75
12.3-rasm. Teshiklarga ishlov berish usullari: (a)- parmalash,
(b)- zenkerlash, (v)- razvertkalash.
5. Zenkerlar yordamida ishlov berish
Zenkerlashni birlamchi parmalashdan keyin yoki tanavorlarni quyish va urib
tushirish (proshivka) natijasida olingan teshiklarga ishlov berishda qо‟llaniladi
(12.3, b-rasm). Birinchi holda zenker tanavorlar qatlamlarining bir-qancha qismini
kesib tushiradi, parmalashdan hosil bо‟lgan teshik о‟qi og‟ishini va shakl
xatoliklarini tо‟g‟rilaydi (ayniqsa konduktor moslamada ishlansa). Bu moslamada
kо‟zda tutilgan zenker yо‟naltirgich vtulka (konduktor vtulkasi deb ataluvchi)
orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi holda zenker tanavor teshigiga tо‟g‟ri shakl berib
о‟qini og‟ishini tо‟g‟rilaydi. Quyma va urib tushirilgan teshiklarni zenkerlash 9
kvalitet aniqlikni, R
z
=80-40 mkm oralig‟idagi g‟adir-budirlikni beradi.
Parmalashdan keyin zenkerlash еsa 8 kvalitet aniqlikni va R
z
=40-20 mkm g‟adir-
budirlikni ta‟minlaydi. Quyma teshiklarni (kulrang chо‟yandan tayyorlangan
tanavorlar ham kiradi) sovutgichlar yordamida bir marta zenkerlash usulida 9
kvalitet aniqlikka
va tozaligi R
z
=40-20 mkm yuzalar g‟adir-budirligiga еrishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: