3 mundarija


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/84
Sana08.01.2022
Hajmi1.58 Mb.
#238760
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   84
Bog'liq
mashinasozlik texnologiyasi asoslari fanining mazmuni va vazifalari.

 
 
15. Texnologik hujjatlarni rasmiylashtirish 
 
  Ishlab  chiqilgan  texnologik  jarayonlar  tegishli  texnologik  hujjatlarda 
rasmiylashtiriladi,  qaysining  batafsillik  darajasi  ishlab  chiqarish  turiga  va 
xarakteriga,  va  shuningdek  ishlanuvchi  buyumning  murakkabligiga  va  aniqligiga 
bog‟liq holda о‟rnatiladi. GOST 3.1109-82 ga binoan texnologik hujjatlarda quyida 
keltirilgan texnologik jarayonlar bayoni qabul qilinishi mumkin. 
         Texnologik  jarayonning  marshrutli  bayoni,  qaysinda  marshrutli  kartada 
о‟tuvlarini  va  texnologik  rejimlarini  kо‟rsatmasdan,  ularning  hamma  texnologik 
amallarini  ketma-ket    bajarilishining    qisqartirilgan    bayoni  beriladi.  Texnologik 
jarayonning  marshrutli  bayoni  odatdagidek  yakka,  mayda  seriyalab  va  tajribaviy 
ishlab chiqarishlarda qо‟llaniladi. 
       Texnologik  jarayonning  operasion  bayoni,  qaysindaki  hamma  texnologik 
amallarning  о‟tuvlari  va  texnologik  rejimlari  kо‟rsatilib,  ular  ketma-ket 
bajarilishining tо‟la bayoni beriladi. 
       Texnologik  jarayonning  operasion  bayoni,  seriyalab  va  ommaviy  ishlab 
chiqarishlarda hamda shu murakkab detallar uchun mayda seriyalab va hatto yakka 
ishlab chiqarishlarda ham qо‟llaniladi. 
         Texnologik  jarayonning  marshrutli-operasion  bayoni,  marshrutli  kartada 
texnologik  amallarning  ketma-ket  bajarilishi  tartibida  qisqartirilgan  bayoni 
beriladi. Boshqa texnologik hujjatda еsa alohida amallarning tо‟la bayoni beriladi. 
Marshrutli-operasion  bayonni  seriyalab,  mayda  seriyalab  va  tajribaviy  ishlab 


62 
 
chiqarishlarda  qо‟llashga  tavsiya  qilinadi,  qachonki  agar  tayyorlanuvchi  buyum 
alohida murakkab detallarni о‟z ichiga olgan bо‟lsa. 
         Turli  kо‟rinishdagi  texnologik  jarayonlar  tasnifi,  [2]-ning  295  beti,  11.1-
rasmdagi sxemada keltirilgan. 
         Texnologik  jarayonlar  uchun  hujjatlar  shakllarining  komplektini  tanlash, 
ishlab  chiqarish  turiga  va  harakteriga  hamda  ishlab  chiqiluvchi  va  qо‟llaniluvchi 
texnologik  jarayonlar  kо‟rinishlariga  bog‟liq  holda  olib  boriladi.  [2]-ning  11.1-
jadvaliga  binoan  (296  bet),  ishlab  chiqarish  turini  va  texnologik  jarayon 
kо‟rinishini  ishlatish  uchun  texnologik  hujjatlar  shakllarining  komplekti  tanlab 
olinadi. 
         Texnologik  hujjatlarning  yagona  tizimida  (THYaT)  о‟rnatilgan  qoidaga 
binoan  marshrutli  karta  umumiy  maqsad  uchun  hujjat  hisoblanadi.  Ya‟ni  bu 
hujjatda  har  qanday  kо‟rinishdagi  ishlarning  texnologik  jarayonining  bayonini 
berish  mumkin,  shu  qatorda  yig‟uvlarni  ham.  Marshrutli  karta  majburiy  hujjat 
hisoblanadi.  Texnologik  jarayonni  marshrutli  bayon  еtishda,  uning  texnologik 
amallari  yirikroq  qilib  yoziladi,  ya‟ni  о‟tuvlari  va  texnologik  rejimlari 
kо‟rsatilmaydi. 
         Mexanik  ishlov  berish  va  yig‟ish  texnologik  jarayonlarini  amalga  oshirish 
uchun, о‟tuvlar va texnologik rejimlari kо‟rsatilishi zarur bо‟lgan holda texnologik 
jarayon  kartalaridan  yoki  operasion  kartalaridan  foydalaniladi.  Texnologik 
jarayonni  operasion  bayon  еtishdagi  hujjatlar  komplektiga  jamlovchi  hujjat 
hisoblanuvchi marshrutli karta ham kiradi.                  

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling