13.
Silliqlash usuli (polirovka)
Bu usul asosan tanavorlarni yuza tozaligi darajasini oshirish maqsadida
qo‟llaniladi. Bu usul, tez harakatlanuvchi abraziv lentasi yordamida bajariladi.
Lenta esa yumshoq abraziv zarrachalari yoki tosh qumlari surtilgan bo‟ladi,
shuningdek silliqlash uchun maxsus pasta surilgan kigiz, fetra va bezlar ishlatiladi.
Bu usulda lenta tez harakatlanishi yoki tanavorlar tez (aylanma yoki to‟g‟ri
chiziqli) harakatlanishlari zarur.
Silliqlash usulida R
a
=0,063-0,015 mkm yuza tozaligiga erishiladi.
Ishqalash usuli bilan silliqlash usulining farqi shundaki, silliqlashda
tanavorning geometrik xatoliklari to‟g‟rilanmaydi, faqat yuqori sifatli yuza olish
uchungina ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |