3 mundarija
Tayinlanishi bо‟yicha bazalar sinfi
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
mashinasozlik texnologiyasi asoslari fanining mazmuni va vazifalari.
2. Tayinlanishi bо‟yicha bazalar sinfi 56 Bular quyidagilar: - Asosiy baza-berilgan detalga yoki yig‟ilma birlikka tegishli bо‟lgan va uning holatini buyumda aniqlash uchun ishlatiluvchi konstruktorlik baza (10.5- rasm). - Yordamchi baza-berilgan detalga yoki yig‟ilma birlikka tegishli bо‟lgan va ularga birlashtiriluvchi buyum holatini aniqlash uchun qо‟llaniluvchi konstruktorlik baza (10.5-rasm) . - Кonstruktorlik baza-detalni yoki yig‟ilma birlikni buyumdagi о‟rnini (holatini) aniqlash uchun qо‟llaniluvchi baza. Shuningdek detal konstruksiyasini chizishda masalan; pog‟anali valning (10.6-rasmga qar.) tanlangan Ι va ΙΙ yon sirtlari,ya‟ni: A 1 o‟lcham uchun Ι-sirt; A, A2, A3 va A4 o‟lchamlar uchun esa Ι Ι- sirt konstruktorlik bazalar vazifasini bajaradi. - Asosiy va yordamchi bazalarning bir detalni mashinada ishlash vaqtida boshqa detalga nisbatan holatini aniqlaydigan koordinat yuzalari yig‟uv bazalari deb yuritiladi (10.5-rasmda 3-tezliklar qutisi teshigi «yor» va o‟ng yon sirti 4- shpindel uchun yig‟ish bazasi bo‟lib hisoblanadi). - Texnologik baza deb, tanavorni yoki buyumni tayyorlash yoki ta‟mirlash jarayonida holatini aniqlash uchun ishlatiluvchi bazaga aytiladi (10.7-rasm). - O‟lchash bazasi-tanavorni yoki buyumni va о‟lchash vositalarini nisbiy holatini aniqlash uchun ishlatiluvchi baza (10.8-rasm). (GOST 21495-96). 10.5-rasm 10.6-rasm 10.7-rasm. Ι,ΙΙ,ΙΙΙ-texnologik baza komplekti; 10.8-rasm. A-o‟lchov baza sxemasi Ι-o‟rnatuv baza;ΙΙ-yo‟naltiruvchi baza; ΙΙΙ-tayanch baza |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling