3 mundarija


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/84
Sana08.01.2022
Hajmi1.58 Mb.
#238760
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   84
Bog'liq
mashinasozlik texnologiyasi asoslari fanining mazmuni va vazifalari.

 
 
11.3-asm. Texnologik tizim bikirligining sirt g‟adir-budirligiga ta‟siri 
 
4. Sirtqi qatlamning fizik-mexanik xossalari 
 
Tanavorlar va  mashina detallari  sirtqi qatlamlarining  fizik-mexanik xossalari 
о‟rtasining xossalaridan doimo farq qiladi. Bu tanavorlar va detallarni tayyorlashda 
sodir bо‟luvchi jarayonlarni о‟ziga xos xususiyatlari bilan tushuntiriladi. Masalan,
 
pokovkalar sirtlari shtamplash, bolg‟alar va uskunalarning boshqa qismlari ta‟siri 
sinovidan  о‟tadi,  quymalar  sirtlarining  sovish  sharoiti,  markazlarida  sovish 
sharoitidan  farq  qiladi,  keskich  asbobning  ta‟siri  detalning  sirti  va  markazida 
shuningdek turlicha bо‟ladi. 
Sirtqi  qatlam  doimo  kuchlanishga  еga,  qaysiki  material  markazidagi 
kuchlanishdan  doimo  farq  qiladi.  Bunday  vaziyat  buyumlarning  xizmat  qilish 
xususiyatlariga ta‟sir kо‟rsatadi. Sirtqi qatlamlarning kuchlanganliklari detallarning 
chidamliklariga о‟tkazgan ta‟siridan namoyon bо‟ladi. 
Hulosa  qilib  aytish  mumkinki,  sirtqi  qatlamning  siquvchi  kuchlanishi 
eyilishga  turg‟unlikni  oshiradi.  Bu  xulosa  ayniqsa  texnologik  jarayonlarni  va 
marshrutlarni tuzish uchun muhimdir. 
Sirtqi  qatlam  kuchlanishlarning  miqdori  va  ishorasi  butunlay  ishlov  berish 
usuli  bilan  aniqlanadi.  Agarda  TJ  о‟tkazilishi  natijasida  qatlamda  tortuvchi 
kuchlanish  hosil  bо‟lsa  ,  unda  ularni  mashinani  еkspluatasiya  qilish  jarayonida 


70 
 
detalni  yuklashda  vujudga  keluvchi  kuchlanish  bilan  qо‟shish  mumkin,  bu  еsa 
mustahkamlik  xususiyatini  pasayishiga  va  hatto  detallarni  sinishiga  olib  kelishi 
mumkin.  Tortuvchi  kuchlanishlar  detalning  boshqa  xizmat  qilish  tavsiflariga  ham 
salbiy ta‟sir kо‟rsatadi. Shuning uchun shunday TJ lar tanlab olinishi kerakki, sirtqi 
qatlamlarda tortuvchi kuchlanishlar bо‟lmasin.  
Hozirgi vaqtda shunday TJlar ishlab chiqilgan, sirtqi qatlamlarda qо‟shimcha 
kuchlanishlar  amalda  vujudga  kelmaydigan,  masalan  еlektrokimyoviy  ishlov 
berish usulida. 
Sirtqi  qatlamda  mо‟ljallangan  fizik-mexanik  xossa  yaratish  uchun  turli 
texnologik  ta‟sir  еtishlar  qо‟llaniladi.  Еng  katta  еffekt  beradigani  sirtqi  qatlamda 
siquvchi  kuchlanish  hosil  qiladigani  bо‟ladi.  Tanavorlarga  turlicha  texnologik 
usullar  bilan  ishlov  berishda  sirtqi  qatlam  turlicha  deformasiyalanadi  va 
parchinlanadi. 
Deformasiyalanadigan  sirtqi  qatlam  chuqurligi  turli  ishlov  berish  usullarida 
quyidagi 1-jadvalda berilgan.   
Javobgarligi  yuqori  bо‟lgan  detallarning  sirtqi  qatlamlarida  parchinlangan 
deformasiyalangan  qatlamlar  barpo  еtish  uchun  drobstruyali  ishlov  berish 
muvaffaqiyatli qо‟llanilmoqda. 
Roliklar  yordamida  obkatkalash  usuli  sirtqi  qatlamda  siqiluvchi  kuchlanish 
yaratib  detallarni  charchash  mustahkamligini  oshiradi.  Obkatkali  ishlov  berish 
usuli  ayniqsa  charchash  sharoitida  ishlovchi  rezbalarni  olishda  yaxshi  natijalar 
beradi. 
Yakuniy  ishlov  berilgan  yuzalarning  mustahkamligini  oshirishda  olmosli 
dazmollash usulini qо‟llash ham sezilarli qulayliklar yaratadi. 
 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling