanie); Isoning Quddusga kirishi (Vxod Gospodnya v Ierusalim) – pasxa postidan 6 haftadan keyingi yakshanba; Isoning qayta tirilishi (Voskresene Xristovo) – Pasxa, bahorgi kecha va kunduz tengligi va oy to’lishgan birinchi yakshanba; Isoning osmonga ko’tarilishi (Voznesenie Iisusa) – Pasxadan 39 kun keyin; Muqaddas Ruhning tushishi (Soshestvie svyatogo duxa–Troitsin Den); Iso qiyofasining o’zgarishi (Preobrajenie) – 6 avgustda. Navbatdagi yana bir yirik bayram Sretenie (olqishlash, kutib olish) bayramidir. Bu bayram Iso tug’ilgach, avliyo Simeon tomonidan uni kutib olinishiga bag’ishlanadi. Buyuk bayramlar ichida Pasxa birinchi o’rinda turadi. Pasxa – Isoning o’lganidan so’ng qayta tirilganini nishonlab o’tkaziladigan bayram. Pasxaning tarixi Yahudiylik dagi peysax bayrami bilan bog’liq bo’lib, u yahudiylarning Misrdan qochib chiqishi va ozodlikka erishishining nishonlanishidir. Xristianlik Yahudiylik dan to’la ajralib chiqqach Pasxa yangicha tus olgan. Download 60.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling