3. modul. Dinshunoslik. Din madaniyat fenomeni 13-mavzu. Jahon dinlari tarixi va falsafasi
Download 60.97 Kb.
|
13 mavzu
Hinduizm - hozirgi Hindistonda tarqalgan din shaklidir. U eramizdan oldingi dinlar – braxmanizm va vedizmning evolyusiyasi natijasida eramizning birinchi ming yilligi o'rtalariga kelib shakllangan. Shu davrdan boshlab hinduizm hukmron dinga aylangan. Xozirgi vaqtda Hindiston aholisining 80 dan ortiqroq foizi hinduizmga e'tiqod qiladi. Hinduizm sinkretik din bo'lib, turli e'tiqodlar, urf-odatlar va marosimlar, maxalliy diniy e'tiqod va qarashlarning murakkab kompleksi sifatida voqe bo'lib, urug'-qabila dinlari elementlarini, braxmanizm, buddizm va jaynizmning asosiy g'oyalarini qamrab olgan. Hinduizm o'zining yagona tashkilotiga ega emas.
Hinduizm insonnning tug'ilganidan to vafot etishigacha bo'lgan huquq va vazifalarini belgilab va cheklab qo'yadi. Shuning uchun unda marosimchilikka keng o'rin berilgan. Hinduizm kishilarning ijtimoiy tengsizligini oqlaydi va abadiylashtiradi, ruhning o'lmasligi va ko'chib aylanib yurishi (sansara ta'limoti), qayta tug'ilishi (karma ta'limoti), gunoh ishlar uchun javob berishi, jannat va do'zax kabi aqidalarni o'z ichiga oladi. Hinduizm politeistik din bo'lib, unda ko'p xudolilik elementlari saqlangan. Dindorlar tasavvurida bosh xudo Braxman Koinotning ijodkori va yaratuvchisidir. Bundan tashqari hindlar Vishnu va Shiva xudolariga ham e'tiqod qiladilar. Hinduizm ta'limotida xudoning uch xil ko'rinishida tasavvur etilishi (trimurti) eng oliy, ilohiy, yakka xudoning uch xususiyati, deb talqin qilinadi. Bu xristianlikdagi uch yuzli xudoga uxshaydi. Hinduizm ta'limoticha, olam paydo bo'lib, yemirilib, yuq bo'lib turadi, ya'ni olamning yashashi progressiv emas, aksincha, regressiv xarakterga ega; har bir davr olamning yuksak rivojlangan cho'qqisidan boshlanib, uning inqirozga uchrashi bilan tugaydi, insonlar gunohga botib ketgach, olam yuqoladi Hinduizm jamiyatning tabaqalarga bo'linishini aks ettiruvchi savob va jazo (karma) g'oyasiga asosan, inson hayotida 4 ta asosiy maqsad bor, deb da'vo qilinadi: 1) dxarma – oila va jamiyatda diniy talablarni bajarish; 2) artxa – foydali ishlar qilish, zarur materiallarga ega bo'lish; 3) kama muhabbat tuyg'ulariga erishish, his-tuyg'ularni qondirish; 4) moksha – o'zgarish zanjiridan butunlay xalos bo'lish Vishnuizm va shivaizm oqimlarining vakillari o'z xudolariga bag'ishlab minglab katta-kichik ibodatxonalar qurganlar. Bu dinga e'tiqod qiluvchilar «muqaddas joylar», daryolar va boshqa xar hil narsalarga sig'inadilar. Hind xalqi orasida yovuz ruhlarga e'tiqod qtltsh keng tarqalgan. Ular turli hayvonlar – hukiz, sigir, maymun va ilon kabilarga ham sig'inadilar, ularni muqaddaslashtiradilar. Hozirgi vaqtda hinduizm Hindistondan tashqari Nepal, Shri Lanka, Bangladesh, Gavana va hindlar yashaydigan boshqa hududlarda tarqalgan. Jaynizm - dinning asoschisi sifatida e'tiqod qilinadigan yarim afsonaviy payg'ambar – Jina nomi bilan atalgan bo'lib, eramizdan oldingi VI asrda paydo bo'lgan. Jaynizm braxmanizmdagi kishilarni tabaqalarga ajratish sistemasiga qarshi paydo bo'lgan. Uning ta'limotida 24 payg'ambarga, ayniqsa oxirgi payg'ambar – Vardxamana Maxavariga sig'inish talab etiladi. Jaynizmda jonning o'lmasligiga, uning bir moddiy shakldan ikkinchisiga ko'chib yurishiga ishonish markaziy o'rinni egallaydi. Inson yer yuzida qiladigan har qanday xarakat va ish ana shu jon bilan tan birligida sodir bo'ladi deb qarash. Jonni gunohdan saqlash uchun hayotda to'g'ri yo'lni tutmoq, ya'ni din targ'ib qiladigan barcha ta'limotlarga, talablarga so'zsiz itoat etish va e'tiqod qilish zarur. Jaynizmda digambarlar va shvetambarlar nomli yo'nalishi ham mavjud. Daosizm - Eramizdan oldingi IV-III asrlarda Xitoyda paydo bo'lgan yarim falsafiy. Yarim diniy, sinkretik ta'limot. Uning tub g'oyasi moddiy olamdagi buyum va hodisalar turli-tumanligining mohiyatini ta'minlovchi, ularning mavjudlik sababi va manbaini tashkil etuvchi «dao» tug'risidagi tasavvurlardan iborat. Eramizning II asriga kelib bu ta'limot asosida diniy qarashlar ham shakllangan va u daosizm nomini olgan. Bu din qadimgi dunyo faylasufi Dao Szi nomi bilan bog'liq «Dao de szin» kitobidagi ta'limotga asoslangan Daosizmda moddiy olam haqida sodda dialektika elementlari ham mavjud. U dunyodagi barcha buyum va hodisalar o'zgarishda, harakatda, ba'zi narsalar tiklansa, boshqalari so'nadi, deb g'oyat to'g'ri ta'lim beradi. Ammo kohinlar bu ta'limot asosiga diniy g'oyalarni qo'yib, g'oyat ko'p ruh va xudolarga ibodat qilishdan iborat diniy tizimni yaratdilar. Bu din kohinlari «daos» nomi bilan yuritilgan. Ular uchun rohibliq darveshlik qilishdan tashqari Oila qurish ham man etilmagan. Download 60.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling