3 mundarija
Frezalar bilan ishlov berish
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
mashinasozlik texnologiyasi asoslari fanining mazmuni va vazifalari.
3. Frezalar bilan ishlov berish
Frezalar bilan tanavorlarga ishlov berishda Qora, yarim-toza va toza frezalash, yon sirtli frezalar bilan ishlashda еsa yupqa frezalash va bir martali frezalash usullari qо‟llaniladi (12.2-rasm). 74 12.2-rasm. Frezalash. (a)- silindrik, (b)-yon sirtlik Qora frezalashni quyma va bolg‟alangan tanavorlarni boshlang‟ich ishlov berishda qо‟yimlari 3 mm dan katta bо‟lganda qо‟llaniladi. Tekis yuzalarni qora frezalash ularni tо‟g‟ri tekislikdan og‟ishini 1 m. uzunlik masofasida 0,15-0,3 mm aniqlik oralig‟ida va R z =160-80 mkm g‟adir-budirlik oralig‟ida bо‟lishini ta‟minlaydi. Yarim-toza frezalashni geometrik shakl xatoligini va fazoviy og‟ishini kamaytirish maqsadida qо‟llaniladi. Bu 1 m. uzunlik masofadagi tо‟g‟ri tekislikdan og‟ishini 0,1-0,2 mm oralig‟ida va g‟adir-budirligini еsa Rz=80 - 40 mkm oralig‟ida bо‟lishini ta‟minlaydi. Toza frezalash yakunlovchi ishlov berish usuli о‟rnida qora va yarim-toza frezalashdan keyin, yoki qora о‟tuvlar aro ishlov berishdan keyin pardozlov ishlovi berilishi oldidan qо‟llaniladi. Toza frezalash, 1 m uzunlik masofadagi tо‟g‟ri tekislikdan og‟ishini 0,04-0,08 mm aniqlik oralig‟ida va tozaligi еsa R z =40-20 mkm va R a =2,5 mkm oraliqlarida bо‟lishini ta‟minlaydi. Yupqa frezalashni yon sirtli frezalar bilan yassi yuzalarga yakunlovchi ishlov berish usuli sifatida qо‟llaniladi. Yupqa frezalash uchun qо‟yimi 0,2-1 mm oralig‟ida olinadi. Yupqa frezalash, 1 m. uzunlik masofadagi tо‟g‟ri tekislikdan og‟ishini 0,02-0,04 mm aniqlik oralig‟ida va tozaligi R a =2,5-0,63 mkm oralig‟ida bо‟lishini ta‟minlaydi. Bir martalik frezalashni qо‟yimi 2 mm dan kam bо‟lgan tanavorlarga ishlov berishda qо‟llaniladi. Bu, 1 m. uzunlik masofadagi tо‟g‟ri tekislikdan og‟ishini 0,06-0,1 mm aniqlik oralig‟ida va tozaligi еsa R z = 40-20 mkm oralig‟ida bо‟lishini ta‟minlaydi. Frezalashda tezlik rejimlarini oshirib ishlov berishda: qora frezalashda R z =80- 40 mkm g‟adir-budirlikni; yarim-tozada R z =40-20 mkm R a =2,5 mkm ni va toza frezalashda R z =20 mkm va R a =2,5-1,25 mkm tozaliklar olinadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling