3-modul. Mexanikada saqlanish qonunlari


Aylanma harakat qilayotgan qattiq jismning kinetik energiyasi


Download 224.72 Kb.
bet4/10
Sana31.03.2023
Hajmi224.72 Kb.
#1314408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-modul. Mexanikada saqlanish qonunlari

Aylanma harakat qilayotgan qattiq jismning kinetik energiyasi


3-rasmga qarasak OZ o‘q atrofida aylanayotgan qattiq jismning biror i-bo‘lakchasining kinetik energiyasi
(3.20)
tenglama bilan ifodalanishini bilamiz. Bu yerda mi va i - mos ravishda i-bo‘lakchaning massasi va chiziqli tezligidir. Chiziqli tezlik bilan burchakli tezlik o‘rtasidagi bog‘lanishni eslasak (i = ri) va buni (3.10) ga qo‘ysak
(3.21)
hosil qilamiz.Qattiq jism kinetik energiyasi uni tashkil etuvchi hamma bo‘lakchalar kinetik energiyalarining yig‘indisidan iborat
(3.22)
(3.15) ga asosan jismning aylanish o‘qiga nisbatan inersiya momenti ekanligini e’tiborga olsak,
(3.23)
ifoda hosil bo‘ladi.
Demak, qo‘zg‘almas o‘q atrofida aylanayotgan qattiq jismning kinetik energiyasi shu jismning aylanish o‘qiga nisbatan inersiya momentining burchak tezlik kvadratiga ko‘paytmasining yarmiga teng.
Agar jism qo‘zg‘aluvchan o‘qqa nisbatan aylanma harakat qilsa, ya’ni ham aylanma, ham ilgarilanma harakat qilsa, uning kinetik energiyasi aylanma va ilgarilanma harakat kinetik energiyasining yig‘indisi orqali aniqlanadi.
(3.24)
bunda m - massa markazi ilgarilanma harakatning tezligi.

Ish va quvvat


Agar jism o‘zgarmas F kuch ta’sirida to‘g‘ri chiziqli harakat qilib biror S-masofani bosib o‘tsa, bu jarayonda kuchning siljitish ta’sirini xarakterlash uchun ish tushunchasi kiritiladi. Jismning to‘g‘ri chiziqli harakatida o‘zgarmas kuchni bajargan ishi kuch bilan yo‘l ko‘paytmasiga proporsional bo‘ladi. Agar kuch bilan jism harakat yo‘nalishi orasida burchak hosil bo‘lsa ish (4.1-rasm)


4.1-rasm
(3.25)
formula bilan aniqlanadi. bo‘lsaishmusbat, bo‘lgandaishmanfiy, bo‘lgandaA=0 bo‘ladi, ya’nikuchberilganyo‘ldajismningsiljishibo‘yichahechqandayishbajarmaydi. Ishqalanish kuchi ko‘chish yo‘nalishiga teskari tomonga yo‘nalgan va u manfiy ish bajaradi. sos=0, ya’ni ta’sir etuvchi kuch siljishga perpendikulyar bo‘lganda kuch mexanik ish bajarmaydi. Biroq biror og‘irlikdagi yukni ko‘tarib turish, aqliy mehnat qilish (masala yechish, mutolaa qilish, fikr yuritish) da ham mexanik ish bajarilmaydi, oddiy ish bajariladi.



Download 224.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling