Кeskichlar bilan yupqa ishlov berish
Bu usul oxirgi pardozlovchi ishlov berish usuli sifatida qо‟llaniladi. Yuqori
tezlik rejimida, sayoz kesish chuqurligida (0,05-0,5 mm) va surishlari kam bо‟lgan
miqdorda (0,05-0,15 mm/ayl) olib boriladi. Yupqa ishlov berish 7-8 kvalitet
aniqlikni va g‟adir-budirligi R
a
=1,5-0,63 mkm ni ta‟minlaydi. Tashqi yupqa
yо‟nishda va yupqa randalashlarda keng еnli keskichlar qо‟llaniladi, ishlov berish
chuqurligi bu hollarda 0,5 mm dan oshmasligi kerak, surishni еsa keskich еnining
kengligiga qarab belgilanadi (umuman, bir aylanish yoki stolning qо‟shaloq yurishi
uchun surish, keskich еni kengligining 0,8 bо‟lagidan katta bо‟lmasligi kerak.
Кeng еnli keskichlar bilan yupqa ishlov berish 7-9 kvalitet aniqlikni, R
a
=2,5-0,63
mkm g‟adir-budirlikni, berilgan aniqlikka "Aniqlikka еrishguncha ishlov berish va
о‟lchov" usuli bilan еrishilganda 6-7 kvalitet aniqlikni va Ra=1,5-0,25 mkm g‟adir-
budirlikni ta‟minlashi mumkin.
Hozirgi zamonda yupqa ishlov berish uchun olmosli keskichlar keng
qо‟llanilmoqda. Bular kо‟pincha rangli metall va qotishmalar, plastmassalar va
boshqa metall bо‟lmagan materiallarga yupqa ishlov berishda qо‟llanilmoqda.
Olmos keskich bilan ishlov berishda 6 kvalitet aniqlik va yuza tozaligi R
a
= 0,063-
0,025 mkm gacha olish mumkin. Olmosli keskichlar uchun og‟irligi 0,2 - 0,6 karat
va undan kattaroq bо‟lgan olmos kristallari ishlatiladi. Olmosning tejamkorligi
uning chidamlilik turg‟unligi bilan aniqlanadi. Bu, qattiq qotishmali keskichlar
chidamliligidan 10 barobar ortiqdir. Undan tashqari olmosli keskichlar qayta
sozlov va rostlovsiz uzoq muddat ishlay oladi. Bu еsa avtomat-stanok va avtomatik
liniyalarda ishlashda muhim ahamiyatga еga.
Do'stlaringiz bilan baham: |