3. modul. Dinshunoslik. Din madaniyat fenomeni 13-mavzu. Jahon dinlari tarixi va falsafasi
Download 60.97 Kb.
|
13 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Protestantizm.
Katolik oqimi Xristianlikning yirik yo’nalishlaridan biri katolik oqimidir. U Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan bo’lib, muxlislari taxminan 800 mln. kishini tashkil etadi.
Katolitsizm “umumiy, dunyoviy” degan ma’nolarni ifodalaydi. Uning manbai – uncha katta bo’lmagan Rim Xristian jamoasi bo’lib, rivoyatlarga ko’ra uning birinchi Yepiskopi apostol Petr bo’lgan. Katolik diniy ta’limotning asosini Muqaddas kitob va Muqaddas yozuvlar tashkil qiladi. Biroq pravoslav cherkovidan farqli o’laroq katolik cherkovi Muqaddas yozuvlar deb nafaqat avvalgi yetti Butun Olam Xristian Soborlarining qarorlarini, balki hozirgacha bo’lib o’tgan barcha Soborlar qarorlarini, bundan tashqari Papaning maktublari va qarorlarini ham hisoblaydi. Katolitsizmda Bibliyani sharhlash huquqi faqatgina ruhoniylarga beriladi, chunki ular uylanmaslik – tselibat haqidagi diniy talabga amal qiladilar. Diniy ibodatlar dabdabali va soxtalashtirilgan ko’rinishga ega, diniy o’qish, duo, iltijolar lotin tilida olib boriladi. Pravoslaviyadagi kabi katolitsizmda ham farishta, ikona, ilohiy kuch, chirimaydigan marhum jasadlariga sig’inish odatlari mavjuddir. Protestantizm. Protestantizm tarixi Martin Lyuterdan (1483-1546) boshlanadi. U XVI asrda Yevropada katoliklarga qarshi qaratilgan reformatsiya harakati bilan bog’liq juda ko’p mustaqil cherkovlar va sektalarni o’z ichiga oladi. Protestantizm atamasi «protest» (norozilik) so’zidan kelib chiqqan. Bunday nomni olishiga sabab 1526 yilda Shpeyer reyxstagi nemis lyuterchi knyazlari talabi bilan har bir nemis knyazi o’zi va fuqarosi uchun xohlagan dinni tanlash huquqiga ega ekanligi to’g’risida qaror qabul qildi. Ammo 1529 yilda ikkinchi Shpeyer reyxstagi bu qarorni bekor qildi. Bunga qarshi imperiyaning barcha shaharlari va besh knyazlik norozilik (protest) e’lon qildi. Protestantizmning ilk shakllari: lyuterchilik, tsvinglichilik, kal’vinizm, unitarizm va sotsinchilik, anabaptizm, mennochilik va anglikanchilik edi. Keyinroq, «so’nggi protestantizm» shakllari: baptistlar, metodistlar, kvakerlar, adventistlar, Iegova shohidlari, mormonlar yoki «Oxirat avliyolari», «Najot armiyasi», «Xristian fani», pyatidesyatniklar va boshqa diniy oqimlar paydo bo’ldi. Bu oqimlarning ko’pchiligi «diniy uyg’onish», ilk xristianlik va Reformatsiya ideallariga qaytish shiori ostida tashkil topdi. Hozirgi vaqtda protestantizm dunyoning barcha qit’alarida keng tarqalgan. Protestantizmning jahon markazi AQShda, bu yerda baptist, adventist, Iegova shohidlari va boshqalarning qarorgohlari joylashgan. Hozirgi protestantizm integratsiya (birlashish)ga intilmoqda, bu 1948 yilda Jahon cherkovlari kengashining tuzilishida o’z ifodasini topdi. Protestantizmning mohiyatiga ko’ra ilohiy lutfu marhamat insonlarga cherkovning ishtirokisiz in’om etiladi. Inson najot topishi uning shaxsiy e’tiqodi va Isoning vositasi orqali ro’y beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi. Protestantlik diniy marosimlarning ko’pchiligini bekor qildi, faqatgina lyuteranlikda non va vino bilan cho’qintirish saqlanib qoldi. O’lganlarga bag’ishlangan duo o’qish, aziz-avliyolarga sig’inish, muqaddas murdalarga, sanamlarga topinish bekor qilindi. Ibodat uylari ortiqcha hashamlardan, mehroblardan, sanamlar, haykallardan tozalandi, ruhoniylarning uylanmaslik shartlari bekor qilindi. Ibodatlar faqatgina lotin tilida olib borilishi, Bibliyaning faqatgina ruhoniylar tomonidan sharhlanishi zarurligi shartlari inkor etildi. Download 60.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling