3. modul. Dinshunoslik. Din madaniyat fenomeni 13-mavzu. Jahon dinlari tarixi va falsafasi
Download 60.97 Kb.
|
13 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR
- Din falsafasi
3.MODUL. DINSHUNOSLIK. DIN MADANIYAT FENOMENI 13-mavzu. Jahon dinlari tarixi va falsafasi 1. Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya xudojo‘ylik tushunchalarining ma’nosi va ularning o‘zaro aloqasi. 2. Milliy dinlar. 3.Jahon dinlari TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR: Din, ishonmoq, e’tiqod, odat, teologiya, teosofiya, xudojo‘ylik, urug'-qabila dinlari, milliy dinlar, sintoizm, hinduizm, jaynizm, daosizm, konfusiychilik, iudaizm,jahon dinlari, buddaviylik, xristianlik 1.Dinning mohiyati turlicha izohlansada, uning asosida ishonch, e’tiqod tuyg‘usi yotadi. Darhaqiqat, din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran va ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. O‘zbek tili lug‘at adabiyotlarida “din” – ishonch, ishonmoq, e’tiqod, mulk, hukm, hisob, jazo, tadbir, bo‘ysunish, itoat qilish, ibodat, parhez, yo‘l tutish, odat qilish, e’tiqod qilish ma’nolarini bildirishi keltirib o‘tiladi. Rus tilida din ma’nosini anglatadigan «religiya» so‘zining kelib chiqishi borasida lug‘atlarda bir qancha yondashuvlar keltirib o‘tilgan. Ulardan ba’zilariga ko‘ra mazkur atama lotincha «religio» so‘zidan kelib chiqib, «diyonat, dindorlik, taqvodorlik, xudojo‘ylik, mo‘minlik, taqvo, muqaddas narsa yoki joy, qadamjo, ziyoratgoh, ibodat– topinish–sig‘inish va u bilan bog‘liq diniy marosimlar» degan ma’nolarni anglatadi. Dinlar tarixi, ular bilan bog‘liq jarayonlar, dinning inson hayotining turli jabhalari bilan o‘zaro ta’sirlashuvini o‘rganuvchi fan “Dinshunoslik” deb ataladi. Dinshunoslik barcha ijtimoiy fanlar qatori o‘zining o‘rganish ob’ektiga ega. U dinning paydo bo‘lishi, ijtimoiy mohiyati va jamiyatdagi rolini tadqiq qilish bilan birga diniy e’tiqodlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi evolyusiyasini ilmiy jihatdan o‘rganadi. Din falsafasi, “din”ni falsafadan kelib chiqib tadqiq qiladi. Bu tadqiqot asnosida aqliy va betaraf yo‘l tutadi. Bu ilm turi, qandaydir bir Yaratuvchi kuch e’tiqodiga falsafiy bir asos topishga harakat qiladi. Shu tufayli ham Din falsafasi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchilarning maqsadi dinning haq yoki botil ekanligi masalasi bilan mashg‘ul bo‘lish emas, diniy hukmlarning mantig‘i va mohiyatini ochib berishdir. Bu maqsad bilan ular, eng avvalo Xudoning mavjudligi bilan bog‘liq dalillarning tanqid yoki tahlilini qiladi, bu dalillarning qanchalik asosli yoki asossiz ekanligi masalasini ko‘rib chiqadi. Din falsafasini boshqa din ilmlaridan ajratib turuvchi jihat bu, undagi hukm berish, xulosa yasash xususiyatidir. Boshqa din ilmlari, baho berish, munosabat bildirish metodiga suyangan holda diniy masalalarni hal qilishsa; Din falsafasi, ular yasagan xulosa va erishgan natijalardan keng miqyosda foydalanadi va bu natijalar sababli bir qancha hukmlarni chiqaradi. Hatto Din falsafasi, dinni maqsad qilib olgan ilm turlari qo‘lga kiritgan natijalar va bu natijalarga erishish uchun ular qo‘llagan metodlar haqida ham hukm chiqarishi mumkin. Din falsafasi, dinning mohiyati, insonning diniy haqiqatlar bilan bo‘lgan bog‘liqligini o‘rganadi. Bu ilm turining e’tiborida bo‘lgan mavzularning boshida Xudoning borligi, sifatlari, yaratuvchi–koinot munosabati, yaratish, olamning yaratilishidagi maqsad, qayta tirilish, payg‘ambarlik va vahiy kabi keng miqyosda metafizik bir xarakterga ega masalalar asosiy o‘rinni egallaydi. Bundan tashqari ilm–imon, ilm–din, din–madaniyat (din–san’at, din–til–adabiyot) diniy tajriba, diniy his kabi asoslar ham bu ilm turining sarhadlariga kiradi. Teologiya atamasi (deus - Xudo, logos- ta'limot) qadimgi Yunonistonda paydo bo‘lgan va dastlab hyech qanday falsafiy yukka ega bo‘lmagan. «Teologiya» so‘zi ilohlar to‘g‘risidagi dostonlarda qo‘llanilgan, bunday asarlarning mualliflarini esa teologlar deb atashgan. Arastu «teologiya» atamasidan falsafaning muayyan qismini belgilash uchun foydalanib, mazkur atamani sharhlashda burilish yasadi. U nazariy falsafani matematikaga, fizikaga va teologiyaga ajratdi. Arastu ilohiyot ilmini «birinchi falsafa», oliy mushohada fani yoki «oliy falsafa» deb nomladi. U ilohiyot ilmini borliq, uning ibtidosi va mavjudligi sabablari to‘g‘risidagi fan sifatida belgilab berdi. Teologiya «ilohiy haqiqat» bilan, falsafa esa yaxlit fan sifatida – tabiiy olam bilan shug‘ullanadi. Falsafa o‘zini bilishning hamma narsani, shu jumladan dinni ham o‘z muhokamasiga, tafakkur ila bilish doirasiga tortishi lozim bo‘lgan oliy ko‘rinishi sifatida his eta boshladi. Shu bois falsafa ilmning tili va tushunchalaridan Xudoning g‘oyalarini hamda «ilohiy haqiqatni» asoslash uchun foydalanuvchi falsafiy teologiya g‘oyalari tez suratlarda rivojlana boshladi. Hozirgi vaqtda teologiya (konfessiyaviy, cherkov teologiyasi) tushunchasi nazariy ilohiyot, ilohiy haqiqat sifatida qabul qilinadigan matnlar asosida tuzilgan, Xudoning mohiyati va xatti-harakatlari to‘g‘risidagi xilma-xil xulosalar va ta'limotlar majmui sifatida tushuniladi. Falsafiy teologiya esa sof falsafiy vositalar orqali, ya'ni ilohiy haqiqat dalili va mazmunidan qat'i nazar, falsafiy asoslash, isbotlash va sistemalashtirish mezonlari hamda standartlariga muvofiq Xudo to‘g‘risidagi ta'limotni yaratishga bo‘lgan intilish sifatida anglanadi. Bu Xudoni falsafiy anglash demakdir. Falsafiy teologiyaning vazifasi Xudo to‘g‘risida falsafiy ta'limot yaratishdan iborat. Uning maqsadi birinchidan, Xudoning mavjudligini, ikkinchidan, imkoniyat darajasida, Xudoning tabiatini tushuntirib berishga, uchinchidan Xudo va Olam o‘rtasidagi, Xudo va inson o‘rtasidagi munosabatlarni tavsiflashga qaratilgan. Download 60.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling