76
Diametrlari 25-500 mm oralig‟ida bо‟lgan 6-7 kvalitet aniqlikda
yakunlovchi ishlov berish maqsadida suzuvchi (plavayuщie) plastinkalar о‟q
og‟ishi va siljishi xatoliklarini tо‟g‟rilay olmaydi, ammo faqat yuqori aniqlikdagi
о‟lchamlar olish uchun ishlatiladi.
7. Sidirgichlar bilan ishlov berish
Sidirib ishlov berish usuli, teshik va har qanday ko‟ndalang kesimdagi
ariqchalarga, yassi va egri chiziqli yuzalarga va aylanuvchi teshiklar yuzalariga
toza ishlov berishda qo‟llaniladi. Sidirish usulini qo‟llash ishlov berishni
engillashtiradi, chunki bitta sidirgich asbob, bir nechta keskich asboblarni
(masalan, zenker yoki ichki yo‟nuv keskichi va razvertkani; qora va toza ishlov
berish frezalarini va sh.o‟.) o‟rniga qo‟llaniladi (12.4-rasm).
12.4-rasm. Teshiklarni sidirish amalsining sxemasi.
Sidirish usulida 8-9 kvalitet aniqlikka, R
z
=20 mkm; R
a
=2,5-1,25 mkm tozalikka
erishiladi. Bosim bilan sidirish (proshivka) yakunlovchi ishlov berish usuli sifatida
qo‟llanilib, 7 kvalitet aniqlikni va Ra=1,25-0,63 mkm tozalikni ta‟minlaydi.
Sidirgichlarni ikki turga ajratamiz: 1- cho‟ziluvchi sidirgich (protyjka) va 2-
siqiluvchi sidirgich (Proshivka). O‟z-o‟zidan ko‟rinib turibdiki birinchi asbob
cho‟zilishga ikkinchisi esa siqilishga ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: